Metallarning fizik xossalari



Download 0,62 Mb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#735745
  1   2
Bog'liq
5a 21 ee


II guruh yonaki guruhcha elementlariga Zn,Cd,Hg kiradi. IV-VI davrning elementlarining eng oxirida joylashgan,tashqi valent pog`onasida 2 tadan elektroni borligi uchun birikmalarda ikki valentli bo`ladi. Ular quyidagicha elektron tuzilishga ega: Zn….3d104s2 Cd....4d10 5s2 Hg….5d10 6s2
Metallarning fizik xossalari:
Zn- zangori – kumushrang metall,mo`rt,oson suyuqlanuvchan.
Cd – kumushsimon – oq metall,yumshoq,
Zaharli.
Hg – oddiy sharoitda suyuq kumushsimon-oq metall.Uning ozgina bug`I odamni zaharlashi mumkin.

Kimyoviy xossalari:


1. 2Zn + O₂ = 2ZnO Zn + Cl₂ = ZnCl₂
2. Zn +2HCl =ZnCl₂
3.Zn + H₂SO₄(k) = ZnSO₄ +SO₂↑ + ( +S+H₂S) + H₂O
4.Hg + H₂SO₄(k) = HgSO₄ +SO₂↑ + H₂O
5.Zn + CdSO₄ = ZnSO₄ + Cd
6.ZnCl₂ + KOH = Zn(OH)₂ + KCl
7.Hg(NO₃)₂ + KOH =KNO₃ + HgO↓ + H₂O





Rux (lotincha: Zincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.

TARIXI.Qadimda mis parchasini rux karbonat va koʻmir bilan birga qizdirib jez tayyorlashgan. Rux dastlab Hindistonda olingan.[3] Yevropada 17-asrda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagan. Hozirda Oltoy, Shimoliy Kavkaz, AQSH, Avstraliya, Polsha va boshqa mamlakatlarda yirik rux konlari bor.
TABIATDA UCHRASHIY.er poʻstidagi miqdori (0,0075 foiz) boʻyicha rux boshqa elementlar orasida 24-oʻrinda turadi. Odatda rux rudalari — polimetallardir. Ular tarkibida ruxdan tashqari mis, qoʻrgʻoshin, kadmiy va boshqa metallarning minerallari ham boʻladi. Ruxning muhim minerali sfalerit — aldama rux ZnS boʻlib, u sulfidli rudalar tarkibiga kiradi.
OLINISHI.Rudalardan metall ruxni ajratib olish uchun pirometallurgiya va gidrometallurgiya jarayonlaridan foydalaniladi. Rudani kuydirib pirometallurgik usulda ajratilgan rux oksidi uglerod yordamida qaytariladi.


Jarayonning harorati 1000 °C dan yuqori boʻladi va bugʻ holida olinadi. Oksidlanish germetik issiqqa chidamli retortada olib boriladi. Hosil boʻlgan rux bugʻlari kondensatorlarda choʻktiriladi, ulardan vaqti-vaqti bilan suyuq rux olinadi. Gidrometallurgik usuldan foydalanilganda kuydirishdan keyin qolgan qoldiqqa sulfat kislota taʼsir ettiriladi:

Eritma qoʻshimchalardan (temir, mis, kadmiy) tozalanadi va rux elektroliz yordamida ajratib olinadi. Bunda sulfat kislota qayta tiklanadi:

Rux — kuchli metall yaltiroqligiga ega boʻlgan koʻkimtir rangli metall. Nam havoda rux oksid parda bilan qoplanib asta-sekin yaltiroqligini yoʻqotadi. Rux — oʻrtacha qattiqlikdagi metall. Uning zichligi 7,13 g/sm3. Toza metall nisbatan plastik, oson yassilanib yupqa folʼga hosil qiladi.Texnik rux oddiy haroratda moʻrt boʻladi, lekin 100—150 °C da plastik boʻlib qoladi. Bunday sharoitda uni bolgʻalash mumkin. 200 °C dan yuqori haroratda u yana moʻrtlashadi va qirilganda kukun holatiga oʻtadi. Bunday oʻzgarishlar juda past haroratda ham kuzatiladi.Rux oson suyuqlanadi (suyuqlanish harorati — 419,4 °C) va uchuvchan metallar qatoriga kiradi. Ruxning qaynash harorati — 905,7 °C. Uning issiqlik oʻtkazuvchanligi kumushning issiqlik oʻtkazuvchanligiga nisbatan 60 % ni tashkil etadi, elektr oʻtkazuvchanligi boʻlsa toʻrt baravarga kam.


Kadmiy (lot. Cadmium), Cd — Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.



Kadmiyni 1817-yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi ("Kadmeia") bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy — siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy — kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320,9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy HCl, H2SO4 da, ayniqsa, HNO3, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.






Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish