4- mavzu. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
(XX asr boshlari – hozirgi davrgacha)
Eng yangi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining xususiyatlari. Jahon urushlari o’rtasidagi davrda chet el mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport. Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi. Sportning professional va zamonaviy yo’nalishlari. Xalqaro sport harakati vujudga kelishining asosiy omillari. Sportning taraqqiy etishi va xalqaro sport tashkilotlarining tuzilishi. Xalqaro sport federatsiyalari. Jahon, Yevropa va Osiyo chempionatlari. Hozirgi davrda sport harakatining rivojlanishi va dolzarb muammolari.
XX asr boshlarida Ishchilar gimnastika tashkiloti uyushmalari Vengriya, Belgiya, Chexiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ta'sis etildi. Tadbirkorlik sport klublari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ular zavod, fabrika va turli muassasalarning rahbarlari tomonidan tashkil etilib, ishchi va xizmatchilaiga qaratilgan. Bu faoliyat faqat sport va turizm bilan shug'ullanishgagina qaratilib qolmasdan, ishchi va xizmatchilarning rahbarlari bilan aloqasini yaxshilash hamda turli oqimlarga qo'shilmasligining oldini olishni ham nazarda tutgan.
Tadbirkorlik sport va gimnastika tashkilotlari Germaniya, AQSH, Angliya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham vujudga keldi. 1913 yil Gente shahrida (Belgiya) Germaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya mamlakatlarining ishchilar sport tashkilotlari vakillari «Xalqaro ishchilar madaniyat va sport uyushmasi» Markaziy byurosini tuzdi. U 1914 yil fevraldan boshlab Bryusselda o'z faoliyatini boshladi. Birinchi jahon urushi yillarida ham bu tashkilot o'z faoliyatini susaytirmadi.
Jismoniy madaniyatda rekreatsion harakatlar. Rekreatsiya - qayta tiklash, sog'lomlashtirish, hordiq chiqarish ma'nolarini bildiradi. Jismoniy madaniyatning taraqqiyotida rekreatsion harakat muhim o'rin tutadi. Chunki u faol dam olishning mujassamlashgan vosita, usullaridan hisoblanadi.
Rekreatsion jismoniy madaniyat harakatining rivojlanishiga obyektiv sabablar ko'p. Ya'ni zavod-fabrikalar, maktablar va boshqa joylarni qurish uchun joylarni band qilish, shaharlarning kengayishi, ekologiyaning buzilishi, ishchi va mehnatkashlar ish vaqtining ko'payishi, dam olish hamda hordiq chiqarishga imkoniyatlarning kamayishidir. Yoshlar o'rtasida ichish, chekish, bezorilik va tartibsizlikning o'sishi ham ularga qarshi tadbirlar olib borishni taqozo etdi. Yana bir tomoni shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va ba'zi kishilarning turmush sharoiti faol harakat qilishdan orqada qolib ketdi. Natijada, gipodinamiya hollari rivojlana boshladi. Bularning barchasi salomatlikning susayishi va kasalliklarning ko'payishiga olib keldi. Ana shu illatlardan saqlanish yo'lida jismoniy tarbiyadan foydalanish ishiari shakllandi.
XX asrning 80-90-yillarida shunga o'xshash istirohat bog'lari AQSH, Germaniya, Polsha, Kanada, Fransiya, Avstraliya, Urugvay va boqsha mamlakatlarda ham bunyod etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |