Laboratoriya ishi № 40
Oltingugurtni vodorod bilan reaksiyasi
68 va 73 rasmlarga ko‘ra asbob yig‘ing. Kalsiy xlorid solinadigan idishning shar qismiga (shar qism bo‘lmaganda, to‘g‘ri trubkadan foydalansa ham bo‘ladi) ozroq oltingugurt, probirkaga esa qo‘rg‘oshin (II) nitrat eritmasidan soling. Trubka orqali Kipp apparatidan vodorodni o‘tkazing. Pribordan chiqayotgan gazning tozaligiga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng (buning uchun gaz chiqayotgan trubkani tepaga ko‘tarib, vodorod yig‘ing va tozaligini tekshiring) oltingugurt solingan sharchani qizdiring. Bo‘layotgan hodisani kuzating. Qo‘rg‘oshin (II) nitrat eritmasi solingan idishdagi cho‘kma nima? Nima uchun qo‘rg‘oshin ioni vodorod sulfidi uchun reaktiv hisoblanadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Vodorod sulfid olish uchun asbob.
Do'stlaringiz bilan baham: |