L. S. Karieva makroiqtisodiyot


-rasm. Xorijiy valyuta bozorida valyutaga talab va taklif



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

 
12.6.1-rasm. Xorijiy valyuta bozorida valyutaga talab va taklif 
Dollarga bo‛lgan talabning kamayishi D to‛g‛ri chizig‛ida berilgan. Bu shuni 
ko‛rsatadiki, agarda dollar o‛zbekistonliklar uchun arzon bo‛lsa, amerika tovarlari 
ham ular uchun arzon bo‛ladi va bu, o‛z navbatida, ularning amerika tovarlariga 
bo‛lgan talabini oshiradi.
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‛mda belgilangan dollarning qiymati oshadi 
(ya’ni, dollarda belgilangan so‛mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda 
amerikaliklar ko‛proq o‛zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‛ladi. 
Chunki, so‛mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‛z navbatida o‛zbek 
tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‛proq o‛zbek 
tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo‛ladi.
O‛zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSH dollarini valyuta bozoriga 
olib chiqadi, chunki, o‛zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‛mga 
almashtirishadi. Dollarga bo‛lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning 
so‛mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so‛mdagi qiymati oshsa, so‛m qiymatining pasayganligini 
yoki qadrsizlanganligini ko‛rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‛mdagi qiymati 
pasaysa, so‛m qiymatining oshganligini yoki so‛mning qimmatlashganligini 
ko‛rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy 
valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga 
nisbatan so‛m qadrsizlansa, dollar so‛mga nisbatan qimmatlashadi.


268 
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat 
tomonidan rasmiy o‛rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‛lib, unga valyuta 
bozorida talab va taklifning o‛zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi

Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan 
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‛liq bo‛lgan tahlika va noaniqlikni 
kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo‛llash o‛zaro foydali savdo va 
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan 
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‛zaro aloqalar jarayondagi ikki 
sharoitga bog‛liq:
- zaxiralarning mavjudligi;
- o‛z hajmi bo‛yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‛lov balansi aktivlarining 
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini 
yo‛qqa chiqarishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida 
shakllanish darajasi, o‛z-o‛zicha kurslar o‛rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real 
jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, 
valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar 
majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‛rsatadi.
Valyuta kurslarining o‛zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‛rsatadi. Ularni 
qisqacha qarab chiqamiz:
1) iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‛zgarishi;
2) turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‛zgarishlar;
3) bahodagi nisbiy o‛zgarishlar;
4) nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSH inflyatsiyani quvib o‛tish 
maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz 
stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o‛zgartirilgan (korrektirovka qilingan) 
foiz stavkalari) AQSHda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga 
qaraganda ko‛tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil 
qiladiki, AQSH moliyaviy vositalarni qo‛yish uchun juda jozibador va qulay joyga 


269 
aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‛payishi Angliya funti 
taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o‛sganligini bildiradi;
5) spekulyatsiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‛tarilishi to‛g‛risidagi 
prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat 
qiladi va shu bilan funtga bo‛lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining 
pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.
O‛tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy 
Banklarni qiyin ahvolga solib qo‛yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir 
vaqtning o‛zida ham to‛lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni 
qondirish uchun etarli bo‛lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona 
yo‛lidir.
Nominal va real valyuta kurslari o‛zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi 
valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta 
kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy 
bahosidir. 
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga 
almashishi mumkin bo‛lgan nisbatni ko‛rsatadi, shu tufayli u 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish