Nerv markazlari va ularning xossalari
Nerv markazi muayyan refleksni yuzaga chiqarishga yoki ma`lum faoliyatni boshqarishga ixtisoslashgan. U markaziy nerv tizimining boshqa qismlari bilan bog`langan. Shuning uchun nerv markazini miyaning cheklangan qismi, deyish noto`g`ri bo`lar edi.
Oddiy neyronlar zanjirida ro`y beradigan hodisa va jarayonlarni nerv markazida ham kuzatish mumkin. Bularga divergensiya, konvergensiya, summatsiya va boshqalar kiradi. Nerv markazlarining o`ziga xos xossalari ham bor. Ulardan ba`zilarini ko`rib chiqamiz.
Qo`zg`alishni bir tomonlama o`tkazish. Qaysi refleks yoyini olmang, unda qo`zg`alish faqat afferent tola bo`ylab markazga keladi va efferent tolaga o`tadi. Efferent neyrondan qo`zg`alish hech qachon afferent neyronga o`tmaydi. Neyronlarni refleks yoyiga ulab turgan kimyoviy sinapslar qo`zg`alishni faqat bir tomonlama, presinaptik membranadan postsinaptik membranaga o`tkazadi.
Qo`zg`alishni to`xtatib o`tkazish. Nerv markazining bu xossasi ham sinnaps faoliyatiga bog`liq. Afferent tola bo`ylab yuqori tezlikda o`tayotgan impulslar markazga kelib ma`lum vaqtga to`xtab qoladi. Chunki markazda qo`zg`alish bir yoki bir nechta sinapsdan o`tishi kerak. Qo`zg`alishning sinapsdan o`tishi quyidagi uchta asosiy jarayondan iborat. Nerv oxirlariga yetib kelgan impulslar ta`sirida mediator ajraladi. Mediator sinaps yorig`idan o`tib, postsinaptik membranaga ta`sir qiladi va bu membrananing ion o`tkazuvchanligini o`zgartirib, qo`zg`atuvchi postsinaptik potensial hosil qiladi. Qo`zg`alishning markaz ichida afferent neyrondan efferent neyronga o`tkaziladigan vaqti refleksning chin yoki markaziy vaqti, deb ataladi. Monosinaptik refleks yoylarida bu vaqt 1,5-2 ms. Polisinaptik reflekslarning markaziy vaqti ikki, uch va bundan ko`p marta oshadi.

Refleksning markaziy vaqti uning umumiy vaqtini bir qismini tashkil qiladi. Refleksning umumiy vaqtiga markaziy vaqtdan tashqari, retseptorning qo`zg`alishi uchun zarur bo`lgan vaqt, qo`zg`alishning afferent va efferent tolalarda o`tkaqilishi uchun ketgan vaqt va ishchi a`zoning latent davri kiradi. Refleks yoyining tuqilishiga ko`ra, refleksning umumiy vaqti 4-5 milli sekunddan 20 sekundgacha bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |