Tilimni nayga jo‘r etding



Download 39,61 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi39,61 Kb.
#341070
Bog'liq
USMON NOSIR


USMON NOSIR

(1912-1944)



30-yillarning ko‘zga ko’ringan, el og’ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Qo‘qon shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi.

Bolaligi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, hasan Po'latlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk she’rlari universitetda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi. Natijada shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» poemalari hamda «Atlas» she’riy dramalari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashini aks ettiruvchy «Nil va Rim» kabi poetik asarlari tarix va xalq mulki bo‘lib qoldi.

Usmon Nosir she'riyati, avvalo, hayotiyligi, qolaversa, jozibali va isyonkorligi, ayni chog'da sodda va ravonligi bilan tezda kitobxon qalbidan chuqur joy egallaydi. Shundan bo'lsa kerak, shoir she'rlari hamon davralarda tez-tez yoddan aytiladi:

Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo‘r etding,

Ko‘zimga oyni berkitding

Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko‘krak.

Sevinchim toshdi qirgoqdan

Tilim charchar, ajab gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida Pushkiniing «Boqchasaroy fontani» poemasi, Lermontvaning «Demon» («Iblis») asari o’zbek kitobxonlarining qalbiga yetib brogan.

Samimiy, jo‘shqin, lirik iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘onlik davrining qurboilaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro lagerlarida azob-udubatda o'tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan. Shoir nomi yoshlik, kurash, go‘zallik kuychisi bo‘lib, o‘zbek xalqi qalbida abadiy yashaydi. Ha, shoir o‘zi aytganidek:

Ming yillardan keyin ham

Unutma meni bog'im.

She’rlarim yangrab qolur...



Bir umrga o‘lmayman,—

deganda haq edi.
Download 39,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish