Monoklinik oltingugurtning olinishi
3/4 qism oltingugurt bilan to‘ldirilgan chinni tigelni shtativga o‘rnatilgan chinni uchburchakka joylashtiring va asta-sekin oltingugurtni qorayib ketishiga yo‘l qo‘ymay qizdiring. Oltingugurt to‘la eriganidan so‘ng qizdirishni to‘xtating. Tigelning devorlarida kristallar paydo bo‘lguncha soviting. so‘ngra kristallanishga ulgurgan oltingugurtni suvli stakanga quying. Idish devorlarida hosil bo‘lgan yaltiroq ignasimon monoklinik oltingugurt kristallarini kuzating. U biroz vaqt o‘tishidan so‘ng xiralashib, mo‘rt bo‘lib qoladi. Bu holda monoklinik oltingugurt qanday modifikatsiyaga o‘tadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |