Yodid anioni I- ni topish. Sentrifugat (III) ni ikkinchi qismidan I- ioni topiladi. Probirkadagi eritmaga kraxmal eritmasi, KNO2 eritmasi va sirka kislota eritmasidan 2 tomchidan tomiziladi. Eritmaning ko`k rangga bo`yalishi tekshirilayotgan anionlar aralashmasi tarkibida I- anioni borligini ko`rsatadi.
Birinchi va ikkinchi guruh anionlari aralashmasini sistematik analiz qilish tartibi
Tekshirilayotgan eritmaning (pH=9-10) ayrim ulushiga tomchilatib kaltsiy atsetat eritmasidan oq cho`kma hosil bo`lguncha qo`shiladi. Probirkani suv hammomida isitilsa cho`kma hosil bo`lishi tezlashadi.
Cho`kma sentrifugada ajratiladi.
Cho`kma I CaCO3, CaSO3, CaSiO3, Ca3(PO4)2
|
Sentrifugat I SO42-, S2-, S2O32- CI-, Br-, J-
|
Cho`kma(I)dan SO32-, CO32-, SiO32-, PO43- ionlari topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |