Kuchkarov M.A. -69- Anorganik kimyo
oksidlovchilar; kislorod,
zar suvi, nitrat kislota ta'sir etib, uni CO
2
ga qadar
oksidlaydi. Grafit olmosga nisbatan kimyoviy ta'sirlarga chidamsiz.
Sanoatda
uglerodning metallar bilan birikmalari - karbidlar katta ahamiyatga ega. Metallar
bilan uglerod faqat yuqori haroratda reaksiyaga kirishadi. Aktiv metall
karbidlaridan amalda eng ko‘p uchraydigani CaC
2
. U kalsiy oksidi va ko‘mir
aralashmasini elektr toki yordamida qizdirish natijasida hosil bo‘ladi:
CaO + 3C = CaC
2
+ CO
Kalsiy karbid suv bilan reaksiyaga kirishib muhim
uglevodorodlardan biri
- asetilenni hosil qiladi.
CaC
2
+ 2H
2
O = Ca(OH)
2
+ C
2
H
2
Aluminiy karbidi suv bilan reaksiyaga kirishganda metan hosil bo‘ladi:
Al
4
C
3
+ 12H
2
O = 4Al(OH)
3
+ 3CH
4
Karbidlar kimyoviy xossalari jihatidan uch gruppaga bo‘linadi.
1) Suv yoki suyultirilgan kislotalar ta'sirida parchalanadigan karbidlar
(ularning eng muhim vakili kalsiy karbiddir). Bunday karbidlarni metallarning
kuchlanish qatorida Al dan oldin turgan aktiv metallar hosil qiladi.
2) Suv hamda suyultirilgan kislotalar ta'sirida
parchalanmaydigan
karbidlar. Bu gruppa karbidlariga Al va Be karbidlari kiradi.
3) Bu gruppacha parchalanganda turli modda hosil qiladigan karbidlar
kiradi. Ularga lantanoidlar va marganes karbidlari misol bo‘la oladi.
Uglerod kislorod bilan uchta oksid hosil qiladi: a) uglerod (II)-oksid CO
(yoki monooksid), b) uglerod (IV)-oksid CO
2
(yoki dioksid), va v) uglerod
suboksid C
3
O
2
. Uglerod (IV)-oksid CO
2
(uni karbonat angidrid deb yuritiladi),
uglerodning kislorod atmosferasida to‘liq yonishidan hosil bo‘ladi.
Tabiatda CO
2
organik moddalarning chirishi, bijg‘ishi va kuyishi kabi sust oksidlanish
prosesslari natijasida hosil bo‘ladi.
Pista ko‘mirning sirti katta bo‘ladi va shu sababli eritmalardan ko‘pgina
gazlarni, bug` va moddalarni yaxshi yutadi. Moddalarning o‘z
sirtiga boshqa
moddalarni yutish xossasi adsorbtsiya deyiladi.
Pista ko‘mirda juda ko‘p mayda g`ovak bo‘ladi, shuning uchun uning sirti
nihoyatda katta. Ko‘mir havosiz joyda qizdirilsa, masalan, suv bug`i oqimida
qizdirilsa, uning sirti ancha ortadi. Shu usulda ishlov berilgan ko‘mir aktivlangan
ko‘mir deyiladi; u juda aktiv adsorbent (yutuvchi) dir.
Ko‘mir ayniqsa past temperaturada gaz va bug`larni yaxshi yutadi.
Masalan, 1
sm
3
aktivlangan ko‘mir 15°S va atmosfera bosimida 494
ml
xlorni yoki
178
ml
ammiakni yuta oladi. Qizdirilganda bu moddalar
yana qaytadan ajralib
chiqadi; bunda desorbtsiya hodisasi sodir bo‘ladi.
Ko‘mirning adsorblash xossalari ko‘pchilik moddalarni turli xil bo‘yoq va
zararli qo‘shimchalardan tozalashda, zaharli bug` va gazlarni yuttirishda,
shuningdek,
qimmatli erituvchilar, masalan efir, benzol va boshqalarning bug`ini
tutib qolishda foydalaniladi. Ma`lumki, aktivlangan ko‘mirdan ulug` rus
kimyogari H.D.Zelinskiy protivogaz yaratish paytida foydalangan. Berilgan
ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi tajribalar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: