titrlashni o‘tkazuvchi qurilma. 2. Sig‘imi 250 ml li 3 ta o‘lchov kolbalari; 3. Sig‘imi 25-50 ml li 1 ta o‘lchov silindri; 4. Sig‘imi 25 ml li 1 ta byuretka; 5. Sig‘imi 20 yoki 25 ml li 1 ta pipetka; 7. 1 ta yuvgich (suvi bilan); 10. 6 n li sulfat kislota. Ish uchun zarur bo‘lgan standart eritmalarni ularning yuqori konsentratsiyali eritmalaridan tayyorlash. Taxminan 0,025-0,030 n Mor tuzi eritmasini tayyorlash uchun 250 ml li o‘lchov kolbasiga uning 0,25-0,30 n eritmasidan 25 ml olib, belgisigacha distillangan suv quyiladi va eritma aralashtiriladi. Kaliy bixromatning standart eritmasini tayyorlash uchun 0,25 n li standart eritmasimi aniq 10 marta suyultirib tayyorlanadi: 25 ml 0,25 n kaliy bixromat eritmasini pipetka yordamida olib 250 ml li kolbasiga solinadi va belgisigacha distillangan suv bilan suyultiriladi, hosil bo‘lgan eritma yaxshilab aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |