Ikkinchi gurux uchun tarqatma material.
F.Listning iqtisodiy
qarashlari
. Fridrix
List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand
oilasida tug‘ildi. U o‘qishni 15 yoshda tutatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga
shogird bo‘lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli
lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o‘zida Tyubingen universitetini huquq
mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi
amaliyoti kafedrasi professori bo‘lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‘nalishdagi
taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat’iy tarafdori sifatida
tanildi. U 1847 yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodchilar kongressida o‘zining
aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan
ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. List 1819 yilda Germaniya iqgisodiy birligini
ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining keng demokratik
islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga
qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark
etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‘ullandi,
keyinchalik nemis gazetalari-ning muharriri bo‘ldi hamda sanoat sohasida
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi
Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xu-susiyatlarini chuqur o‘rganib, Amerika
taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi.
1832 yilda F.List Yevropaga qaytib, AQShning Leypsigdagi elchisi bo‘lib ishladi.
Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‘lini qurish maqsadida Germaniyada
birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o‘zining uchinchi va oxirgi
emigrasiyasidan so‘ng Parijda uch yil yashadi. U o‘zining bor kuchini, idroki va
iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi
manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori
maydonga chiqdi. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning milliy tizimi» (1841) nomli asosiy
asarida milliy siyosiy iqgisodni yaratish vazifasini o‘rtaga qo‘ydi. Mam-lakatning
ishlab chiqaruvchi kuchlari to‘g‘risidagi ta’limot unga asos bo‘lishi kerak edi. F.List
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyatni ishlab chiqaruvchi kuchlar
jumlasiga qo‘shdi.
F.Listning ta’limotiga ko‘ra,
Do'stlaringiz bilan baham: |