Landshaftshunoslik asoslari


Namlikning aylanma harakati



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

Namlikning aylanma harakati. 
Geografik qobiqda esa keng tarqalgan 
moddiy birikmalardan biri suv bo‗lib, u okeanlar, qorlik va muzliklar, ko‗llar, 
daryolar va soylar, botqoqliklar tuproq va atmosferada 1,5 mlrd, km
3
ga yaqin 
hajmda turli holatda mavjuddir (5.2-jadval).
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, gidrosferadagi suvning asosiy qismi (94 foizi) 
dunyo okeaniga to‗g‗ri keladi. Dunyo okeanidagi suv to‗la yangilanishi uchun uch 
ming yil kerak bo‗ladi. Daryolardagi suvlar esa o‗rtacha har 11 kunda yangilanar 
ekan. Atmosferadagi namlikning almashinishi ham taxminan shuncha kunga to‗g‗ri 
keladi.
5.2- jadval 
Gidrosferadagi suvning xajmi va uning tiklanish faolligi 
(M.I.Lvovichdan, 1986) 
Suv resurslari 
manbalari 
Suv hajmi km
3
Suv balansi 
elementi km
3
/yil 
Suv zahirasining 
tiklanish davri, yil 
Dunyo okeani 
1370000000 
452000 
3000 


63 
Yer osti suvlari 
60000000 
12000 
5000 
Qutb muzliklari 
24000000 
3000 
8000 
Quruqlikdagi yer 
usti suvlari 
280000 
40000 

Daryolar 
1200 
40000 
0,030 
Tuproqdagi namlik 
80000 
80000 

Atmosfera bug‗lari 
14000 
525000 
0.027 
Gidrosfera 
1454000000 
525000 
2800 
Suv Yerdagi hayot uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uning fizik, 
kimyoviy va biologik xususiyatlari maxsus adabiyotlarda keng yoritilgan. Uning 
eng ijobiy xususiyatlaridan biri shundaki, organizmlarning hayot jarayoni uchun 
eng mos harorat sharoitida u suyuq bo‗ladi. 
Yana bir xususiyati uning nihoyatda singuvchanligidir. Suvning jismlarga 
(tuproq, o‗simlik va h.k.) singish darajasi boshqa suyuqliklarga nisbatan yuqori 
bo‗lganligi uchun tabiatda kimyoviy jihatdan toza suv deyarli uchramaydi. Uning 
tarkibida albatta qandaydir eritmalar va aralashmalar bo‗ladi. Hatto atmosfera 
yog‗inlari tarkibida ham turli xil erigan tuzlar mavjuddir. Masalan, Turkistonning 
baland tog‗lik hududlarida agar har yili o‗rtacha 221 km/kub atmosfera yog‗inlari 
tushsa, uning tarkibida 7 mln t. dan ortiq turli tuman tuzlar bo‗ladi. Tekislik va 
tog‗oldi hududlarida esa bundan 8-9 marta ko‗proqdir. 
Landshaftlarda, ya‘ni uning komponentlari orasida ham, hamda landshaftlar 
orasidan o‗zaro mineral moddalar almashinuvida ham suv oqimlari alohida o‗rin 
tutadi. Turli xil modda va kimyoviy unsurlarning bir joydan ko‗chishi, olib 
ketilishi va boshqa bir joyda to‗planishi hamda ko‗pgina geokimyoviy jarayonlar 
suvning bevosita ishtirokida ro‗y beradi. 
Landshaftdagi namlikning yillik yig‗indisi asosan atmosferadan tushadigan 
yog‗in-sochin hisobiga hosil bo‗ladi. Landshaftga kirib kelgan yog‗inning ayrim 
qismini o‗simlik qoplami ushlab qoladi. O‗simliklarning tanasi va bargida ushlanib 
qolgan namlik yana atmosferaga bug‗lanib ketadi (5.1-rasm). Namlikning katta 
qismi tuproq yuzasiga yetib kelib uni, bir qismi tuproqqa singadi va qolgan qismi 


64 
esa Yer yuzasidagi oqar suvlarni hosil qiladi. Masalan, Turkiston tog‗lariga har yili 
o‗rtacha 575 mm yog‗in yog‗adigan bo‗lsa, uning 374 mm bug‗lanib, qolgan 201 
mm oqim hosil kilar ekan (V.L.Shults, 1965). Rossiya tekisliklaridagi keng bargli 
o‗rmon landshaftlarida esa 750 mm yog‗inning 140 mm oqim hosil qiladi, 60 mm 
bug‗lanib ketadi, 70 mm daraxtlarning bargada qolib ketar ekan. Ammo 480 mm 
esa tuproqqa singib ulguradi. Uni 400 mm transpiratsiya jarayoniga, qolgan 80 mm 
esa yer osti suvlariga qo‗shilib ketar ekan. Ushbu misollardan ko‗rinib turibdiki 
turli landshaftga tushadigan turli miqdorda yog‗in sochin bir nechaga taqsimlanib, 
turlicha sarf bular ekan. 
Yuqorida biz suv o‗zining aylanma harakatida turli xil moddalarni ham 
ko‗chib yurishiga sabab bo‗lishini eslatib o‗tgan edik. Oqim hosil qiladigan suvlar 
esa turli xil tuzlardan tashqari yana tog‗ minerallarini, tuproqni yuvish natijasida 
turli ozuqalar hosil qilishini ham ta‘kidlab o‗tish kerak. Masalan, Amudaryo (Karki 
yaqinida) yiliga o‗rtacha 103 mln tonna, Sirdaryo (Kal yaqinida) 13 mln tonna, 
Chirchiq daryosi (Xo‗jakent yaqinida) 1.5 mln.tonna turli oqiziqlar oqizib o‗tishi 
kuzatilgan. 
Atmosferadan tushgan yog‗inning tuproqqa yetib kelgan qismidan 70 foiziga 
yaqini tuproqqa singib ichki namlik aylanishining ilk faol qismi ildizlar orqali 
o‗simlikka o‗tadi va biotik jarayonlarda ishtirok etadi. 
Atmosfera 
yog‗inlari miqdori bug‗lanish,transpiratsiya va boshqa 
jarayonlarning 
bir-biriga 
nisbatan 
landshaftning 
qaysi 
tabiat 
zonasida 
joylashganligiga qarab turli xil bo‗lishi mumkin. Masalan, tundra landshaftlarida 
agar 500 mm yog‗in tushsa, bug‗lanish 200 mm bo‗lib, qolgan 300 mm oqim hosil 
qiladi. O‗zbekiston qumlik cho‗llarida 100-120 mm yog‗in tushsa, uning deyarli 
hammasi bug‗lanib ketadi. Mumkin bo‗lgan bug‗lanishni hisoblab ko‗rilganda 
uning miqdori yoqqan yog‗inga nisbatan 20-25 marotaba ko‗p bo‗lishi aniqlandi. 
Amudaryo etaklarida suv tarmoqlari oralig‗idagi quruq joylarda atmosfera 
yog‗inlari 80 mm ga teng va yer osti suvlari yuzasi 2-3 mm chuqurda bo‗lgan 
taqdirda, bug‗lanish 480-500 mm gacha yetadi. Bu joylarda tabiiy o‗simliklar ham 
500 mm ga yaqin namlikni transpiratsiya qilar ekan. Amudaryo deltasidagi 


65 
qamishzorlarda esa aprel va oktyabr oylari oralig‗ida o‗rtacha 760-820 mm namlik 
transpiratsiya bo‗ladi. Demak, o‗simliklar tuproqdagi namlikdan suv ichar ekan. 
Uning asosiy qismini transpiratsiya jarayonida yana havoga bug‗lantirib yuboradi. 
To‗qay landshaftlaridagi transpiratsiya uchun sarf bo‗lgan namlik miqdorining 
yoqqan yomg‗irga nisbatan bir necha barobar ko‗p bo‗lishi yer osti suvlari hisobiga 
yoki daryodan toshgan suvlar hisobiga bo‗ladi. 
Atmosferadan landshaft yuzasiga tushgan namlik qanday sarf bo‗lishini 
o‗rganishda o‗simlik tanasida qoladigan namlik ham e‘tiborda bo‗lishi kerak. 
Nazorat savollari: 
1.Landshaftlarning xususiyatlari qaysilar? 
2.Landshaftlarda modda aylanishi qanday ruy beradi? 
3.Moddaning energiya almashuvi xakida gapirib bering? 
4.O‗simlik tanasidagi namlik nimalarga ta‘sir ko‗rsatadi? 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish