66
oqilona foydalanish masalalarini hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlar uchun umumiy bo‗lgan va fizika fani o‗rganadigan
fizikaviy
xossalarga massa, ichki energiya, optikaviy va radiofizikaviy xossalarni, ularning
makon va zamonga taalluqli xususiyatlarini misol keltirish mumkin. Shu xossalarni
o‗rganish orqali landshaftlarni o‗zinigina emas, balki ularning komponentlarini
ham ta‘riflab bersa bo‗ladi. Masalan, havo, suv yoki o‗simlikning optikaviy va
radiofizikaviy xususiyatlarini o‗rganish kabi. Ammo, landshaftlarga xos bo‗lgan
fizikaviy xususiyatlar va jarayonlar shu landshaftlarni va ularning komponentlarini
yanada kichikroq yoki tuzilishi jihatidan yanada oddiyroq bo‗lgan qismlarga bo‗lib
o‗rganishni taqozo qiladi. Landshaftlarning bunday o‗zining fizikaviy xususiyatlari
jihatidan bir xil va bir butun bo‗lgan, oddiy qismlarini N.L.Beruchashvili (1986,
1990) geomassa deb atashni tavsiya qiladi.
Geomassalar sifat jihatidan turli jismlar bo‗lib,
bir-biridan massasi bilan,
zamonda va makonda o‗zgarib turish tezligi bilan farqlanadi. Landshaftlarning
geomassalari ularning komponentlaridan moddasining bir xilligi bilan ajralib turadi
va landshaftlarda ro‗y beradigan jarayonlarda turlicha rol o‗ynaydi. Bularga
aeromassa, fitomassa, zoomassa, mortmassa, litomassa, pedomassa, gidromassa
kabilar kirib ularning barchasini qamrab ola oladigan
atama sifatida geomassa
ishlatiladi.
Geomassa biror komponentning hammasini to‗la qamrab ola olmaydi.
Masalan, pedomassa atamasi tuproq tarkibidagi mayda tuproq zarrachalari va
chirindigagina yoki tuproqdagi organik va mineral aralashmagagina taalluqlidir,
xolos. Tuproq tarkibidagi namlik, havo, mayda tosh bo‗laklari, ildizlar va tirik
mavjudotlar pedomassaga kirmaydi. Landshaftlardagi tuproq esa pedomassa bilan
birga gidromassa (tuproqdagi namlik)ni, litomassa (tuproqdagi mayda toshlar)ni,
fitomassa (o‗simlik ildizlari)ni va zoomassa (tirik mavjudotlar)ni qamrab olishi
mumkin.
Aeromassa tushunchasi ham landshaft doirasidagi
faqat quruq havogagina,
ya‘ni gazlar aralashmasigagina taalluqlidir. Havo tarkibidagi suv bug‗lari chang
zarralari kabi aralashmalar aeromassaga kirmaydi.
67
Landshaftlar geofizikasida geomassadan kattaroq birlik hisoblangan
geoqatlam tushunchasi ham mavjuddir. Geoqatlamlarga, shu tushuncha muallifi
N.L.Beruchashvili (1990) eng oddiy tabiiy geografik komplekslarning ko‗ndalang
kesmasida ajratiladigan va o‗ziga xos geomassalarning yig‗indisi va nisbati bilan
tavsiflanuvchi qatlamlarni kiritadi. Har bir
geoqatlam boshqasidan tarkibi,
teksturasi va strukturasi bilan farqlanadi.
Geoqatlamlarning teksturasi eng zarur geofizikaviy xususiyatlardan biri
bo‗lib, unga ko‗pincha quyosh radiatsiyasining kirib kelishi, yog‗in-sochinlarning
tutilib qolishi kabi jarayonlar bog‗liq bo‗ladi. Odatda, biz ishlatadigan
tushunchalardan biri tuproq strukturasi landshaftlar geofizikasi nuqtai nazaridan
qaraganda tuproqning ayrim qatlamlari uchun tekstura hisoblanadi.
Geomassalar ham, geoqatlamlar ham landshaftlarning hosil bo‗lishi,
shakllanishi, tuzilishi va ulardagi modda va energiya almashinishini geofizikaviy
tadqiq qilish uchun muhim bo‗lgan qismlardandir. Landshaftlar geofizikasining
muhim vazifalaridan biri tabiiy geografik komplekslarning
makon va zamonda
tutgan o‗rni va holatini chuqur tahlil qilishdan iboratdir. Chunki makon ham,
zamon ham fizikaning asosiy tushunchalari qatoriga kiradi.
Landshaftlardagi moddaning biogeokimyoviy aylanishi, kengroq ma‘noda
qarasak, moddaning biologik aylanishi landshaftdagi o‗z maxsus faoliyatini
bajarishda eng muhim omillardan biri bo‗lib xizmat qiladi.
Moddaning biologik aylanishi deganda o‗zaro aloqada va bog‗liq bo‗lgan bir
qancha jarayonlarning yig‗indisi tushuniladi. Bu jarayonlarga o‗simliklar badanida
kimyoviy moddalarning ushlanib qolishi va biokimyoviy sintez, hayvonot va
mikroorganizmlarning ozuqa zanjirlarida kimyoviy birikmalar-ning o‗zgarishi,
tirik organizmlarning yashash jarayonida unsurlarning yana atmosfera va tuproqqa
qaytishi tuproqdagi organik moddaning yangi hosila-lari barpo qilishi va ularning
parchalanishi kiradi.
Landshaftlarning o‗simliklari atmosferadan uglerod oladi.
Azot va boshqa
ko‗l o‗simliklarini esa tuproqning ildizlar tarqalgan qismidan oladi. Tuproq hosil
qiluvchi ona jins xajmi bo‗yicha asosan (94 foizga yaqin) kislo-rod atomlaridan
68
iborat bo‗lib, boshqa elementlar 6 foiz atrofida bo‗ladi, o‗simliklar oziqlanishi
uchun zarur moddalar ancha tarqoq holda bo‗ladi. Faqat biologik modda
almashinishi jarayoni oqibatidagina tuproq hosil bo‗lishi mumkin va o‗simliklar
uchun zarur bo‗lgan ozuqa moddalari bilan boyib borishi mumkin.
Moddaning organik aylanishi asosida o‗simliklarning maxsuldorlik jihatlari,
ya‘ni yashil o‗simliklarning quyosh yordamida atmosferadan
karbonat angidrid
ajratib olishi tuproqdan azot va kul unsurlarini olishi yotadi. Fotosintez natijasida
hosil bo‗ladigan organik moddaning yarmiga yaqini oksidlanib yana atmosferaga
qaytadi. Fitomassaning qolgan qismi toza birlamchi maxsulot hosil qiladi. Uning
ayrim qismi o‗simlik bilan ozuqla-nuvchi hayvonlarga, so‗ngra esa o‗simlikxo‗r
hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlar organizmiga o‗tadi.
O‗simlik va hayvonot dunyosi hosil qiladigan organik moddaning asosiy
qismi ular nobud bo‗lgandan keyin ko‗plab turli xil bakteriyalar zamburug‗lar va
boshqa mikroorganizimlar tomonilan yemiriladi. Oqibatda jonsiz organik modda
yana mikroorganizmlar tomonidan turli xil mineral tuzlarga aylanadi.
Hayot
shunday davom etaveradi. Tabiatdagi biomassaning hosil bo‗lishi jarayonlari ozmi
- ko‗pmi muvozanatlarga va faqat ozgina qismi (1% kamrog‗i) har yili biologik
aylanishdan tushib qolib, tuproqda chirindi sifatida qolib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: