Laboratoriya ishi №1 Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari


I guruh anionlari aralashmasini analiz qilish tartibi



Download 1,09 Mb.
bet86/149
Sana31.12.2021
Hajmi1,09 Mb.
#273443
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
Bog'liq
2 5310108328515341719

I guruh anionlari aralashmasini analiz qilish tartibi

I guruh anionlari uchun muhim bo`lgan analitik reaksiyalarning natijalari 17-jadvalda keltirilgan. Bariy xlorid BaC12 bu guruh anionlarining umumiy guruh reagenti bo`lib, bu anionlar guruh reagenti ta`sirida oq qris­tallik cho`kmalar hosil qiladi.


I guruh anionlarining reaksiyalari

17- jadval




Reagentlar

Anionla r



SO42-

SO32-

S2O32-

CO32-

PO43-

SiO32-

BaC12 Neytral yoki kuchsiz ishqoriy

muhit


Cho`kmaning HCIra munosabati

Oq cho`kma BaSO4
erimaydi

Oq cho`kma BaSO3
eriydi

Oq

cho`kma BaS2O3


eriydi

Oq cho`kma BaCO3
eriydi

Oq

cho`kma BaHPO4


eriydi



Oq

cho`kma BaSiO3


parchalanadi


Magnezial aralashma MgCl2+NH4OH+NH4C1

-

-

-

-

Oq

cho`kma


MgNH4PO4

Oqcho`kma

MgSiO3



Molibden suyuqligi (NH4),MoO4 +HNO3

-

-

-

-

Sariq

cho`kma

(NH4)3H4

[P(Mo2O7)6]



-

Kislotalar

-

SO2 ajra-lib chiqadi

SO2+S ajra-lib chiqadi

CO2 ajralib chiqadi

-

H2SiO3

cho`kmaga tushadi.



Ammoniy tuzlari NH4C1,

(NH4)2SO4



-

-

-

-

-

H2SiO3

cho`kmasi



Fuksin

-

Qizil rangni rang-sizlan-tiradi

-

-

-

-

Anionlarni aralashma tarkibidan topishda ularning o`ziga xos analitik reaksiyalaridan foydalaniladi.



Dastavval, eritmada birinchi guruh anionlari borligi guruhning umumiy reagenti BaC12 ta`sirida tekshiriladi. Tekshirilayotgan neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitga keltirilgan eritmadan 3-5 tomchi olib, ustiga 5-7 tomchi BaC12 ning 0,5N eritmasidan qo`shiladi. Oq cho`kmaning hosil bo`lishi birinchi guruh anion­lari borligini bildiradi.

1. Sulfat ion SO42- ni topish. Tekshirilayotgan erit­madan 4-5 tomchi olib, ustiga HNO3 ning 2N eritmasidan 6-8 tomchi va BaC12 ning 2N eritmasidan 3-4 tomchi qo`shiladi. Oq kristall cho`kma hosil bo`lishi va bu cho`kmaning xlorid kiclotada erimasligi SO42- anioni borligidan dalolat beradi.

2. Sulfit ion SO32- ni topish. Probirkaga tekshiri­layotgan aralashma eritmasidan 4-5 tomchi olib, 2-3 tomchi HC1 ni 2N eritmasidan qo`shiladi. So`ng shu pro­birkaga kraxmal bilan ko`k tusga kiritilgan yod erit­masidan bir necha tomchi qo`shiladi. Eritmani rangsizlanishi tekshirilayotgan eritmada SO32-anionlari bor­ ligini ko`rsatadi.

  1. Tiosulfat ion S2O32- ni topish. Tekshirilayotgan erit­madan 2-3 tomchi olinadi va unga temir (III)-xlorid erit­masidan 1-2 tomchi qo`shiladi. To`q-binafsha rang hosil bo`lishi S2O32-borligini ko`rsatadi.

  1. Karbonat anion CO32 ni topish. Tekshirilayotgan eritmada S2O32-, SO32- ioni borligi ma`lum bo`lsa, unda bu anionlarni sulfat ion SO42- gacha oksidlash lozim, buning uchun tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushiga 4-5 tomchi vodorod peroksid (8-10% ni eritmasi) qo`shilib, suv hammomida ohista isitiladi. Shundan so`ng isitilgan eritmaga xlorid kiclotaning 2N eritmasi­dan 6-8 tomchi qo`shiladi va chiqayotgan gaz CO2 ohakli suvdan o`tkaziladi. Ohakli suvning loyqalanishi karbo­nat ion CO32- ishtirokini ko`rsatadi.

  1. Silikat ion SiO32-ni topish. Probirkaga tekshiri­layotgan eritma ulushi (6-8 tomchi)dan solamiz, unga NH4C1 kristallaridan bir nechtasini tashlaymiz va ohista isitamiz. Oq iviqsimon cho`kmaning hosil bo`lishi, SiO32- ani­oni borligidan dalolat beradi.

  1. Fosfat ion PO4­­­3- ni topish. Probirkaga ammoniy molibdat (NH4)2MoO4 eritmasidan 7-8 tomchi solinadi va ustiga HNO3 ning 6N eritmasidan 6-7 tomchi qo`shiladi. Hosil bo`lgan aralashmaga tekshirilayotgan eritmadan 5-6 tomchi tomizilib, ozgina isitiladi. PO43- anionlari bo`lsa ammoniy molibdatfosfatning sariq cho`kmasi hosil bo`ladi.



Laboratoriya ishi №12

II – ANALITIK GURUH ANIONLARI

Cl-, Br-, J-, S2-

II – guruh anionlarining umumiy xarakteristikasi

Anionlarning ikkinchi analitik guruhiga xlorid-ion Cl-, bromid-ion Br­­­­­­­-, yodid-ion J-, sulfid-ion S2- va ba`zi bir boshqa anionlar kiradi.

Bu anionlar Ag+ kationlari bilan suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Ikkinchi guruh anionlarining umumiy guruh reagenti nit­rat kislota ishtirokidagi kumush nitrat AgNO3 hisoblanadi. I guruh anionlarining ko`pchiligi ham kumush nitrat bilan suvda erimaydigan tuzlar hosil qiladi, biroq ularning hammasi nitrat kislotada eriydi va ikkinchi guruh anionlarini topishga halaqit bermaydilar. Bariy xlorid ikkin­chi guruh anionlari bilan cho`kmalar hosil qilmaydi. Shu sababli, II gurux anionlari birinchi guruh anionlaridan farq qilib, BaC12 ta`sirida cho`ktirilmaydi.

Ikkinchi guruh akionlaridan ba`zilari biologiya va qishloq xo`jaligida ma`lum darajada ahamiyatga egadirlar.

Xlorid-ion doimo tabiiy suvlar tarkibida bo`ladi. Tuproq tarkibidagi suvda ham xlor ioni birikmalari bo`ladi. Yuqori qatlamida 2% tuzlar saqlovchi tuproqlar sho`rlangan hisoblanib, bunda ko`pincha xloridli sho`rlanish kuzatiladi. Asosan NaCl, CaC12, MgCl2 tuzlari hisobiga sho`rlanish bo`ladi.

Sut emizuvchi hayvonlar oshqozon suyukligi tarkibida xlorid kislota bo`lib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim vazifani bajaradi.

Bromidlar markaziy asab sistemani tinchlantirish xossasiga ega.

Yod birikmalari o`simliklar va hayvonlar organizmlari tarkibiy qismiga kiradi. To`qimalarda yod ioni yodorganik birikmalar holida bo`lib, ayniqsa, halqonsimon bezda yod ko`proq bo`ladi. Tabiiy suvlarda va o`simliklar oziqlarida yod etishmasligi insonda bo`qoq kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

Sulfidlar va vodorod sulfid tabiatda oqsil moddalarning chirishi (parchalanishi) hisobiga hosil bo`ladi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish