Br- va J- ionlariga xos reaksiyalar
a) Uchta probirka olib, ularning biriga kaliy xlorid, ikkinchisiga kaliy bromid va uchinchisiga kaliy yodidlarning 0,5 n eritmasidan 3 ml dan solib, ustiga kumush nitrat eritmasidan 0,5 ml dan quying. Probirkalarda hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangini kuzating. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
b) Boshqa uchta probirkaga o‘sha tuzlarning eritmalaridan 3 ml dan solib, har qaysisining ustiga 0,5 ml dan qo‘rg‘oshin nitrat eritmasidan quying va probirkalarni ichidagi eritma (cho‘kmalar bilan birga) qaynagunicha gaz alangasiga tuting. Probirkalardagi cho‘kmalar ustidagi eritmalarni boshqa probirkalarga quyib olib, suvda sovuting. Qo‘rg‘oshin galogenid tuzlarining rangi va suvda eruvchanligi haqidagi xulosalaringizni, reaksiya tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |