3. Temir (III) xlorid tiosulfat eritmalari bilan to`q binafsha rangli kompleks birikma hosil qiladi:
FeCl3 + 2Na2S2O3 = Na[Fe(S2O3)2]+3NaCl
Fe3+ + 2S2O32- = [Fe(S2O3)2]-
Probirkaga 2-3 tomchi natriy tiosulfat eritmasi solinadi va unga temir(III) xlorid eritmasidan 1 tomchi qo`shiladi. Shu zahotiyoq to`q binafsha rang hosil bo`lishi kuzatiladi. Bu rang 1-2 minutdan keyin yo`qolib ketadi va eritma rangsiz bo`lib qoladi.
Reaksiyani o`tkazish sharoiti:
- oksidlovchilar va qaytaruvchilar reaksiyani borishiga xalaqit beradi;
- SO32- anioni FeC13 bilan binafsha rang bermaydi. Temir(III) xlorid eritmasi bilan to`q binafsha rang hosil qilish faqat S2O32- anioniga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |