L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-MAVZU. SALOMATLIKNING UMUMIY MUAMMOLARI



Download 5,47 Mb.
bet139/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

13-MAVZU. SALOMATLIKNING UMUMIY MUAMMOLARI


Tayanch tushunchalar: Sog‘lom organizm, kasal organizm, yuqumsiz va yuqumli kasalliklar, bakteriyalar, zamburug‘lar, soda xayvonlar, rikketsiyalar, tviruslar, kokklar, bakillalar, qizanoqq, gripp, poliomelit, ko‘chirish, chin chechak, suv chechak, difteriya, ko‘k yo‘tal, dizinteriya, immunitet.
13.1 Kasalliklarni oldini olish. Salomatlikning ta’rifi. Kasalliklarning sabablari. Mikroblar. Infeksion kasalliklarni oldini olish. Jamoada va uydagi sanitariya. Suvga talablar. Uy tutish gigienasi.
Sog‘lom organizm bu kishi organizmning shunday xolatini, ya’ni uning barcha organlari va sistemalari tashqi muxitning o‘zgarishlariga yaxshi moslasha oladigan, uzida xech qanday o‘zgarish sezmaydigan, normal akliy va jismoniy ish bajaradigan, xech qanday kasallik belgilarini sezmaydigan organizmdir, Cog‘lom organizmning xarakterli belgilari shundaki, u tashqi muxit sharoitlarining xar qanday murakkab o‘zgarishlariga tez moslashishlari bilan birgalikda, ma’lum jismoniy mehnat kobilyatlarini yukotmaydilar. Shunga qaramasdan barcha bolalarning va o‘smirlarning gavda tuzilishi, jismoniy va akliy rivojlanishi chiniqishi bir xil bulavermaydi. Bu esa bolalarning irsiy xususiyatlariga, sotsial va ijtimoiy sharoitlarga va boshqa ta’sir etuvchi sabablarga bog‘liqdir. Yuqorida ko‘rsatilgan sabablar bolalarning yoshi, jinsidan qatiy nazar ularning aqliy va jismoniy rivojlanishi darajasiga ta’sir etadi.
Shuning uchun tarbiyachilar, o‘qituvchilar xar bir bolaning ana shu fiziologik va psixologik xususiyatlariga bilimlariga asoslangan xolda,ta’lim va tarbiyaviy ishlarni olib borish maqsadga muvofikdir.
Biz tarbiyachi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalar bolalar salomatligi uchun qanchalik kurashmaylik barii-bir bolalar ayrim kasalliklar bilan kasallanadilar.
Kasal organizm bu kishi organizmining shunday xolatiki, u tashqi muxit sharoitining ozgina o‘zgarishlariga xam moslasha olmaydi. Natijada, uning akliy va jismoniy ish kobilyati pasayadi yoki butunlay yukoladi. Be’mor tanasining ma’lum qismida og‘riq paydo bo‘lishi, yurak uynashi, nafas qisishi, kungil ozishi, umumiy kuvvatsizlik kabi kasallik belgilaridan shikoyat qiladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi sabablar turlicha bo‘ladi fizikaviy, ximiyaviy, mexanik ta’sirotlar, mikroblar, bakteriyalar viruslar vositasida va boshqalar
Kasalliklar kelib chiqishi sabablariga ko‘ra, yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga bo‘linadi.
Yuqumsiz kasalliklarni kuzg‘atuvchi va tarqatuvchilari bo‘lmaydi. M-n: Sinish, chiqish, bosh og‘rig‘i, xirurglik kasalliklar va boshqalar.
Yuqumli kasalliklarni kuzg‘atuvchi va tarqatuvchilari bo‘ladi. Kasallik tarkatuvchi mikroorganizmlarga: bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, rikketsiyalar, viruslar sabab bo‘ladi. Yukorida ko‘rsatilgan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning kishi organizmga kirishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklariga yuqumli kasalliklar deyiladi.
Bakteriyalar shakli katta kichikligi va xossalari nixoyat xilma-xil bo‘ladigan mikroorganizmlardir. Sharsimon xillari-xonklar, tayoqchasimon xillari – bakillalar deb ataladi. Uzum boshiga o‘xshash, tup -tup joylashadigan koklar stafilakoklar deb ataladi. Bular terining yirilgan kasalliklariga, jaroxatlarni moddalab ketishiga sabab bo‘ladi.
Zamburug‘lar-teri soch, soch va shilliq pardalarida bo‘ladigan kasalliklarni keltirib chiqaradi va shakli, xamda xossalari jixatidan xilma-xil bo‘ladi. M-n: kirma temiratki, zamburug‘i teri va sochlarni shikastlantirsa, mogorasimon zamburug‘i chaqaloq bola tili, xamda tanlayining shilliq pardasini shikastlantiradi.
Sodda xayvonlar-bir hujayrali xayvonlardir. M-n: bir hujayrali plazmodiy bezgakka sabab bo‘lsa, ichak amyobasi-qon aralash ich ketishiga (dizenteriyaning bir turiga) sabab bo‘ladi.
Rikietsiyalar-juda mayda kuzg‘aluvchilar bo‘lib, bular orasida toshlamli tif ko‘zaluvchilari odam uchun xammadan xavfli bo‘ladi.
Viruslar-shu qadar mayda bo‘ladiki, xatto elektron mikroskopda xam xamma vaqt ko‘rinavermaydi. Ular juda zich filtirlardan ham o‘tib ketadi, shuning uchun ham "tutkich bermaydi" va fil’tirlanuvchi viruslar deb ataladi.
Qizanoqq, gripp, paloimielit, ko‘tirish, chin chechak va suv chechak qo‘zg‘aluvchilari filtirlanuvchi viruslar jumlasiga kiradi va hokazo.
Ko‘pchilik kasalliklarda kasal odam yoki hayvon infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik kuzg‘atuvchisi shularning organizmidan fiziologik yul bilan (nafasdan chiqariladigan havo, balgam, siydik, axlati bilan) yoki patologik yul bilan (yo‘talganda, kayt qilganda, jaroxatlar, yaralar va yalliglangan shilliq pardalardan chiqadigan ajratmalar bilan) tashqariga chiqib turadi.
Kasallik avjiga chiqqan davrida yoki kasalliklarni yashirin davrida (qizanoqq,), ayrim xollarda tuzalish davrida (ich terlama, dizenteriya, diafteriya) bemor organizmidan kasallik qo‘zg‘atuvchilari xammadan ko‘p chiqadi.
Ko‘pincha bola yoki katta odam tuzalib ketgandan keyin ham infeksiya manbai bo‘lib kolaveradi. Kasal organizmdan tashqariga chiqqan kasallik qo‘zg‘atuvchisi qisman tashqi muxitda uladi yoki boshqa organizmga tushguncha saqlanib qoladi. Cog‘ organizmga tushgach parazitlik qila boshlaydi.
Infeksion kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarning tarqalish yullari to‘rtta gruppaga ajratiladi: kontakt yuli, havo tomchi, suv-ovqat va tirik jonivorlar orqali tarqalish yullari.
Kontakt yo‘li-bemorga yaqin bo‘lganda kasallikning yukib qolishidir. Bevosita va bilvosita kontakt tafovut qilinadi. Bevosita kontaktda kasallik kug‘atuvchisi kasal organizmdan sog‘lom organizmga tug‘ridan tug‘ri o‘tadi (o‘pishish vaqtida, xayvon tishlaganda, sulagi tushganda va hokazo) bilvosita kontaktda kasallik ro‘zg‘or buyumlari orqali: kitob —daftar, kiyim-bosh va oyoq kiyim almashtirish va boshqa yullar. M-n: Difteriya, ko‘tirish, sil va boshqa kasalliklar bevosita kontakt yuli bilan yuqsa, dizenteriya, ich terlama, difteriya va boshqa kasalliklar bilvosita yul bilan o‘tadi.
Kasallikning havo tomchi usulida tarqalishi kasal odam aks urganda va yutalganda, mayda tomchilar orkali kasallik kuzg‘atuvchilarning yuqishidir. Bularga gripp, difteriya, ko‘k yo‘tal, qizanoqq, shuningdek sil va boshqa kasalliklar yukadi.
Kasalliklar davomiyligiga ko‘ra o‘tkir va surinkalik kasalliklarga bo‘linadi. O‘tkir kasalliklar birdaniga boshlanadi va bir necha kun davom etadi. Surinkali kasalliklar esa, oylab, yillab davom etishi mumkin. Surinkali kasalliklar belgilari yuqolib (kamayib) so‘ng yana qaytalanib turadi. Ko‘pincha surinkali kasalliklar o‘tkir kasallikni vaqtida davolamaslik, tik oyoqda o‘tkazish, dori-darmonlardan foydalanmaslik natijasida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga o‘pka zotiljami, buyrak, jigar kasalliklari. Ba’zi kasalliklar esa boshlanishidan surinkali davom etadi. M-n: Revmatizm, tuberkulyoz kabi kasalliklar.
Kasalliklar yoshga qarab turlicha tarqaladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘prok tug‘ma kasalliklar, o‘pkaning shamollashi, oshqozon — ichakning funksional yoki notug‘ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar ko‘prok uchrasa, maktabgacha yoshdagi bolalarda qizanoqq, ko‘kyutal, tepki, suvchechak, ichburug‘, angina, o‘pka va nafas yo‘llarining shamollashi, gripp kasalliklari ko‘prok; uchraydi. Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarda revmatizm, tuberkulyoz, shikastlanish, buyrakni shamollashi, tosh kasalliklari, jigar va gijja kasalliklari bilan ko‘prok og‘riydilar.
Kasalliklar bolalarning jismoniy o‘sishiga katta ta’sir etadi. Ayniqsa, surinkali uzoq, davom etadigan kasalliklar, ya’ni revmatizm, oshqozon-ichak, jigar va o‘t yo‘llari, buyrak kasalliklari organizm va tukiqamalarda moddalar almashinuvi jarayonini buzadi, kamqonlik kasalligini yuzaga keltiradi, natijada jismoniy rivojlanishi susayadi, bolaning ish kobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Barcha tirik organizmlar (o‘simliklar, xayvonlar) shu jumladan, insonlar xam o‘zini-o‘zi ximoya qilish xossalariga ega. M-n: Ko‘z yoshi suyuqligi, sulak, qon va limfada lizotsim (tabiatan oqsil) moddasi bo‘lsa, odamning toza terisi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga xalokatli ta’sir ko‘rsatadigan lizotsimga o‘xshash modda ajralib turadi, Nafas yullarining shilliq pardasi infeksiyaga javoban shilimshiq ajratib, burtib chiqadi va qizaradi. Unda fagotsitoz yuli bilan oziqlanadigan leykatsitlar ggaydo bo‘ladi va boshqalar. Traxeya, bronx va bronxiollalar qoplab turadigan xilpillovchi epiteliy esa uz kiprikchalarini tebratib, tushib qolgan chang zarrachalarini va mikroblarni tashqariga chiqarib tashlaydi. Sulak, me’da, ichak shiralaridagi fermentlar ham mikrob va bakteriyalarni xalok qiladi.
Immunitet-organizmning turli kasalliklar dan o‘z-o‘zini ximoyalanish uslubidir. Organizmning ximoyalanishi katta rol uynab, tabiiy va sun’iy immunitet farqlanadi.
Tabiiy immunitet tug‘ma, shuningdek, boshdan kechirilgan kasallik tufayli turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Sun’iy immunitet faqat turmushda orttiriltan, shunda xam aktiv yoki passiv bo‘ladi. M-n: agar bolaga chechakka qarshi emlangan bulsa yoki poliomilitga qarshi vaksina berilgan bo‘lsa, bunday xollarning xammasida organizmga zaiflashtirilgan qo‘zg‘atuvchi yuborilgan bo‘lib, organizm kuzg‘atuvchilarga qarshi javoban uzoq davom etadigan immunitet paydo qiladi.
Bolaga tayyor ximoya moddalari bo‘lgan zardop (vaksina) yuborilganda organizm ximoya moddalari ishlab chiqarishda o‘zi ishtirok etmay, qisqa muddat davom etadigan immunitet yuzaga keladi.
Bolalarda ko‘prok uchrab turadigan ayrim yuqumli kasalliklar ustida tuxtaymiz;
Qizanoq-qo‘zg‘atuvchisi filtrlanuvchi virus, havo-tomchi usuli bilan tarqaladi. Havo oqimi bilan bu virus ancha joyga tarqalib, eshik yoki deraza tirqishlaridan qo‘shni xonalarga o‘tishi mumkin. Ammo kasal yotgan uy dezinfeksiya qilinmaydi, shamollatiladi va xo‘l latta bilan artiladi.
Kasallik tumov bo‘lib yutalishidan boshlanadi, keyinchalik bola aks urib, ko‘zidan yosh oqadi va yorug‘likka qaray olmay qoladi, Tana temperaturasi 38-39 gacha ko‘tariladi. Tomoq qizaradi, 4-5 kunga kelib linjlarning shilliq pardasida oqish dog‘lar paydo bo‘ladi. Bolaning yuzi qizanoqq kasalligiga xos ko‘rinishga kiradi. Yuz, ko‘krak, orqa, qo‘l va oyoqlarda yirik-yirik toshma paydo bo‘ladi. Bola lanj bo‘lib ovqat yemay kuyadi. Toshma paydo bo‘lgandan keyin beshinchi kunga kelib qizanoqqning yuqumli davri tugaydi.7-8 kundan keyin kasallik tuzala boshlaydi. Qizanoqqni oldini olish uchun emlanadi. Shu kasal bilan birga bo‘lgan bolalar 21 kun ajratib quyiladi.
Epidemik paratit-tepki kasallik kuzg‘atuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Ko‘pincha 5-15 yoshgacha bolalar kasallanadi. Kasal organizmdan sog‘lom organizmga havo-tomchi yuli bilan o‘tadi. Inkubatsion davri 14-21 kun. Kasallik lanj bo‘lib, birdan temperatura ko‘tariladi, bosh og‘riydi, og‘iz kuriydi, ovqat chaynaganda quloq oldi va jar osti bezlari shishganligi uchun og‘riydi. Kasallik 8-10 kun davom etadi. Bolalar 21 kun ajratib kuyiladi.
Poliomielit — shol kasalligi ko‘zgatuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Inkubatsion davri 2 kundan 35 kungacha davom etadi. Kasallik temperaturaning ko‘tarilishi (38-39), ko‘ngli ozishi, bosh og‘rig‘i, ba’zan qorin og‘rig‘i bilan baholanadi, 3-5 kunga kelib temperatura tushadi va ko‘l oyoq, muskullarida falajlar bo‘lib qolishi mumkin. Naf yulining falaj bo‘lib qolishi o‘limga olib boradi.
Epidemik gepatit-sariq kasalni tarqatuvchisi virusdir. Bu kasallikni virusli ekanligini dastlab rus terapevti S.P.Botkin ko‘rsatib o‘tgan edi. Shu munosabat bilan bu kasallikni Botkin kasalligi deb ham yuritiladi. Inkubatsion davri 2-4 xafta, lekin 50 kungacha emlangan bolalarda 60-90 kungacha bo‘lishi mumkin.
Kasallik kuzg‘atuvchi viruslar jigarni o‘t xosil qiluvchi elementlarini shikastlantiradi. Bu esa jigar strukturasiga ta’sir etadi.
Kasallik biroz temperatura ko‘tarilib, umuman lanj bo‘lish, temperaturaning ko‘tarilishi, ishtahani yuqolishi, qorinning o‘ng tomonida og‘riqni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Avvaliga ko‘zni oqi, badan terisi sarg‘ayadi, ahlat oqaradi. 3-4 xaftalardan keyin asta sekin bu belgilar yuqola boshlaydi. Epidemik gepatit bilan og‘rigan bolalar bir yil davomida emlashdan ozod etiladi.
Difteriya-kasalligi kuzg‘atuvchisi lefler tayoqchasidir. Bevosita kontakt yuli bilan bemorning buyumlari orqali va havodan o‘tadi. Kasallik bolani lanj bo‘lib, temperaturasi 38° ~39° gacha ko‘tariladi, boshi og‘riydi, darmoni kurib, tomogida og‘rik paydo bo‘ladi. Buyin limfa tomirlari bir muncha shishib chiqadi va anginaga o‘xshab qoladi. Kasallikni inkubatsion davri 2-7 kun davom etadi. Bemor kasalxonaga yotqiziladi.
Difteriya aksari tomoq, burun va jig‘ildoqni shikastlantiradi. Kasallik avj olganda unga tushgan kuzg‘atuvchilar ko‘p taqsinlar ishlab chiqarib, nerv sistemasini zaxarlab, yurak muskullarini falaj bo‘lib qolishiga va xatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Ko‘k yutal, difteriya, koksholga qarshi kombinatsiyalashgan vaksina berish yuli bilan difteriyaga qarshi kurashiladi.
Gripp-kuzg‘atuvchisi-qaynatishga bardosh bera olmaydigan virusdir. U nafas yuli orqali organizmga kiradi. Virusli gripp bilan og‘rigan kasal yutalganda va aks urganda atrofga tarqaladi, Inkubatsion davri bir necha soatdan 2-3 kungacha davom etadi.
Gripp kasalligi birdan boshlanadi. Tana temperaturasi ko‘tariladi. Odam lanj bo‘lib, a’zoyi-badani zirqilib og‘riydi.
Dizenteriya-ich burug kasalini tarqatuvchi shaklan tayoqchaga uxshab ketuvchi mikrobdir. Inkubatsion davri 2-7 kun. Kasallik birdan boshlanadi, tana temperaturasi juda ko‘tarilib, et uvishadi, bosh og‘riydi, qorin burab-burab tutadigan og‘riklar paydo bo‘lib, qon va shilliq aralash ich ketadi.
Yuqumli kasalliklarni yashirin davri har xil bo‘ladi. Yashirin davri deb, kasallikni yuqqan vaqtidan boshlab, to organizmda belgi bergancha o‘tgan vaqtga aytiladi. M-n: Ko‘tarish 40 kun, sariq kasal -14 kun, gripp-3 kun, dizenteriya-3 kun, bo‘g‘ma -5 kun, ko‘k yo‘tal-9, qizanoqq -10 kun, tepki-7 kun, poliomoelit–7-14 kun. Kasallikni yashirin davri qancha ko‘p bo‘lsa, uning shuncha ko‘p tarqalishiga imkon to‘g‘iladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish