Vodorod galogenidlarning qaytaruvchi xossalarini bir-biriga solishtirish
Uchta probirka olib, har biriga 2-3 ml dan konsentrlangan sulfat kislota eritmasidan quying. Birinchi probirkaga kaliy xlorid, ikkinchi probirkaga kaliy bromid va uchinchi probirkaga kaliy yodid kristallaridan 05, g dan solib chayqating. Har uchala probirkada sodir bo‘ladigan reaksiyalarning alomatlarini bir-biri bilan taqqoslang. Ma’lumki, uchala probirkada vodorod galogenid hosil bo‘ladi. Ammo ulardan vodorod bromid va vodorod yodid kuchli oksidlovchi hisoblangan sulfat kislota ta’sirida oksidlanib, brom hamda yod bug‘larini hosil qiladi va sulfat kislotani (temperaturaga hamda galogenning kuchiga qarab) SO2, S va hatto H2S gacha qaytaradi.
Tajriba natijalarini sinchiklab kuzatib, har qaysi probirkada boradigan reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |