Bipolyar tranzistor signallarni kuchaytirish va tok o‘tishini
kalit sifatida bohqarishga
mo‘ljallangan. Tranzistor ikkita p-n o‘tishda tuzilgan bo‘lib, o‘rtadagi umumiy sohasi baza, qo‘lgan
chetki ikki sohasi kollektor va emitter deb ataladi. Tranzistorlarni zanjirga ulashdan oldin ular
doimo tekshirilishi zarur. Biz quyida tranzistorlarni qanday tekshirishi o‘rganamiz.
2-rasm. Tranzistorning tuzilish tamoyili a) n-p-n strukturali b) p-n-p strukturali
Soddallashtirish maqsadida tranzistordagi ikkita p-n o‘tishni
bir-biriga bir qutbli
tomonlari bilan ulangan ikkita diod deb qarash mumkin.
3-rasm. Tranzistorni bir-biriga bir qutbli tomonlari bilan ulangan ikkita diod deb
qarash
Tranzistorlarni ikkita diod deb tasavvur qilgan ekanmiz, endi bu diodlarni tekshirib
ko‘ramiz. Dastlab n-p-n tranzisroni tekshirib ko‘ramiz. Demak, tranzistor bazasi p-tipli kollektor va
emitter n-tipli. Multimetrni diodlarni tekshirish rejimiga qo‘yamiz.
Bu rejimda multimetr p-n o‘tishdagi kuchlanishlar
tushuvini millivoltlarda
ko‘rsatadi. Kuchlanishlar tushuvi kremniyli diodlarda 0.6 volt, germaniyli diodlarda esa
0.2-0.3 volt bo‘lishi lozim. Dastlab tranzistorning p-n o‘tishini to‘g‘ri o‘tishda
tekshiramiz, buning uchun multimetrning qizil (musbat qutbi) tekshirish shupini
tranzistor bazasiga tutashtiramiz, qora (manfiy) shupini emitterga tutashtiramiz va bunda
multimetr baza-emitter o‘tishidagi kuchlanishlar tushuvini ko‘rsatadi.
Keyin baza-kollektor o‘tishini tekshiramiz. Buning uchun qizil shupni bazaga ulaymiz,
qorasini esa kolektorga qo‘yamiz va bunda asbob bu o‘tishdagi kuchlanishlar tushuvini
ko‘rsatadi.
Bu yerda shuni aytib o‘tishimiz zarurki, baza-kollektor o‘tishidagi kuchlanishlar tushuvi,
baza-emitter o‘tishidagi kuchlanishlar tushuvidan hamisha kichik bo‘ladi.
Buni baza-
kollektor o‘tishining qarshiligi doimo baza-emitter o‘tishi qarshiligidan kichik bo‘lishi
bilan tushuntirish mumkin. Chunki kollektor yuzasi doimo emitter yuzasidan katta
bo‘ladi. Shu xususiyati orqali tranzistor oyoqlari nomini ma’lumotnomasiz ham aniqlash
mumkin.
Endi multimetrni teskari qutblari bilan ulaymiz. Bunda multimetr «1» ni
ko‘rsatadi, bu esa qarshiligi cheksiz katta ekanligini bildiradi.
Qora shupni tranzistor bazasiga, qizil shupni emitterga ulaymiz, multimetr «1» ni
ko‘rsatadi.
Endi tranzistorning baza-kollektor o‘tishini ham shunday tekshiramiz,
natija
yuqoridagidek bo‘ladi.
Oxirgi tekshirish emitter-kollektor o‘tishni tekshirish qoldi. Multimetr qora
shupini tranzistor kollektoriga, qizil
shupini emitterga ulaymiz, tranzistor ishga yaroqli
bo‘lsa, multimetr «1» ni ko‘rsatadi.
Qutblarni almashtiramiz (qizil-kollektorga, qorasi-emitterga) natija «1» bo‘ladi.
Agar tekshirish jarayonida yuqorida ko‘rsatilganlarga mos kelmaydigan natija
olsak, demak, tranzistor nosoz hisoblanadi.
Bu tekshirish usuli faqat bipolyar tranzistorlarni tekshirish uchun o‘rinlidir.