Landshaftshunoslik asoslari


 LANDShAFTLARDA MODDA VA ENERGIYA AYLANISh SIKLLARI



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

5.2 LANDShAFTLARDA MODDA VA ENERGIYA AYLANISh SIKLLARI. 
Landshaftlarda energiya oqimi. 
Landshaftlarda ro‗y beradigan energaya 
oqimida asosan uch xil energiya, ya‘ni , quyosh energiyasi, yerning ichki 
energiyasi va gravitatsiya energiyasi ishti-rok etadi. Bularga qo‗shimcha qilib 
kimyoviy usullarning o‗zaro ta‘sirida ajra-lib chiqadigan energiya, minerallarning 
kristallar panjarasida hosil bo‗la-digan kabilarni ham aytish mumkin. Ammo 
oldingi uch xil energiyaga nisbatan bularning salmog‗i ancha kamdir.
Sanab o‗tilgan uch xil energiya turlari ichida quyosh energiyasi ayniqsa katta 
ahamiyatga ega bo‗lib, u landshaftlarning maxsus faoliyatidagi moddalarning 
barcha aylanma harakatlarida ishtirok etadi. Yerdagi hayotning bor yo‗qligi ana 


59 
shu energiyaga bog‗liqdir. Quyosh energiyasining yerdagi modda aylanishiga 
qo‗shi-lib ketishi asosan o‗ziga xlorofil moddasi bo‗lgan organizmlar: yashil bakte-
riyalar, ko‗k yashil suv o‗tlari, fitoplankton va yuqori tabaqa o‗simliklarni 
fotosintezi orqali bo‗ladi. 
Quyosh energiyasi Yer atmosferasiga yetib kelar ekan, uning 30 foizdan 
ortiqrog‗i atmosferadan aks etib qaytib keladi. Yerning sun‘iy yo‗ldoshlaridan 
olingan malumotlarga qaraganda yer kurrasining albedosi 0.33 ga teng. Quyosh 
energiyasining ana shu qismi fazoda yo‗qolib, atmosferadagi havo harakatida va 
yerdagi jarayonlarda ishtirok etmaydi. Quyosh energiyasining 20 foizga yaqini 
atmosfera qatlamidan o‗tish vaqtida yutilib qoladi va atmosferaning isishiga sarf 
bo‗ladi. Yerga esa o‗rtacha olganda quyosh energiyasining 50 foizigina yetib 
keladi. 
Yerga yetib kelgan energiya oqimining asosiy qismi qisqa to‗lqinli Quyosh 
radiatsiyasidir. Bu oqim ba‘zan quyosh doimiyligi deb ham ataladi va mutloq 
emas, 1,5-2 foiz orasida o‗zgarib turadi. Ana shu qisqa to‗lqinli Quyosh radia-
tsiyasi energiyasining jadalligi 1,98 dan 2,0 kal/sm kv deb hisoblanadi. Turli 
landshaftlarda ro‗y beradigan Quyosh energiyasining o‗zgarilishini Yu.L.Runer 
(1992), M.I.Budiko (1977) ishlarida ko‗rish mumkin. 
Landshaftlarga Quyosh energiyasi asosan to‗g‗ri va tarqoq radiatsiya sifatida 
kirib keladi.Ular birgalikda yalpi radiatsiyani tashkil qiladi. Yer yuziga yetib 
keladigan yalpi radiatsiyaning kuchi o‗rtacha olganda 5600 X\M kv yilga tengdir. 
Yalpi radiatsiyaning ma‘lum bir qismi landshaftlardan aks etib yana atmosferaga 
qaytadi. Bu ko‗rsatkich esa ko‗p jihatdan landshaftlarning albedosiga bog‗liq. 
Turlicha landshaftlarda albedo turlichadir. Masalan, yangi yoqqan qor yuzasining 
albedosi 0,80-0,95, yashil o‗tlarniki 0,20-0,25, keng bargli o‗rmonlarniki 0,15-
0,20, igna bargli o‗rmonlar albedosi 0,10-0,15, barxan qumlari tarqalgan 
landshaftlarda -0,24, ustida o‗simlik bo‗lgan gryada qumlari 0,22, o‗rtacha zich 
bo‗lgan saksovulzor albedosi - 0,20, Mirzacho‗l, Qarshi dashti kabi gilli cho‗llarda 
ham albedo 0,27-0,35 atrofida bo‗lar ekan. 
Yalpi radiatsiya bilan aks etib qaytargan radiatsiya orasidagi farq qisqa 


60 
to‗lqinli balans deyiladi. Landshaftning o‗simliklari, tuproq yuzasi Quyosh 
radiatsiyasini yutishi natijasida o‗zi uchun to‗lqinli nurlanish manbaiga aylanadi. 
Landshaftlarning uzun to‗lqinli nurlanishi qor yuza nurlanishiga teng bo‗lib 
ko‗pincha 0,90-1,00 atrofida bo‗lar ekan ( M.I.Budiko 1977). 
Landshaft ustidagi atmosfera tarkibida bo‗lgan suv o‗tlari va turli gazlar uzun 
to‗lqinli radiatsiyani yutib atmosferaning landishaftga qarata qayta nurni aks 
ettirishiga sabab bo‗ladi. Landshaftdan qaytgan va unga nisbatan yana 
atmosferadan qaytgan radiatsiya orasidagi farq uzun to‗lqinli balans deb ataladi. 
Landshaftga kirib kelgan va undan yana atmosferaga kaytgan radiatsiya 
energiyasining oqimi yig‗indisi radiatsiya balansi deb ataladi. Radiatsiya bal-ansi 
qisqa to‗lqinli balans bilan uzun to‗lqinli balans orasidagi farqka teng bo‗ladi. 
Undan tashqari landshaft yuzasi bilan atmosfera orasidagi turbulent issiqlik 
almashishi jarayoni ham mavjuddir. Bu jarayon O‗zbekiston cho‗l hud-udlarida 
radiatsiya balansining 80 foizidan ortiqroq qismini qamrab olgan. 
Yer yuzasida yutiladigan Quyosh energiyasining asosiy qismi issiqlik sifatida 
tuproqdagi, qumliklardagi, daryo va ko‗llardagi suv va namliklning bug‗lanishiga 
sarf bo‗ladi. Bu energiya asosan tabiiy bug‗lanishga va trans-piratsiyaga sarf 
bo‗ladi. 
Undan tashqari yalpi radiatsiya oqimining 0,5 foiziga yaqini o‗simlik-larning 
fotosintez jarayoniga sarf bo‗ladi. Bu energayaning yarmidan ko‗prog‗i shu 
zaxotiyoq o‗simliklarning nafas olish jarayonida yo‗qoladi. Qolgan qismi esa 
o‗simliklarning to‗qimalarida to‗planib keyinchalik ozuqa zanjirlarida ishtirok 
etadi. Ayrim qismlari esa jonsiz organik moddaga o‗tib ketadi. Ammo har bir 
landshaft sharoitida bu oqimlarning nisbati va son ko‗r-satkichlari turlicha bo‗lishi 
mumkin.
O‗zbekiston hududida tarqalgan asosiy landshaft turlarida energiya oqimining 
ayrim jabhalari qay darajada ekanligini quyidagi jadvaldan ko‗rishi mumkin. 
Quyoshdan kelayotgan energiya oqimining ayrim qismlari landshaftlarning 
ma‘lum holatida ayrim jarayonlarida ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, yilning 
qish oylarida fotosintez yoki transpiratsiya jarayonlari har doim ham 


61 
bo‗lavermasligi mumkin. Shuning uchun ham landshaftlarda yuz beradigan 
energiya oqimlarini aniqlash va hisoblashda ish jaranyonining vaqt chegaralari 
haqida ham tasavvurga ega bo‗lishi kerak. 
Umuman olganda statsionar izlanishlar sharoitida landshaftlardagi energiya 
oqimining va o‗zgarishining aniqlash mumkin, ammo bu juda murakkab masala 
bo‗lib, ko‗p vaqt va ko‗p mehnat talab qiladi. Chunki u yoki bu landshaftlarda 
energiyannng to‗planish tezligi kun sayin, soat sayin, hattoki daqiqada o‗zgarib 
turadi. Bu o‗zgarishlar juda ko‗p omillarga bog‗liqdir. 
Xullas, Quyoshdan keladigan energiya landshaftning maxsus faoliyatini 
ta‘minlab turuvchi eng asosiy hamda boshqa meteorologik, gidrologik, 
geomorfologik, biogeokimyoviy kabi turli jarayonlarni A.A. Grigorev aytgan bir 
butun tabiiy geografik jarayonnni hosil qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. 
5.1-jadval 
Issiqlik balansini tashkil qiluvchi ko‗rsatkichlar yig‗indisi va issiqlik oqimlari 
(kal/sm.kv) 
Kuzatilgan joy va 
uning qisqa tarifi 



Ye Ye 

V Ye 
Janubiy Qizilqumdagi
qumlik cho‗l landshafti 0.25 337 289 48 
0 86 0.78 0, 4 0 14 0 00 
Saksovulzor landshafti 0.20 381 255 38 88 67 0.92 0.69 0.09 0.14 
A-albedo; R-radiatsiya balansi oqimining peshingi ko‗rsatkichi; R-turbulent 
issiqlik almashinishi; V-tuproqdagi issiqlik oqimi; Ye-yig‗indi bog‗lovchi.
Landshaftlarning maxsus faoliyatidagi energetik omillardan yana biri Yerning 
ichki energiyasidir. Bu energiya, asosan geotermik issiqlik, vulqonlar otilishidan 
ajrab chiqadigan issiqlik, issiq suvlar energiyasi kabilardan iboratdir. 
O.G.Sorokin (1977) ma‘lumoti bo‗yicha yer yuzasiga ta‘sir etuvchi geomet-
rik energiya kuchi 0.82x10 kv energiya (s.sm.kv) atrofida bo‗lar ekan. Vulqonlar 
otilishidan ajralib chiqadigan energiya o‗rtacha 10/20x10/0 energiya oralig‗ida 
bo‗lar ekan (G.Makdonald, 1975 yil). Geotermik suvlar bilan chiqadigan issiqlik 


62 
energiyasi yiliga o‗rtacha 100 energiyaga /s.sm
2
/ ga teng bo‗ladi. Ammo bu xil 
energiyaning ta‘siri landshaftlarning shu xil energiya manbalariga uzok-yaqin 
joylashganligiga ko‗proq bogliqdir, Umuman yerning ichidan bo‗ladigan energiya 
Quyosh energiyasining 0.04 foizga yaqin kuchini beradi holos. Landshaftlarda ro‗y 
beradigan oqimlarda energiya oqimlaridan gravitatsiya energiyasi ham ishtirok 
etadi. Bu energiya landshaftlardagi modda aylanish jarayoni mavjudligi va 
tezligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Gravitatsiya energiya oqimi aylanma harakatga ega bo‗lmay bir tomonga 
yo‗nalgandir. Moddaning og‗irlik kuchi mutloq balandlikka, tog‗ jinslarining 
zichligi va boshqa oqimlarga bog‗liq. Ammo bularga energiyaning boshqa 
turlariga nisbatan juda kam e‘tibor beriladi. Aslida esa moddaning og‗irlik kuchi 
landshaftdagi moddaning gravigen oqimlarini hosil qiladi. Gravigen oqimlar esa 
landshaftdagi abiogen modda almashinishida katta rol o‗ynaydi va modda 
harakatining deyarli barcha shaklida ozmi-ko‗pmi ishtirok etadi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish