Bromid anioni Br- ni topish. Cho`kma (II) ga 4-5 tomchi H2SO4 ning 2N eritmasidan qo`shiladi va oz miqdorda rux kukuni solinadi. Bunda AgBr va AgI pyx metali ta`sirida
parchalanib, Br- va I- anionlari eritmaga o`tadi. Probirkani ichidagisi bilan suv hammomida isitiladi. Cho`kma(III) (ortiqcha rux va kumush metali) ni sentrifugada ajratib olinadi va tekshirilmay tashlab yuboriladi. Sentrifugat (III) ni ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismidan Br ioni topiladi. Bromid ion xlorli suv yordamvda I- ioni ishtirokida topilishi mumkin, chunki yod ortiqcha xlor ta`sirida rangsiz IO3- anionigacha oksidlanishi mumkin.
Birinchi qism eritmaga xlorli suv qo`shilib, 3-4 tomchi benzol solib chayqatiladi. Natijada benzol qavati ajralib chiqqan brom ta`siridan qizil-qo`ng`ir tusga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |