80
tadbirlarni rejalashtirishga to‗g‗ri keladi. Bu landshaftlar tasnif qilishning amaliy
ahamiyatiga ega ekanligini ko‗rsatadi.
Fanning o‗rganish ob‘ekti
qanchalik serqirra, xilma-xil va murakkab bo‗lsa,
uni tasniflash ham shunchalik murakkab bo‗ladi. Har qanday tasnifni amalga
oshirishda ob‘ekt haqida to‗la aniq tushunchaga ega bo‗lish kerak. Ob‘ektni
ob‘ektiv turlicha talqin qilish va tushunish turlicha tasnif tarixlarining tuzilishiga
sabab bo‗ladi. Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‗p
va
xilma - xil, ammo o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗lgan aniq ob‘ektlar
landshaftlarni tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan ilmiy va
mantiqiy talablarga to‗liq javob beradigan tasniflar jadvalini tuzib olish juda katta
ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida ko‗plab uchraydigan xilma xil landshaftlarni
bir-biriga o‗xshash yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, har birining
o‗z mavqeini saqlagan holda ma‘lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to‗g‗ri
tadqiq qilish hatto landshaft xaritasini tuzib olish ham mumkin bo‗lmay qoladi.
Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‗plab
ishlar
uchun jumladan, halk ho‗jalgini rivojlantirish aholining yashashi va sog‗ligi nuqtai
- nazaridan landshaftlarnn baholash, geografik bashorat qilish va tabiat
muxofazasini ko‗zlab bajarilayotgan ishlar
uchun ham katta katta rayonlar,
davlatlar, hatto tabiiy geografik o‗lkalar miqyosida barcha land-shaftlar haqida
batafsil ma‘lumotlarga yoki boshqacharok qilib aytganda landshaftlar kadastriga
ega bo‗lish ahamiyatlidir. Mamlakatimiz Landshaftlarning
aniq va puxta tasnif
jadvalini ishlab chiqish landshaftshunoslik-ning eng yirik masalalaridan biridir.
Landshaftlarni tasniflash bilan ko‗pchilik geograflar shug‗ullangan. Ulardan
ayniqsa N. A. Gvozdetskiy (1961 ), A .G. Isachenko ( 1961, 1975), V. A. Nikolaev
( 1973, 1979) kabilarni tajribalari e‘tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasnlflar
ichida B. A. Nikolaev (1979) bajargan tasnif o‗ziing mukamalligi bilan ajralib
turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida landshaftshunos olim V. A. Nikolaevning
ko‗p yillar davomida Qozog‗iston dashtlarida landshaftlarni
xaritaga tushirish
borasida olib borgan izlanishlari yotadi. Quyida keltiriladigan fikrlarning
81
ko‗pchiligi V.A. Nikolaev ilgari surgan g‗oyalar ta‘sirida yuzaga keladi. Bu
fikrlardan eng asosiysi landshaft haqidagi tushunchaning o‗ziga xos talqini bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: