Olimpiya xartiyasining 1-qoidasiga ko'ra Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) olimpiya harakatining oliy organi hisoblanadi. Xartiyaning 3-qoidasi esa xalqaro olimpiya harakatini XOQdan tashqari Xalqaro sport federatsiyalari (XSF), Milliy olimpiya qo‘mitalari (MOQ), Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo'mitalari (00‘TQ), milliy assotsiatsiyalar. klublar, ularga tegishli shaxslar (atletlar, hakamlar, referilar, rnurabbiylar va boshqa sport mutaxassisJari), shuningdek, XOQ tomonidan tan olingan boshqa tashkilot va muassasalar ham tashkil elishi belgilangan.
Xalqaro sp<>rt federatsiyalari - bu aniq bir sport turi (turlari) bo‘yicha milliy federatsiyalarning birlashma, ittifoqlarini tashkil
etuvchi xalqaro sport tashkilotlaridir. Milliy sport federaLsiyasi mamlakatda sp>ort turini yoki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirishni antalga oshiradi hamda respubiika va xalqaro miqyosdagi barcha tadbirlar va musobaqalarda sportchilar va boshqa mutaxassislar nomidan ish yuritadi.
XIX asr oxirida mamlakatlardagi sport tashkilotlarining o'zaro tajriba almashish faoliyatlari yuzaga kelib. keyinchalik ular Xalqaro sport uyushmalariga asos solganlar. 1881-yiIda jahonda birinchi Xalqaro sport federatsiyasi - Yevropa gimnastika uyushmasi va shu yilning o‘zida Xalqaro gimnastika federatsiyasi tashkil topgan. 1892- yilda konkida uchish Xalqaro uyushmasi va Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi, 1900-yilda Xalqaro velosport uyushmasi, 1904-yilda Xalqaro futbol federatsiyalar assotsiatsiyasi, 1908-yilda Xalqaro havaskorlik suzish federatsiyasi va Xalqaro rnuz ustida xokkey ligasi, 1912-yilda Xalqaro yengil atletika havaskorlik federatsiyasi, 1913- yilda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tashkil etilgan.
Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ortiq Xalqaro sport federatsiyalari mavjud bo‘Jib, ulaming 30 dan ortig'i olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalardir. Zamonaviy xalqaro sport harakatida xalqaro sport federatsiyalarining ikki toifasim ajratib ko'rsatish mumkin: Olimpiya o“yinlari dasturiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha xalqaro sport federatsiyalari hamda Olimpiya o'yinlari dasturiga kirmaydigan sport turlari bo‘yicha xalqaro sport federatsiyalari.
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiruvchi sport turlari bo'yicha xalqaro S|X>rt federaLsiyalari. Bunday tashkilotlarga 35 sport turi ustidan rahbarlikni amalga oshiradigan (28 ta yozgi va 7 ta qishgi) va Olimpiya o'yinlarini tashkil qilishda bevosita ishtirok etadigan xalqaro sport federatsivaJari kiradi. Bu toifaga kiruvchi barcha fcderatsiyalar Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan rasnian tan olingan.
Birinchi toifaga quyidagi federatsiyalarni misol sifatida ko'rsatish mumkin: Xalqaro gandbol fedcratsiyasi (IHF); Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF); Xalqaro basketbol federaLsiyasi (FIBA); Havaskorlik boksi xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA); Xalqaro havaskorlik kurashi federatsiyasi (FILA); ■ Xalqaro velosportchilar ittifoqi (IJSI); Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB); Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG); Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi (FISA): Xalqaro futbol assotsiatsivalar federaLsiyasi (FIFA).
OJimpiya o'yinlari dasluriga kirmaydigan spon turiari ixi yicha sport federatsiyalari mavjwd bo'Iib, bu xalqaro sport fedcratsiyalar tomonidan ham xalqaro darajadagi kompleJts sport musobaqalari. Noolimpiya sport turlari bo'yicha xalqaro olyinlar uy'ushtirib turiladi. Qunday yirik musobaqalar dasturida sambo, karate-do, rolik konkilardagi xokkey, sport akrobatikasi, suv chang‘ilari kabi spori turlarini ko'rishimiz mumkin.
Xalqaro sport federatsiyalari nafaqat yuqori natijalar sportini rivojlantirishni ko‘zlab. balki ommaviy sportni taraqqiy ettirish uchuit hant tuziladi va faoliyat yuritadi. Shunga muvofiq xalqaro sport federatsiyalarining nizomlarida tegishli normalar ham belgilab qo'yiladi. Masalan, Xalqaro tennis federatsiyasi nizomining fedcratsiya vazifalari belgilangan qismida - turli ntamlakatlarda tennis rivojiga zamin yaratish vazifasi qayd etilgan.
Xalqaro sport tashkilotlarining alohida guruhini professional sport sohasidagi xalqaro tashkilotlar tashkil etadi. Bunday tashkilotlarga Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA), Milliy xokkey ligasi (NHL), Bosh beysbol ligasi (OBL) va boshqalar misol bo‘la oladi. Ulami bir qit'aning bir necha mamlakat sport kluhlari (ligalari, ittifoqlari va h.k.)m birlashtirgan professional sptirtning hududiy xalqaro tashkilotlari sifatida e'tirof etish mumkin.
Xalqaro sport harakatining amal qilishi va rivojlanishi uchun hozirgi bosqichda umumiy tamoyillar qabul qilindigan. Bunday tamoyillar sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkitt:
sportning har tomonlama rivojlanishi;
sportda siyosiy va irqiy kamsitishlarga qarshi kurash;
milliy sport tashkilotlarining faoliyatiga aralashmaslik;
xalqaro sport tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyatining demokratik asosda ekanligi,
dunyoda tinchlik va o‘zaro tushunishga erishish uchun kurashda ishtimk etish va boshqalar.
Milliy Olimpiya qo‘mitalari - mamlakatlarda olimpiya harakatiga rahbarlik qiluvchi organ hisoblanadi. MOQ asosiy vazifasi o‘z mamlakatida olimpiya harakatini Olimpiva xartijasi asosida rivojlantirish va olimpiya g‘oyalarini himoya qiiishdan iborat. MOQ xalqaro olimpiya harakatining asosiy bo'g'inlaridan hisoblanadi.