114
talabalar fikrlariga kelgan so‘zlarni navbat bilan bayon etadilar. Talabalar tomonidan
beriladigan fikrlarning hammasini inobatga olinadi. Yetarlicha fikr yig‘ilgandan
keyin o‘qituvchi tomonidan bu fikrlar umumlashtriladi.
Texnologiyaning muhim
tomoni talabalar erkin fikrlaydilar, ularning fikrlari tanqid qilinmaydi, nazardan
chetda qoldirilmaydi, ularda fikrini bayon etishga ishonch paydo bo‘ladi.
Rejadagi qolgan savollar «Kichik guruxlarda ishlash»
texnologiyasi bilan olib
boriladi. «Kichik guruxlarda ishlash» uchun kichik guruxlarg8a tarqatma mteriallar
tarqatiladi.
Birinchi gurux uchun tarqatma material. K.I.Rodbertusning iqtisodiy
qarashlari va uning nazariyasi.
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada,
Shimoliy
Greyfsvoldda 1805 yilda tug‘ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqsan
tahsil olib, shu mutaxao sislik bo‘yicha ma’lum vaqg ishladi. Burjua demokratik
revo-lyutsiyasi yillarida parlament a’zosi, keyinchalik vazir (mi-nistr) lavozimlarida
faoliyat ko‘rsatdi. K.Rodbertus Germa-niya mayda burjua ik^isodiy ta’limoti
vakili
bo‘lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g‘oyalari ta’sirida edi. U xayoliy
sotsializm va konservativ reformizm g‘oyalari asosida o‘zining eklektik
konsepsiyasini yaratdi.
1842 yidda K.Rodbertus «Davlat-xo‘jalik tizimimizni bilish yo‘lida» deb nomdangan
kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan
shu kito-bida qo‘shimcha qiymat nazariyasini ko‘rsatib o‘tdi. K.Rodbertusning
nazariyasi va xulosala-riga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish hamda bu ta’limotlarni
chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha
qiymat va uning vujudga
kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi.
U K.Rodbertus qo‘shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini,
kapitalistik sinflar o‘rtasida qo‘shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq
tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq to‘lamaslik samarasi deb
hisoblash, bu hali qo‘shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish degan gap emas
edi. K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd
etilgan asosiy asaridan
tashqari, katta tomni tashkil etgan to‘rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgandir. Unda u
qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko‘rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy
zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mexnat harajatlari bilan anikdanib,
bu o‘rinda bir xil mehnat harajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’i nazar bir xil
qiymat hosil qiladi, deb ko‘rsatiladi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va kumushdan
yuqori turadi, chunki u ish kunini o‘zgarmas o‘lchov deb hisoblaydi. Bu o‘rinda
«mehnat kunlari»
ham izohlanadi, Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik
tovar xo‘jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi.
K.Rodbertus o‘zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan
xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch
bosqichdan iborat bo‘ladi:
115
1. K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‘linishini ko‘rib
chiqadi.
2. U rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o‘tadi.
3.Uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapita-list va yer
egalari o‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib chiqadi.
K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‘nggi yillar qiymatning
mehnat nazariyasidan
uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta
qurish loyihalarini e’pon qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga
isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishni ko‘zda tutar edi.
Bu yo‘l keyinga islohotchilik yo‘nalishidagi nazariy maktab to-monidan qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: