L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet104/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Qonning oqish tezligi.
Qonning oqish tezligi. Qon ham xuddi daryodagi suv kabi uning tor joyida tez keng joyida esa sekin oqqanidek tomirlarning umumiy yig’indisi tor bo’lgan joylarda tez (arteriyalarda) va keng bo’lgan joylarda (kapillarlarda) juda sekin oqadi.
Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteriyasi, odam tanasidagi hamma arteriyalarning ko’ndalang kesimining yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillarlarning yuzasini umumiy yig’indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta va kapillarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda 1000 martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillarlarda qonning sekin oqishi gazlar almashinuvini ta’minlaydi hamda to’yimli moddalarni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to’qimalardan qonga o’tishini ta’min etadi.
Qonning aylanish tezligi yosh ulg’ayishi bilan sekinlashadi, bu o’z navbatida, tomirlarni uzayishi bilan bog’liq bo’lsa keyingi davrlarda esa tomirlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog’liq. Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlarda oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug’ilgan bolalarda qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to’liq aylanib chiqishi uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda - 15 s, 14 yoshda - 18,5 s dan ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odamlarda qon aylanish vaqti 22 s tashkil qiladi.



    1. Limfa va uning harakati.

Limfa–ichki muhit suyuqliklaridan biri. U qondan kelib chiqadi va maxsus limfa tomirlarida oqadi. Suv va ba’zi moddalar qon kapillyarlaridan hujayralar oralig’iga o’tadi, ko’p qismi yana qonga qaytadi. Filtrlangan suv va unda erigan moddalarning bir qismi limfa kapillyarlariga yig’iladi. Limfa kapillyarlari birlashib, limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari birlashib, oxirida ikkita yirik limfa tomir–ko’krak va bo’yin limfa tomirlari vujudga keladi. Ular orqali tanadan yig’ilgan limfa venalarga tushadi. Limfa tomirlarida suyuqlik bir tomonga – to’qimalardan qonga harakat qiladi.


To’qimalardan oqib ketuvchi limfa biologik filtrlar vazifasini bajaruvchi limfa tugunlaridan o’tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalar va yot zarrachalarni to’tib qoladi.
Limfaning asosiy vazifasi ichki muhitning doimiyligini saqlashdan iborat. To’qimalar oralig’idagi oqsillar limfa orqali qonga qaytariladi. Limfa organizmda suvning qayta taqsimlanishinida, moddalar almashinuvida, sut hosil bo`lishida, ovqat hazm qilish va so’rilish jarayonlarida ishtirok etadi. Limfoid to’qimadan makrofag, limfotsitlarni va antitelolarni qonga yetkazib, limfa organizmning immun reaksiyalarida ham ishtirok etadi. Limfa ishqoriy muhitga ega bo`lgan suyuqlik. Uning pH 7,35-9,0 atrofida. Turli a’zolarda limfa hosil bo`lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan ko’p jigarda hosil bo`ladi. A’zolarning 1 kg massasiga hisoblanganda, bir kecha-kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda – 5-18 ml, taloqda – 3-12 ml, skelet muskullarida–2-3 ml atrofida limfa hosil bo`ladi. Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 ml limfa oqib tushadi. Turli a’zolarda hosil bo`ladigan limfa tarkibida ularning modda almashinuviga bog’liq farq bor. Masalan, jigar limfasi oqsilga boy, ichki sekretsiya bezlarining limfa tomirlaridan olingan limfada garmonlar uchraydi. Ochlikda yirik limfa tomirlaridan olingan limfa deyerli tiniq bo`lib, yog’lar oz bo`ladi. Yog’li ovqat iste’mol qilingandan 3-4 soat o’tgach yug’ilgan limfa yog’ga boyib, sutga o’xshab qoladi.
Qon va to’qima suyuqligidan limfa oqsillar miqdori bilan farq qiladi. Odamning ko’krak limfa tomiridan olingan limfada oqsillarning umumiy miqdori plazmadagi oqsillar miqdorining 60% ini tashkil qiladi. Limfadagi albuminlar miqdori globulinlarnikidan ko’p. Limfada fibrinogen va protrombin ham bor. Shu sababdan u 10-15 minutda ivib qoladi.
Limfada uchraydigan hujayralar miqdori limfa tugunlardan o’tgan-o’tmaganiga bog’liq. Hali limfa tugunidan o’tmagan periferik limfada oz miqdorda limfotsitlar uchraydi. Bir-ikkita limfa tugunidan o’tgan oraliq limfada limfotsitlar soni bir necha marta oshadi. Venalarga quyiladigan markaziy limfaning 1 mm3 da 2000-20000 limfotsit uchraydi. Markaziy limfada hujayralar soni limfa tugunlarida rivojlanib, yetilgan limfotsitlar hisobiga ko’payadi.
Limfada hazm tizimining gidrolitik fermentlari va gormonlarini ham uchratish mumkin.


    1. Download 5,47 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish