«Labguldoshlar Lamiaceae L. oilasi ayrim dorivor vakillarining bioekologiyasi»



Download 3,77 Mb.
bet28/34
Sana06.07.2022
Hajmi3,77 Mb.
#750838
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
Zuxuridin ilmiy tadqiqot ishi

Royl mallachoyi-Lallemantia Rogleana (Wall.) Bnth. Bir yillik, oddiy, poyali asosidan shoxlangan, balandligi (5)-10 -25-60 sm. Barglari ellipssimon, asosi keng ponasimon, bandlari yaprog‘idan ikki bora uzun. Gullari yo‘g‘on bandli boshoqsimon. Kosachasi 7-8 mm uzunlikda, momiq tuklangan, qalqonsimon o‘tkir tishchali. Tojibarglari binafsha rangda, tashqi tomoni momiq tuklangan, kosasidan oz-moz uzunroq, yong‘oqchasi uch qirrali, tuksiz tekkis, to‘q qo‘ng‘ir 2.75 mm uzunlikda. Aprel-iyul oylarida gullab, may iyulda urug‘lari yetiladi.
Cho‘l hududlaridan to tog‘larning o‘rta mintaqaiarigacha bo‘lgan joylarda o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
Yetilgan urug‘idan tayyorlangan qaynatmasi siydik haydovchi va balg‘am ko‘chiruvchi, oshqozon va ichaklardagi xastaliklarga qo‘llaniladi.

Oq lamium (oq par, oq yasnotka)-Lamim album L. Ko‘p yillik, poyalari ildiz poyali, kam shoxlangan, balandligi 25-70 sm. Barglari tuxumsimon, uchli, asos qismi yumoloq, ostki barglari tutqichli, yuqoridagilari o‘troq. Gullari o‘troq, yuqori barg qo‘ltig‘ida qalqonsimon joylashgan. Kosachasi tishchalari bilan birga uzunligi 15 mm, tuksiz, tikansimon. Tojbarglari oq, tashqi tomoni tuklangan, 20-22 mm uzunlikda, egilgan. Yong‘oqlari teskari tuxumsimon o‘tkir uch qirrali 2.5 mm uzunlikda. Iyulda gullab, avgustda urug‘lari yetiladi.


Tog‘larning o‘rta mintaqasida nam joylarda o‘sadi. Toshkent, Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan.
Yurak xastaliklari, nafas yo‘llari yallig‘lanishida, taloq xastaliklarida ekzema, eshakemida, yaralarni davolashda qo‘llaniladi.

Turkiston arislonquyrug‘i-Leonurus turkestanicus V.Krecz.et, Kuprian.


Ko‘p yillik, poyasi ko‘p sonli tik o‘suvchi, yuqori qismidan shoxlanuvchan, mayda tuklangan, 40-50 sm balandlikda. Barglarining ko‘rinishi doirasimon besh panjali bo‘laklarga bo‘lingan. Gullari o‘troq, kam sonli halqasimon joylashgan. Kosachasi 8-9 mm uzunlikda, kalta tuklangan, uzun uchlari tikanga aylangan. Tojbarglari pushti-qizg‘ish, tashqi tomoni tuklangan 12-13 mm uzunlikda. Yong‘oqchali mevasi ochiq qo‘ng‘ir, o‘tkir uch qirrali. Iyun-iyul oylarida gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari yetiladi.
Tog‘larning o‘rta mintaqalarida nam, shag‘alli tuproqli joylarda o‘sadi.
Toshkent, Smarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan.
Yer ustki qismi tarkibida flavonoidlar (rutin, kversetin va kvinkvelozid), alkaloidlar, efir moyi vitamin C, karotin, oshlovchi va moddalar bor. Dori preparatlari damlamasi, surmasi (nastoykasi) va Suyuq ekstrakti tinchlantiruvchi vosita sifatida qon bosimi oshishi, asabiylanish va ba’zi yurak kasalliklari, yurak nevrozida hamda kardiosklerozni davolash uchun qo‘llaniladi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish