6. Sulfid ioni S2- ni topish. Tekshirilayotgan eritmani ishqoriy muhitga keltirib, uning 1 tomchisiga natriy nitroprussid eritmasidan 1 tomchi qo`shiladi. S2- ioni ishtirokida binafsha-qizil rang paydo bo`ladi.
Sulfid S2- ionlari xlor, brom va iod ionlarini topishga halaqit beradi. Shu sababli S2- ionlarini yo`qotish uchun neytral yoki kuchsiz ishqoriy tekshirilayotgan eritmadan 5-6 tomchi olib, ZnSO4 eritmasi qo`shiladi va isitiladi. Hosil bo`lgan pyx sulfid ZnS cho`kmasi sentrifugalanib ajratib tashlanadi va sentrifugatdan Cl- , Br- va J- ionlari topiladi.
7. Xlorid ioni Cl ni, Br ioni va I ionini topish. Qaytaruvchi anionlar: SO32-, S2O32- va S2- ionlari C1-, Br-, va J- ionlarini topishga halaqit bermaydi, chunki ularni kumush
nitrat ta`sirida cho`ktirilgan cho`kmadagi kumush galogenidlardan laboratoriya ishi №14 da ko`rsatilgan tartibda topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |