4. Kaliy (yoki natriy) nitrit KNO2, NaNO2 lar ham I- anionini kislotali muhitda erkin yodgacha oksidlaydi.
2KI+2KNO2+2H2SO4 = I2+2NO↑+2K2SO4+2H2O
Kaliy yodid eritmasining 1-2 tomchisiga shuncha KNO2 eritmasidan qo`shiladi, H2SO4 ning 2N eritmasi bilan aralashma kislotali muhitga keltirilib, so`ng 1-2 tomchi kraxmal eritmasidan qo`shiladi. Erkin I2 hosil bo`lishi hisobiga kraxmal ko`karadi (kraxmal o`rniga benzol yoki benzin ishlatilsa, binafsha rang hosil bo`ladi).
Reaksiyani bajarish sharoiti:
- tajriba sovuqda kuchsiz kislotali muhitda o`tkaziladi, chunki isitilganda yod-kraxmalli eritma rangsizlanadi;
- Br ionlari ayni sharoitda nitritlar ta`sirida oksidlanmaydi;
- erkin yod tomonidan oksidlanadigan qaytaruvchilarni bo`lishi reaksiyaga halaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |