Suv chechkani tashxislash va davolashning klinik bayonnomasi



Download 190,86 Kb.
bet1/8
Sana16.01.2022
Hajmi190,86 Kb.
#375527
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Suvchechak


Suv chechkani tashxislash va davolashning klinik bayonnomasi

1. Ta’rifi

Suv chechak — o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, Herpesviridae oilasi guruxiga kiruvchi virus orqali chaqiriladi. Xavo-tomchi yo‘li bilan yuqib, sust intoksikatsiya, tana xaroratining ko‘tarilishi va toshma toshishi bilan xarakterlanadi.

Maqsad.


Suv chechak bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashning standart tavsiyanomasini asoslash.

Bajaruvchilar:

Umumiy amaliyot shifokori, infeksionist, xamshira. Kasallik og‘ir kechadigan xollarda – jonlantirish bo‘limi shifokori.

Klinik standartlar - aniq klinik xolatda, kasallikning aniq nozologik shakli, sindromi kechayotgan bemorga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan minimal tibbiy yordam xajmini o‘z ichiga olgan rasmiy tavsiyanoma.

Bayonnoma – rasmiy xujjat bo‘lib, unda bajaruvchilar tomonidan rioya qilinishi shart bo‘lgan protsessual xarakatlar, umumqabul qilingan qoidalar, udumlar va kelishuvlar jamlangan

Nozoologik shakl: Suv chechak

TXT bo‘yicha mos keluvchi kod 10:V01)

V01.0+Meningitli suv chechak (G02.0*)

V01.1+Ensefalitli suv chechak(G05.1*)

Suv chechakdan keyingi ensefalit

Suv chechak vaqtidagi ensefalit

V01.2+Pnevmoniya bilan kechuvchi suv chechak (J17.1*)

V01.8 Boshqa asoratlar bilan kechuvchi suv chechak

V01.9 Asoratlarsiz suv chechak

Davri: xar qanday

Darajasi: xar qanday

2. Tasnifi

Turlariga ko‘ra:

1. Tipik.

2. Atipik:

rudimentar;

— pustulez;

— bullez;

— gemorragik;

— gangrenoz;

— tarqalgan (visseral).

Og‘irligiga ko‘ra:

1. Engil shakli.

2. O‘rta og‘irlikdagi shakli.

3. Og‘ir shakli.

Og‘irlik kriteriysi:

— intoksikatsiya sindromining namoyon bo‘lishi;

— maxalliy o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishi.

Kechishiga ko‘ra:

1. Silliq.

2. Og‘ir:

— asoratlar bilan;

— ikkilamchi infeksiya qo‘shilishi bilan;

— surunkali kasalliklarni o‘tkirlashishi bilan

3. Og‘irlik darajasini baxolash kriteriylari

Engil shakli:

Tana xaroratining 37,5-38,5ºSgacha ko‘tarilishi. Intoksikatsiya belgilari deyarli yo‘q. Toshmalar ko‘p emas.

O‘rta og‘ir shakli:

Tana xaroratining ko‘tarilishi 39ºS gacha. Intoksikatsiya belgilari sust rivojlangan. Toshmalar ko‘p, shilliq qavatlarga xam toshgan.

Og‘ir shakli:

Tana xarorati 39,5- 40ºS gacha. Toshmalar juda ko‘p, yirik, rivojlanishning bir xil darajasida qotib qolgan. Intoksikatsiya belgilari yaqqol namoyon bo‘lgan, kasallikning cho‘qqisida meningoensefalitik reaksiya va talvasa bilan boruvchi neyrotoksikoz bilan kechishi. Bu shakligi tarqalgan, gemorragik, gangrenali, ko‘p xollarda pustulyoz va bullyoz suv chechaklar kiradi.

4. Tashxis kriteriysi

Klinik- epidemiologik ma’lumotlar

Laborator tashxisot shart emas

5. Laborator tekshiruvlarning minimal ro‘yxati

Qon va siydikning umumiy taxlili;

Toshma elementlari yiringlaganda septik o‘choqdan surtma, mikroflorani tekshirish – ko‘rsatmaga ko‘ra;

Sterillikka qon taxlili – ko‘rsatmaga ko‘ra;

Likvor taxlili – seroz meningit, ensefalit, meningoensefalitda.



6. Differensial diagnostika

nozologiya

Inkubats.davr, kun

Prodrom

Toshmalar

joylashishi

SHilliq qavatlarning o‘zgarishi

isitma

Suv chechak

14—21

Kam xollarda skarlatinasimon toshma

Papula, vezikula, qatqaloq

Bosh (soch qismi xam), tana, oyoq-qo‘llarda kamroq

Odatda kuzatilmaydi

yuqori

Belbog‘simon gerpes

7—16

Nerv tomirlari bo‘ylat toshma toshadigan joylarda og‘riq

Papula, pufaklar, qatqaloqlar

Ko‘proq bir tomonlama nerv segmenti soxasida;

Odatda bo‘lmaydi

turlicha

CHin chechak

8—17

Isitma, dumg‘azada og‘riq, skarlatinasimon toshma

Bosqichli o‘zgarishlar: papulalar vezikulalar, chuqurchali pustulalar

Butun badan, avval bosh, keyin tana va oyoq-qo‘llar

sezilarli

Juda yuqori

Bolalar qichimasi




kuzatilmaydi

Qattiq pufaklar, qichish

Ko‘proq tana, dumba, qo‘l-oyoqlar

kuzatilmaydi

kuzatilmaydi

Oddiy gerpes

4—6

kuzatilmaydi

Zich joylashgan pufaklar guruxi, qichish, og‘riq

Ko‘proq lablar, perianal zona, vulva

kuzatilmaydi

kuzatilmaydi xamrox kasalliklarda kuzatiladi

Kontagioz impetigo

3—5

kuzatilmaydi

O‘rta o‘lchamdagi ingichka po‘stloqli pufaklar, keyin qatqaloq

YUz va boshning sochli qismi

kuzatilmaydi

yaqqol

7. Bemorlar murojaat qilganda birlamchi zvenoda (ambulatoriya, QVP) bajariladigan ishlar algoritmi

UASH yoki QVP shifokori kerakli xujjatlarni to‘ldirish bilan bir qatorda patsientning xolatiga adekvat baxo berishi lozim:

- anamnez yig‘ish

- xamrox kasalliklarning borligi

- umumiy ko‘rik (qon bosimini, pulsni, tana xaroratini o‘lchash), fizikal tekshiruvlar

- maxalliy ko‘ruv

Suv chechakning taxminiy tashxisi qo‘yilgandan so‘ng og‘irlik darajasiga ko‘ra davolash ambulator yoki markaziy rayon shifoxonasiga yuboriladi.

8. Bemorlar murojaat qilganda yuqumli kasalliklar shifokorining xarakatlari algoritmi.

Asoratsiz kechganda davolashni uy sharoitida o‘tkazish ma’qul. Noqulay oilaviy sharoitda (asotsial oila, ko‘pchilik bo‘lib yashash, individual parvarish va izolyasiyaning iloji bo‘lmaganda), shuningdek asoratlar bilan kechganda davolash infeksion statsionarda o‘tkaziladi.

SHifokor kerakli xujjatlarni to‘ldirish bilan bir qatorda patsientning xolatiga adekvat baxo berishi lozim:

- anamnez yig‘ish

- xamrox kasalliklarning borligi

- umumiy ko‘rik (qon bosimini, pulsni, tana xaroratini o‘lchash), fizikal tekshiruvlar

-lokal ko‘ruv

-og‘irlik darajasini aniqlash

-adekvat davoni tayinlash

9. Bazisnaya davo

Kasallikning o‘tkir davrida bemor yotoq rejimiga rioya qilishi, ich kiyimi, oyoq va qo‘llarning tozaligiga e’tibor berishi, tirnoqlarni kalta olishi lozim. Teri va shilliq qavatlarni parvarishida vezikulalarni 1% li brilliant ko‘ki eritmasi bilan artiladi. Ich kiyimni kundalik almashtirish tavsiya etiladi.

Togshmalar og‘iz shilliq qavatida bo‘lganda 2%li bikarbonat natriy eritmasi bilan artiladi yoki furatsillinni suvli eritmasi bilan artiladi 1:5000 (0,02%). Jinsiy a’zolar shilliq qavati zararlanganda umumiy vannaga qo‘shimcha ravishda kechqurunga maxalliy vannalar o‘tkazilib, so‘ng zararlangan joylar atsiklovir tutuvchi krem yoki maz bilan surtiladi.

Ko‘z shilliq qavatlari zararlanganda furatsilinnning suvli eritmasi (1:5000) nisbatda yoki achchiq sovutilgan choy bilan yuviladi, keyin atsiklovir tutuvchi krem yoki maz surtiladi.

10. Etiotrop davo

Og‘ir asoratlar bilan kechganda (suv chechakli pnevmoniya va b.), shuningdek immuniteti pasaygan bemorlarda (gematologik bemorlar, VICH-statusli bemorlar va b.) o‘tkaziladi.

Etiotrop davo o‘z ichiga virusga qarshi preparatlarni ichishga yoki vena ichiga yuborishga berishni o‘z ichiga oladi. Atsiklovir va uning analoglari qo‘llaniladi (viroleks, zoviraks, lizavir va b.)

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga asoratsiz kechganda virusga qarshi preparatlar qo‘llanilmaydi.

Atsiklovirni ichishga birinchi 24 soat ichida quyidagi bemorlar kategoriyasiga buyuriladi:

1 yoshdan katta bolalarga terida va o‘pkada surunkali kasalliklari bo‘lganda va kortikosteroidli ingalyasiya olganda yoki uzoq vaqt salitsilatlar kursi qabul qilganda;

12 yoshdan katta bo‘lgan barcha bolalarga nevrologik asoratlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida;

Immunodefitsit xolatli suv chechak bilan kasallangan barcha bemorlarga (VICH- infeksiya, autoimmun va onkogematologik kasalliklar fonidaga immundefitsit xolatlarda) yoshidan qat’iy nazar;

Kasallikning og‘ir shakllarida, jumladan gemorragik;

YAngi tug‘ilgan chaqaloq yoki chala tug‘ilgan bolalarda suv chechakda;

Asab tizimi zararlanishi kuzatilganda (meningoensefalit);

Mikstinfeksiya yuzaga kelganda.

Suv chechakda atsiklovir quyidagi dozada buyuriladi:


Download 190,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish