Laboratoriya mashg’ulotlari
Одам анатомияси ва физиологияси фанидан
лаборатория ишланмаси
1-labaratoriya mashg’uloti. Suyaklarning tuzilishi, xillari.
Maqsad: elka kamari va qo’lning erkin suyaklari, o’quv jihozlari hamda suyaklar yordamida o’rganish, talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish va baholash.
Jihozlar: jadval, darslik, atlas, albom, odam skeleti va suyaklar
Nazariy tushuncha. Skelet suyaklari juft suyaklardir. Odam skeletini o’rtacha ogirligi 5-6 kg yoki gavdaning 8-10% ogirligini tashqil etadi. Suyak-OS OSSIS asosan suyak to’qimalaridan tuzilgan.
Suyaklar murakkab tuzilgan bo’lib, ular tarkibiga barcha,epiteliy, biriktuvchi, muskul va nerv to’qimalari kiradi. Suyak tarkibining asosini suyak hujayralari (osteoblastlar) tashqil etadi.
Bu hujayralar suyaklarning organiq qismi bo’lgan osseinni (oralik oksil modda) sintez qiladi va uning mineral moddalar bilan birikishini ta’minlaydi.
Suyaklar kattik va elastik bo’lib, asosan ikki turli moddalardan tashqil topgan, ulardan 1/3 organiq moddalar (ossein, ) muguz modda) bo’lsa, kolgan 2/3 qismi anorganiq moddalardir (asosan kal’siy tuzlari, ayniksa fosfor kisoltali oxok-51,04% ni tashqil etadi.) Suyaklarning elastikligini ossein moddalari ta’minlasa, pishikligini mineral tuzlar hosil qiladi.
Yosh ulg’aygan sayin anorganik moddalar mikdori ortib boradi.
Shuning uchun keksalarning suyaklari mo’rt bo’lib koladi. YOsh ulgayishi bilan suyakda kal’siy, fosfor, magniy va boshka elementlarni nisbati o’zgaradi.
Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalardan tashkari A, D va S vitaminlari ham bo’ladi. Agar suyakda A vitamin etishmasa, suyaklar yo’g’onlashib, ichidagi bo’shliqlari va kanalchalari kattalashib koladi. Agarda yosh bolalar suyaklari tarkibida kal’siy tuzlari va D vitamini etishmasa raxit kasalligi vujudga keladi.
Suyaklarning tuzilishi va ximiyaviy tarkibi o’zgarishi bilan ularning fizik xossalari ham o’zgaradi.
Suyaklarning ichki tuzilishini arralab karaganda ko’rishimiz mumkin. Ular ikki xil moddadan, biri zich (kattik) –modda bo’lsa, ikkinchisi govak (ko’mik) moddadir.
Suyaklarda kattik modda tashqi qismida joylashgan bo’lsa, govak moddalari ichkarida bo’ladi.
Suyaklar shakli va tuzilishiga qarab, naysimon, yassi govak va aralash suyaklarga bo’linadi.
I.Naysimon suyaklar:
A) uzun naysimon suyaklar-elka, bilak va boldir suyaklari.
B) kalta naysimon suyaklarga ko’l, oyok, kaft va panja suyaklari kiradi.
II.Govak suyaklarga.
A) uzun govak suyaklar- qovurg’a va to’sh suyaklari.
B) kalta g’ovak suyaklarga –umurtqalar, qo’l –oyok, kaft usti suyaklari.
V) sessamasimon suyaklar tizza kopkogi, no’xotsimon suyak va barmoq suyaklarining sessamasimon suyaklari kiradi.
III. YAssi suyaklar:
A) kallaning yassi suyaklari.
B) yassi kamar suyaklar-kurak va chanok suyaklari kiradi.
IV. Aralash suyaklar
Bunga bir kancha suyaklarning birikishidan vujudga kelgan kalla suyagining asosiy qismini tashqil etuvchi suyaklar kiradi.
Aralash suyaklar turli shaklga ega bo’ladi. Suyaklarning yuzasida notekisliklar, do’mbok, kirra, teshiklar va egatlar bo’ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomir nervlar o’tadi.
Suyakning sirtqi yuzasi suyak usti pardasi (periost) bilan koplangan. Periost yupqa, pushti rangli biriktiruvchi to’qimadan iboratdir. Periost ikki qavatdan ya’ni tashqi qavati tolali fibroz to’qimasidan va ichki nerv, qon tomirlariga boy bo’lgan suyak hosil qiladigan qismlardan iborat. Periostning ichki qavati suyaklarni eniga o’stiradi.
Suyak kovaklari ilik bo’shligi hamma vaqt, suyak iligi bilan to’la ko’pincha naysimon suyaklarda ilik markaziy bo’shliq qismida joylashganligidan, uni ilik bo’shligi yoki kanali deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |