3. Ammoniy tuzlari (NH4C1, (NH4)2SO4, (NH4)2CO3) silikatlar eritmalariga ta`sir ettirilganda silikat kislotaning iviqsimon cho`kmasi hosil bo`ladi. Suvli eritmalarda silikatlar oson gidrolizlanadi:
Na2SiO3 +2H2O =H2SiO3+2NaOH
Qo`shiladigan ammoniy tuzi gidroliz mahsulotlaridan biri - natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishadi.
NH4Cl+NaOH = NH4OH+NaCl
Shu sababli gidroliz muvozanati silikat kislotani hosil bo`lishi tomoniga siljiydi, ko`p miqdorda H2SiO3 ni hosil bo`lishi cho`kma tushishiga olib keladi.
Na2SiO3+2H2O+2NH4Cl = H2SiO3+2NaCl+2 NH4OH
Probirkaga 4-5 tomchi natriy silikat Na2SiO3 eritmasidan solib, 4-5 tomchi distillangan suv qo`shiladi va ammoniy xlorid NH4Cl qristallaridan 2-3 dona solinadi, so`ng suv hammomida isitiladi. Natijada silikat kislotaning iviq cho`kmasi hosil bo`ladi.
Tajribani o`tkazish sharoiti:
eritmani isitish gidroliz jarayoni borishiga imkoniyat beradi va cho`kma ajralishini jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |