regional tabiiy geografiya
o‗rganadi. Bunday tabiiy geografik mujassamalarni
aniqlash. xaritaga tushirish va ta‘riflab berish kabilarni tabiiy geografiya o‗z
tadqiqot usullaridan biri tabiiy geografik rayonlashtirish orqali amalga oshiradi.
52
Tabiiy
geografik
rayonlashtirish
vaqtida
hududning
tabiiy
geografik
mujassamalariga tabaqalanish qonuniyatlari. mujassamalarning tashkil topishi,
rivojlanishi kabi masalalar ham o‗z yechimini topishi kerak.
Shunga ko‗ra, geografik qobiq ikki xil yo‗nalishda:1) bir butun yaxlit hosila
xolida, 2) aloxida qismlari bo‗yicha, ya‘ni-geografik komplekslar xolida
o‗rganmoq zarur. Birinchi xolida o‗rganish umumiy tabiiy geografiyaning vazifasi,
ikkinchisi esa landshaftshunoslikning vazifasidir.
Yerning landshaft qobig‗i deganda, F.N.Milkov (1970) geografik qobiqdan
farqli o‗laroq, uning o‗rta qismida litosfera, atmosfera, gidrosferalarning bevosita
bir-biriga tutashib va faol ta‘sir etib turadigan hamda organik hayot rivojlanishiga
eng qulay sharoit yuzaga kelgan yupqa (qalinligi 200-250 m gacha bo‗lgan)
qatlamni tushunadi. F.N.Milkov geografik qobiqning ichida 4 ta qatlamni ajratadi:
1. Yuqori havo qatlami;
2. O‗rta landshaft qatlami;
3. Landshaft orasidagi suv qatlami;
4. Quyi (litosfera) tosh qatlami; ,
Umumiy tabiiy geografiyadan beriladigan bilimlar landshaftshunoslikni
o‗rganishdagi birinchi bosqich bo‗lib, landshaftshunoslikning o‗zi umumiy tabiiy
geografiyaning mantiqiy davomi xisoblanadi va unda umumiy geografik g‗oyalar
ayrim
joylarning geografik xususiyalarini tushunishga
yordam
beradi.
Landshaftshunoslik fani turli zonalar, viloyatlar va tumanlar tabiiy resurslaridan
xar tomonlama foydalanish, ularni muxofaza qilish va tiklash masalalari bilan
bevosita shug‗ullanadi. Binobarin, landshaftshunoslik geografik komplekslarning
tuzilishi, rivojlanishi va tarqalishini, ulardan oqilona foydalanish yo‗llarini
o‗rganadi.
Geograflar, hududiy tabiiy geografik bo‗linishi sistemasida asosiy birlik deb
bir bosqichli birlikni-landshaftni e‘tirof etadilar. Landshaft haqidagi ta‘limot
landshaftlar sistematikasi, uning ichki tuzilishi hamda mazmunini o‗rganishga
qaratilgan. Ba‘zi landshaftshunoslarning fikriga ko‗ra, landshaftshunoslikning
asosiy vazifasi faqat landshaftni o‗rganish bilan chegaralanmog‗i lozim.
53
Murakkabroq komplekslar (landshaft zonasi, provintsiya) ni o‗rganish va
sistemaga solish (buni tabiiy geografik rayonlashtirish deymiz) bu fanning
vazifasiga kirmasligi kerak. Biroq landshaft haqidagi ta‘limotni tabiiy geografik
rayonlashtirishga qarama-qarshi qo‗yish aslo mumkin emas, chunki landshaftning
o‗zi rayonlashtirishning eng kichik birligi xisoblanadi. Rayonlashtirishning katta
tabiiy geografik birliklari bir-biriga yaqin bir qancha landshaftlarning hudud
jihatidan birlashtirilishi demakdir, binobarin, ularni o‗rganish va ta‘riflash faqat
landshaft orqali bo‗ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish landshaftlarni tizimga
solish usuli va landshaftshunoslikning tarkibiy qismidir.
Landshaftlar o‗z navbatida soddaroq, geografik komplekslardan (joy,
urochiщe, fatsiyalardan) tashkil topadi va ular landshaftlarning morfologik
qismlari deb ataladi. Landshaftning morfologik qismlarini landshaftshunoslikning
muxim bir tarmog‗i-landshaftlar morfologiyasi o‗rganadi.
Geografik komplekslarni o‗rganishga ikki xil yondoshiladi: ayrib olib
(individual) va umumlashtirib (tipologik) o‗rganiladi. Individual yondoshilganda
geografik komplekslarning o‗ziga xos hususiyatlarini birinchi o‗ringa qo‗yib,
tipologik yondoshilganda ularning o‗xshash umumiy belgilari asos qilib olib
o‗rganiladi. Tipologik yondoshganda belgilar umumlashtirilib, landshaftlarni
turkum, sinf va tipga ajratiladi. Bunday landashftlarni indivudual va tipologik
yondoshib o‗rganish zarurati kelib chiqadi. Murakkab geografik komplekslar
(landshaft, tabiiy geografik rayon, provintsiya va hokazo) individual, oddiy
geografik komplekslar yoki landshaftning morfologik qismlari tipologik usulda
o‗rganiladi.
Tabiatda katta-kichik geografik komplekslar ob‘ektiv holda mavjuddir. Ularni
sifatiy o‗xshashlik belgilariga qarab, turkum, sinf va tiplarga ajratiladi, ya‘ni
klassifikatsiya qilinadi, bunda tipologik belgilarning murakkab sistemasi vujudga
keladi. Xilma-xil tipologik birliklar (masalan, urochiщe yoki landshaft tiplari va
hokazo) ilmiy umumiylashtirish natijasidir.
Nazorat savollari:
54
1. Landshaftlarning chegaralari va mustaqil landshaftlarning shakllanish
sharoitlari nimalardan iborat?
2. Landshaft genetik jihatdan bir butun bo‗lgan geotizm xakida nimalarni
bilasiz?
3. Landshaft va uning morfologik qismlari nimalardan iborat?
4. Yer kurrasining geografik qobig‗i xakida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |