L. S. Karieva makroiqtisodiyot



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

 
 


216 
10.5 Ijtimoiy tovarlar: tushunchasi, mohiyati va tasnifi 
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan daromadlar va 
qiladigan xarajatlar o‛rtasida nomutanosibliklar paydo bo‛ladi. Bu kabi 
muammolarni hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi 
daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Birinchidan, transfert to‛lovlari orqali yordamga muhtoj, boqimanda, nogiron 
va ishsizlarni nafaqalar bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi 
orqali 
daromadlar 
taqsimlanishini 
o‛zgartiradi. 
Fermerlar 
mahsulotini 
kafolatlangan baholarda sotib olish va minimal ish haqi to‛g‛risidagi qonunchilik 
davlat aholining ayrim guruhlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida bahoni 
tartibga solib turishiga misol bo‛la oladi. Bundan tashqari aholidan olinadigan 
daromad soliqlarining foizlar bo‛yicha tabaqalanishi ham kam ta’minlangan 
aholini qo‛llab-quvvatlash maqsadida oli borilayotgan tadbirlaridan biridir.
Davlat daromadlarni aholi o‛rtasida quyidagicha qayta taqsimlaydi.
Birinchidan, daromadlar aholining turlicha daromad oladigan qatlamlari 
orasida qayta taqsimlanadi. Qo‛llaniladigan progressiv soliq stavkasi bunga imkon 
beradi. Shuningdek, davlat Pensiya jamg‛armasi, Bandlik jamg‛armasi, Kasaba 
uyushmasi jamg‛armalariga ijtimoiy sug‛urta ajratmasi to‛lovlarini ish beruvchilar 
(korxonalar)dan va ishlovchilardan undiradi. 
 
10.6 Davlat sektori va davlat mulki 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‛rsatadiki, iqtisodiyotda avlat 
sektorining qat’iy belgilangan chegarasi mavjud emas. Davlat sektorining tarkibiy 
tuzilishi va uning ta’sir ko‛lamini aniqlashga yo‛naltirilgan ko‛plab tadqiqotlar olib 
borilgan, biroq barcha milliy iqtisodiyotlar uchun mos keladigan yagona echimga 
kelinganicha yo‛q. Milliy iqtisodiyot ko‛p omilli ko‛rsatkichlarga bog‛liq 
bo‛lganligi sababli davlat sektorining tarkibi va ko‛lami turli mamlakatlarda 
turlichadir. Ba’zi mamlakatlar iqtisodiyotida uning ulushi yuqori bo‛lsa, ba’zilarida 
kamroq, lekin samarali faoliyat olib boradi.
Davlat sektorining milliy iqtisodiyotdagi ko‛lamini tasavvur etish uchun bir 
guruh ko‛rsatkichlar: YaIMda davlat byudjeti xarajatlarining ulushi, YaIM 


217 
iste’molida davlat ulushi, YaIMda soliqlar ulushi, davlat sektorida aholi 
bandligining ulushi, iqtisodiyotda davlat sektorining kapital qo‛yilmalar ulushi 
kabi ko‛rsatkichlardan foydalanishga to‛g‛ri keladi. Shulardan iqtisodiyotga yalpi 
kapital sarflarida davlat korxonalari ulushi 1/6 (Germaniya, Buyuk Britaniya) 
qismidan 1/3 (Fransiya) va hatto 1/2 (Avstriya) qismigachani tashkil etadi. Davlat 
sektori elektr energiya ishlab chiqarishda Yaponiya, Kanada, Fransiyada 100%ni, 
temir yo‛l transportida Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Ispaniyada 100%ni tashkil 
etadi. AQSHda yerlarning taxminan 1/3 qismi federal hukumatga tegishli 
hisoblanadi.
Bu ijtimoiy va iqtisodiy tartibga solish, jamiyatning strategik xususiyatlarini 
namoyon qiluvchi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, muvozanatli tashqi 
iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‛nalishlarini aniqlashda amalga oshirilayotgani va 
davlat sektorining o‛rni ortib borayotganligini ko‛rsatadi.
Shunga qaramasdan, siyosat va iqtisodiyot ilmida davlat sektoriga bo‛lgan 
munosabatlar va qarashlar bir xil emas. Misol uchun, liberal oqim yo‛nalishi 
vakillari R.Nozik, A.Chubays, A.Illarionov va boshqalar bozor xo‛jaligi jamiyat 
ehtiyojlarini sifatli qondirish va resurslarni samaraliroq taqsimlashga qodir, deb 
hisoblashadi va barcha rejali iqtisodiyot kamchiliklarini davlat sektori zimmasiga 
yuklashadi. 
Ular davlatning iqtisodiyotga ta’sirini eng “minimal” chegaragacha olib kelish, 
ya’ni faqatgina “tungi qorovul” vazifasinigina saqlab qolish kerakligini, davlat 
sektorini faqat iqtisodiy o‛sish sur’atlari pasaygandagina kengaytirish va 
mustahkamlash lozimligini ta’kidlaydilar. Davlat mulkini boshqarish va davlatning 
iqtisodiyotga faol aralashuviga qarshilarning dalillariga ko‛ra, davlat boshqaruvi, 
shu qatorda davlat mulkini boshqaruvchilar o‛zida oshkora boshqaruv hokimiyati, 
milliy boylikni boshqarishning muvaffaqiyatli tamoyillarini aks ettiruvchi 
korrupsiya va lobbizmni namoyon etishini ta’kidlaydilar.
Liberalizmga qarama-qarshi bo‛lgan davlatchilik tarfdorlari o‛rtasida 
munozarali bahsda iqtisodiyotda davlat sektorining o‛rni, vazifalari va 
chegaralarini belgilash borasida aniq to‛xtamga kelinmagan. Har bir mamlakatlar 


218 
milliy tarmoq tarkibi, uning rivojlanish darajasi va yo‛nalishlari, hududiy 
joylashuvi, samarali boshqaruv mexanizmlari shakllanishidan kelib chiqib davlat 
va xususiy sektorlar o‛rtasidagi nisbatlar, chegaralar va ko‛lamni mustaqil 
belgilaydilar. 
Bunda davlat sektorining tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim 
iqtisodiy adabiyotlarda davlat sektori deganda faqat davlatga tegishli mulkchilik 
shakllari yig‛indisi nazarda tutilsa, ayrimlar, masalan J.E.Stiglits davlat sektori 
deganda «ishlab chiqarish, savdo va qayta taqsimlashda, tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarishda, ishlab chiqarishni subsidiyalashda, moliya bozorida davlatning 
faoliyati, tovar va xizmatlar davlat xaridida davlatning ijtimoiy mulki va 
faoliyati»ni tushunadi. 
E.Balatskiy tadqiqotlarida davlat sektori xo‛jalik subyektlarining tarkibiy 
tuzilishini quyidagilarga ajratishni tavsiya etadi: davlat unitar korxonalari; davlat 
muassasalari; markaziy yoki mahalliy davlat organlarining ustav kapitalida 50% 
dan ortiq ulushga ega bo‛lgan aksiyadorlik jamiyatlari; davlat sektoriga tegishli 
bo‛lgan bosh (ona) korxonaning filiallari yoki bo‛linmalari; davlat sektoriga 
tegishli bo‛lgan xolding yoki bosh (ona) korxona tarkibiga kiruvchi korxonalar. 
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Vaxabov davlat sektorining tarkibiy 
tuzilishini 
davlat 
korporatsiyalari; 
noaksiyadorlik 
korxonalari; 
ijtimoiy 
infratuzilma sohasidagi korxonalar va xizmatlar; aralash davlat-xususiy 
korxonalaridan iboratligi va ularning har biri davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
xarakteriga o‛ziga xos ravishda ta’sir ko‛rsatishini izohlagan.
Yuqorida keltirilgan tahlillar davlat sektori ko‛lamini yoritishda asosan davlat 
mulkchiligi shakllaridan kelib chiqib izohlanganligini ko‛rishimiz mumkin

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish