Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish
Quruq modda eritmasidan kationlarni topish jarayonida yo`l-yo`lakay u yoki bu anionlarning bor-yo`qligi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish mumkin. Quruq modda suyultirilgan xlorid yoki nitrat kiclotada eritilgan bo`lsa, va bu eritmadan Ba2+, Sr2+, yoki Rb2+ kationlari aniklangan bo`lsa, o`z-o`zidan ravshanki, tekshirilayotgan eritmada SO42- anionlari bo`lmaydi. Neytral yoki ishqoriy muhitli eritmadan Ba2+kationlari topilgan bo`lsa, ishonch bilan tekshirilayotgan eritmada I guruh anionlarining hammasi yo`q deb aytish mumkin bo`ladi. Cho`kmasi bo`lmagan eritmadan Ag+ kationlari topilsa, II guruh anionlari yo`qdigini ko`rsatadi. CO32-, S2-, SO32- va S2O32- anionlari borligi kationlarni analiz qilish yo`lida eritmani kislotali muhitga keltirishda gazlar (CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishga qarab topilishi mumkin.
Tekshirilayotgan quruq modda eritmasida ayrim anionlarning bor-yo`qligi haqida xulosa chiqarilgandan, unda bo`lishi ehtimoli tutilgan anionlarni topishga o`tiladi.
Anionlarni topish uchun quruq moddani maxsus tayyorlab olish lozim. Anionlarni faqat eritmada K+, Na+ va NH4+ kationlari ishtirokidagina oson aniqlash mumkin. Boshqa kationlar, ya`ni «og`ir metallar»ning kationlari - II-VI guruh kationlari anionlarni aniqlashga halaqit beradi. Eritmada bu kationlarning ba`zilarini rangli bo`lishi, oksidlash-qaytarish xossalari borligi, bir qator anionlar bilan birikib, cho`kma berishga qobil ekanligi anionlarni topishga xalaqit beradi. Shuning uchun «og`ir metallar»ning kationlarini yo`qotish va hamma tuzlarni natriy tuzlariga aylantirish maqsadida tekshirilayotgan modda natriy karbonat Na2CO3 eritmasi qo`shib qaynatiladi. Bunda II-VI — guruh kationlari karbonatlar yoki gidroksidlar holida cho`kadi:
BaSO3 + Na2CO3 = BaSO3↓ + Na2SO3
AlCl3 + 3Na2CO3 + 3H2O = 2Al(OH)3↓+ 6NaCl + 3CO2↑
Taxminan 0,1g quruq modda tigelda 0,4g kimyoviy toza suvsiz natriy karbonat Na2CO3 bilan aralashtiriladi, ustiga 50-60 tomchi distillangan suv qo`shiladi, aralashma 5 minut davomida (bug`langan suvni o`rnini to`ldirib turish uchun suv qo`shib turgan holda) qaynatiladi.
Tigeldagi bo`lgan aralashma konussimon probirkaga o`tkaziladi, sentrifugalanib, cho`kmasi ajratiladi. Olingan eritma «sodali so`rim» nomi bilan atalib uning tarkibidagi I-III guruh anionlari Laboratoriya ishi №14 ko`rsatilgan tartibda topiladi. Analiz qilishdan oddin «sodali so`rim» natriy karbonatning ortiqchasini yo`qotish maqsadida sirka kiclota bilan neytrallanadi. Bu ishni juda ehtiyotlik bilan bajarish lozim, kislotadan ko`proq qo`shilsa S2-, NO2- va ba`zi bir anionlarni yo`qotib yuborish mumkin. Shuni e`tiborga olish kerakki, CO32- anioni so`rim tayyorlashda eritmaga kirib qoladi. Shu sababli CO32- anioni quruq moddaning ozgina ulushidan xlorid kislota ta`sir ettirib topiladi.
Quruq modda eritmasi tarkibidagi kationlar va anionlar aniqlanib bo`lgach, tekshirilayotgan namunani-tuz tarkibi to`g`risida xulosa chiqariladi. Masalan, agar Na+, K+, NH4+ kationlari va NO3- anioni topilgan bo`lsa, namuna kaliyli, natriyli va ammoniy nitratlari aralashmasidan iborat bo`ladi. Bordiyu, K+ kationi, shuningdek SO42- va NO3- anionlari topilgan bo`lsa, unda quruq modda ikki tuz – K2SO4 va KNO3 aralashmasi bo`lib chiqadi va hokazo.
Laboratoriya ishi №16
Do'stlaringiz bilan baham: |