«Labguldoshlar Lamiaceae L. oilasi ayrim dorivor vakillarining bioekologiyasi»



Download 3,77 Mb.
bet1/34
Sana06.07.2022
Hajmi3,77 Mb.
#750838
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Zuxuridin ilmiy tadqiqot ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

5140100 – Biologiya yo’nalishi 19.58 - guruh talabasi


Jo`rayev Zuxuridin Najmidin o`g`lining




«Labguldoshlar Lamiaceae L. oilasi ayrim dorivor vakillarining bioekologiyasi»
mavzusidagi
ILMIY TADQIQOT
ISHI

Ilmiy rahbar: biologiya kafedrasi


katta o`qituvchisi M. X. Akbarova
Farg’ona-2021


MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………………………4
I Bob. Botanik tadqiqotlarning qisqacha tarixi, tadqiqot ob’ekti va metodlari
1.1 Botanik tadqiqotlarning qisqacha tarixi……………………………………….11
1.2 Tadqiqot ob’ekti va metodlari
1.2.1 Tadqiqot ob’ekti…………………………………………………………….15
1.2.2 Tadqiqot metodlari………………………………………………………….15

II BOB. O`ZBEKISTONDA TARQALGAN YALPIZDOSHLAR –LAMIACEAE L. OILASI O‘SIMLIKLARINING SISTEMATIK TARKIBI


2.1. Lamiaceae oilasining umumiy tavsifi ……………………………………….19
2.2. Lamiaceae oilasining tur va turkumlar aniqlagichi…………………………..43
III BOB. LAMIACEAE OILASI SHIFOBAXSH VA DORIVOR TURLARNING BIOEKOLOGIK XOSSALARI
3.1. Lamiaceae oilasi o‘simliklari tarkibi…………………………………………56
3.2. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar konspekti va tahlili…….69
XULOSALAR……………………………………………………………………84
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..87
ILOVALAR………………………………………………………………………92


KIRISH
Ilmiy tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda dunyoda 500 mingga yaqin yuksak o‘simliklar ma’lum bo‘lib, ularning 5% farmakologik faolligi aniqlangan dorivor turlar hisoblanadi. Hozirda mavjud farmakologik preparatlarning 60% dorivor o‘simliklardan olinsada, ko‘pgina turlarining xom ashyosi yetarli emas. Shunga ko‘ra, farmatsevtika sanoatini xomashyo bilan ta’minlash uchun istiqbolli dorivor turlar resurslarini aniqlash va ularni etishtirish yo‘llarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hozirda respublikamizda dorivor o‘simlik turlarini inventarizatsiyalash, resurslarini baholash va mahalliy o‘simlik xom ashyolari asosida tabiiy dori vositalari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida «... farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholini va tibbiyot muassasalarini arzon, sifatli dori vositalari bilan ta’minlash» vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, Lamiaceae oilasining ayrim dorivor o`simliklari bioekologik xususiyatlarini asoslash, tabiiy zahiralari baholash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi PF-5032-son “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmoni, 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son «Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2911-son «Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda maxkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu bitiruv malaka ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
O‘zbekiston Prezidentining Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son farmonida dori vositalari ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni yanada joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazilishini tashkil etish belgilab berilgan.
Shundan kelib chiqqan holda tabiiy o‘suvchi dorivor o‘simliklarning ham xomashyo zahirasi chegaralangan bo‘lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, xom-ashyo zahirasidan to‘g‘ri foydalanish va ko‘paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chikish dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatining ehtiyojlarini dorivor o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash, mahalliy florani yangi introdutsent o‘simlik turlari bilan boyitish va ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish zarur.
O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar soni qariyb 4150 ga yetdi. Shulardan 577 tasi shifobaxsh xususiyatga ega. Bular orasida Respublikamiz endemik 390 turi bo‘lib, ular bebaho milliy boyligimiz hisoblanadi.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ilmiy tabbiyotda va halq tabobatida 120 mingdan ortiq o‘simliklar turlari ishlatiladi. Jumladan O‘zbekiston florasida 1000 dan ortiq turlarning dori–darmonlik xususiyatlariga ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
O‘simliklar dunyosi – tabiatning insoniyatga bergan bitmas-tuganmas ehsoni, manbai. Shuning bilan birga, u ham o‘ziga xos bir dunyodir. Ana shu dunyo insoniyatni boqish uchun oziq-ovqat, kiydirish uchun kiyim-kechak, salomatligi uchun dori-darmon, xullas insonning yashashi uchun nimaiki zarur bo‘lsa, ana shu narsalarni muhayyo qilish uchun zamonu makonda hoziru-nozirdir.
Insoniyat qadim zamonlardan beri har xil kasalliklarni davolashda turli ko‘kat, meva, rezavor o‘simliklardan foydalangan. Miloddan ancha oldin Misr, Xitoy, Xindiston va Turon zaminida dorivor o‘simliklardan foydalanilganliklari to‘g‘risida yozilgan qo‘lyozmalar paydo bo‘lgan.
Qadimiy Turkistonning buyuk allomalari Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziylar har xil dorivor o‘simliklar bilan bemorlarni muvaffaqiyatli davolaganlar. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida ta’riflangan dorivor o‘simliklarning 396 turidan 165 tasi hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llanilmoqda.
Kimyo fanining nihoyatda taraqqiy qilishi, ayniqsa yangi kimyoviy birikmalar, jumladan sintez qilish yo‘li bilan olinayotgan tez va yaxshi ta’sir etuvchi dorilar ko‘paygani bilan dorivor o‘simliklar o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q, aksincha ularga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda.
Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlarning qariyb 50 foizi o‘simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Tabobatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan alkaloidlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham o‘simliklardan olinadi, yana turli dorilar, preparatlar va vitaminlarga boy konsentratlar tayyorlanadi.
Respublika hukumati ba’zi bir yovvoyi o‘simlik turlarini yig‘ishni tartibga solish maqsadida shifobaxsh o‘simliklardan bir qancha turini O‘zbekiston «Qizil Kitobi» ga kiritishga qaror qildi.
O‘zbekiston «Qizil Kitobi»ga kiritilgan bu o‘simliklar orasida viloyatimizning yovvoyi holda o‘sadigan bir qancha o‘simlik turlari ham bor.
Respublikamiz rang-barang yovvoyi o‘simliklardan insonlar sog‘ligi manfaati yo‘lida oqilona foydalanish va ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish Respublika olimlari va keng jamoatchilik oldidagi eng muhim dolzarb vazifalardan biridir. Farg`ona vodiysi xalq va ilmiy tibbiyotida ishlatiladigan shifobaxsh o‘simliklarning tabiiy boyligi jihatidan yurtimizda salmoqli o‘rinni egallaydi.
Farg`ona vodiysining yovvoyi va shifobaxsh o‘simliklari xomashyo nuqtai nazaridan hanuzgacha yetarli darajada o‘rganilmagan. Inson o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ko‘pgina narsalarni tabiiy holda o‘sadigan o‘simliklardan olib kelayotganligi qadimdan ma’lum.
Farg`ona vodiysida ham keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi va sanoat qurilishi ishlarining jadal sur’atda olib borilishi tabiatga, shu jumladan o‘simliklar olamiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa juda kam uchraydigan endem va relikt turlar o‘sadigan sharoitlar o‘zlashtirilishi natijasida ular tez orada qurib tuman hududidan butunlay yo‘qolib ketish xavfi tug‘ilmoqda.
Farg‘ona vodiysi o‘simlik qoplamlarini uzoq yillar davomida o‘rganilishiga qaramay, vodiy florasining hozirgi holati, ro‘yxati, uning tarkibi, tarqalishi va tabiiy populyasiyasi holati haqida ma’lumot yo‘q. M.M. Arifxanovaning geobotanik tadqiqotlari davomida flora tarkibi bo‘yicha keltirgan ma’lumotlari (2625 tur) ancha eskirgan.
Mahalliy floristik izlanishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomidagi bir qator izlanishlar hisobga olinmaganda, floraning alohida komponentlariga, oilasiga (misol uchun, polimorf) yoki hayot formasining yetakchi guruhlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan. Ishning dolzarbligi shundaki, Farg`ona vodiysi o‘simliklar qoplamida uchraydigan Lamiaceae oilasi vakillarini imkon darajada o‘rganib, shulardan dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarni aniqlash, ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati va xalq tabobatida qo‘llanilishini hamda madaniylashtirish istiqbollarini o‘rganishdan iboratdir.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish