Laboratoriya ishi №22 KimYOviy muvozanat


Vodorod sulfidning qaytaruvchi xossalari



Download 1,58 Mb.
bet66/89
Sana29.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#105236
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
22-53 (копия)

Vodorod sulfidning qaytaruvchi xossalari.

Vodorod sulfidli suv bilan bromli suvga, kislota muhiti hosil qilingan kaliy permanganat va kaliy dixromat eritmalariga ta’sir qiling. Reaksiya sodir bo‘lishida qanday tashqi belgilarni kuzatdingiz. Reaksiya tenglamalarini yozing. Koeffitsientlarni tanlang.


Laboratoriya ishi № 41

  1. Oltingugurt (IV) oksidining olinishi

(tajriba (b) ni mo‘rili shkafda o‘tkazing)

a) Oltingugurt (IV) oksidining olinishi

Temir disulfidni kuydirish reaksiyasini yozing. Elektronlarning o‘tish sxemasini tuzing.

Tajribani o‘tkazish uchun FeS2 ning bir necha donachasini issiqlikka chidamli trubkaning shar qismiga joylashtiring va shtativga qiyshiq qilib o‘rnating va sharni gaz alagasida qizdiring (tajribani issiqlikka chidamli bo‘lgan probirkada ham o‘tkazish mumkin).

b) Oltingugurt (IV) oksidining kislotalar bilan reaksiyasi.

Kolbaga 2-3 qoshiqcha natriy sulfit soling. Tomchilatgich voronkasiga konsentrlangan sulfat kislota soling. Nima uchun tajribaga qattiq tuz va konsentrlangan sulfat kislota olindi? CHiqayotgan gazni qanday usul bilan yig‘ish kerak?



  1. Oltingugurt (IV) oksidining xossalari

a) Yonib turgan cho‘pni oltingugurt (IV) oksidida o‘chishi. Oltingugurt (IV) oksidi to‘ldirilgan probirkaga yonib turgan cho‘pni tushiring. Nimani kuzatdingiz? Xulosangizni tushuntiring.

b) Oltingugurt (IV) oksidini suvda eruvchanligi. Birinchi (b) tajribada oltingugurt (IV) oksidi to‘ldirilgan probirkani kristalizatordagi suvga to‘ntarib, probirkadagi tiqinni oling. Probikada suv ko‘tarilishini kuzating. Kuzatilgan xodisani tushuntiring. Probirka og‘zini suv ostida berkiting va suvdan chiqarib oling. Olingan eritmani ikkita probirkaga quying. Bittasiga lakmus eritmasidan quying, ikkinchisiga esa magniy lentasidan tushiring. Nimani kuzatdingiz? Qilingan tajribalar asosida olingan birikmaning kimyoviy xarakteri haqida hulosa qiling. Reaksiya tenglamasini tuzing. Sulfit kislotasining bosqichli dissotsilanish konstantasi ifodasini yozing va ularning son qiymatlarini jadvaldan oling. Sulfit kislotasi kuchi jixatidan qanday kislotalar turkumiga kiradi?

3. Oltingugurt (IV) oksidi va sulfit kislotaning oksidlovchi va qaytaruvchi xossalari

a) Oltingugurt (IV) oksidi bilan to‘ldirilgan stakanga qisqich bilan ushlab turgan holda yonib turgan magniy lentasini tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan oq rangli modda nima? Reaksiyaning ikkinchi mahsuloti oltingugurt ekanligini nazarga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing. Oltingugurt (IV) oksidi bu reaksiyada qanday xossani namoyon qiladi.

b) Probirkada birinchi (b) tajribada olingan oltingugurt (IV) oksidi bilan vodorodsulfidli suvni ta’sirlashish reaksiyasini o‘tkazing. Nima uchun eritma loyqalandi? Reaksiya tenglamasini va elektronlarning o‘tish sxemasini yozing. Bu tajribada sulfit kislotasi qanday xossani namoyon qiladi?

v) Probirkaga ozgina HCI eritmasidan quying va uni SO2 bilan to‘yintiring. So‘ngra unga 1-2 bo‘lak rux tashlang. Bir necha daqiqadan so‘ng eritmadan ozgina quyib oling va unda H2S borligini isbotlang. Reaksiya tenglamasini va elektronlarning o‘tish sxemasini yozing. Bu reaksiyada oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. Ruxning roli nimadan iborat?

g) Bitta probirkaga bromli suv, ikkinchisiga yodli suv, uchinchisiga suyultirilgan sulfat kislotasi bilan kislotali muhit hosil qilgan kaliy permanganat eritmasidan, to‘rtinchi probirkaga kaliy dixromat eritmasidan quying. (Bu holda ham suyultirilgan sulfat kislotasi bilan kislotali muhit hosil qilinadi). So‘ngra barcha probirkalarga H2SO3 eritmasidan quying. Barcha probirkalardagi erimalarning rangini o‘zgarishiga e’tibor bering. To‘rttala reaksiya tenglamasini yozing va elektronlarning o‘tish sxemasini tuzing. Bunda MnO4- ioni Mn2Q gacha, Cr2O72- ioni Cr3Q gacha qaytarilishiga e’tibor bering. Bu tajribalarda H2SO3 qanday xossani namoyon qiladi?

Standart oksidlanish-qaytarilish potensiallari bilan tanishing va tegishli hisoblarni bajarib, H2SO3 ni xlor, brom, kaliy permanganat, kaliy dixromatlar bilan kislotali muhitda oksidlash mumkinligini isbotlang.

4. Fuksinni sulfit kislotasi bilan rangsizlanishi

Fuksinning suyultirilgan eritmasidan probirkaga ozroq oling va unga sulfit kislotasi eritmasidan ozroq qo‘shing. Nimani kuzatdingiz? Olingan eritmani qizdiring. Sodir bo‘layotgan xodisani kuzating.

Qanday xollarda oqartirish maqsadida xlorga o‘xshash kuchli oksidlovchilarga nisbatan SO2 ni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi?

5. H2SO3 va uning tuzlariga reaksiyalar

Yangi tayyorlangan H2SO3 yoki uning tuzi eritmasiga BaCl2 eritmasidan quying. Cho‘kmaga tushgan modda nima? Uning rangi qanday? Cho‘kmani HClda eruvchanligini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho‘kmani HCl da erish sababini tushuntiring.

Ko‘p hollarda eritmada SO42- ioni mavjud bo‘ladi. Bunga sabab H2SO3 asta-sekinlik bilan H2SO4 gacha oksidlanadi va shuning uchun cho‘kma to‘la-to‘kis erimaydi. SHuning uchun tajribani shunday o‘tkazgan ma’qul: ikkita probirkaga oz-ozdan cho‘kmadan bir xil miqdorda soling va aralashtiring. Eritmaning birinchi probirkada loyqalanishi ikinchisiga nisbatan anchagina kam ekanligiga e’tibor bering.



Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish