Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
3 soniyalik fakt
 
 
Kubitlar kvant 
kompyuterlarining 
imkoniyatlarini chandon 
orttiradi.
Aloqador mavzular: 

Kvant spini
 
(35-sahifa) 

Dekogerensiya
  
(49-sahifa)

Bell tengsizligi
  
(91-sahifa) 

Kubit
 (97-sahifa) 

Kvant nuqtalari
  
(119-sahifa) 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Richard Feynman juda 
kichik o‘lchamli, ixcham 
kvant kompyuterlari 
kvant sistemalarini 
modellashtira oladi deb 
taxmin qilgan. Lekin, 
kvant kompyuterlari, 
murakkab fizik 
jarayonlarni 
modellashtirishdan 
tashqari, matematik 
hisoblashlar borasida 
ham rekord o‘rnatishi 
mumkin. Xususan, 400 
xonali sonni tub 
ko‘paytuvchilarga 
ajratish amalini kvant 
kompyuteri bir necha 
soniya ichida bajaradi. 
Bu esa, istalgan 
murakkablikdagi maxfiy 
kodni (parolni) bir necha 
soniya ichida buzish 
imkoni ham demakdir. 
Aynan ushbu jihati, 
kvant kompyuterlarini 
ayniqsa bank tizimlari 
uchun xavfli vositaga 
aylantirishi mumkin.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
 
Richard Feynman 
(1918-1988) 
Kvant kompyuterlari 
haqidagi g‘oyani ilgari 
surgan AQSHlik fizik.
Oddiy 
kompyuterlardagi 
bitlar singari, kvant 
kompyuterlarida 
kubitlar xizmat qiladi 
va ular bir necha 
amalni bir vaqtda 
bajarish imkoniga ega 
bo‘ladi. 




Kvant teleportatsiyasi
2012-yilning qop-qorong‘i, oysiz tunlarining 
birida olimlar Kanar orollarining bir nuqtasidan 
boshqasiga kvant teleportatsiyasini amalga oshirish 
bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. O‘shanda, oraliq masofa 
144 km ni tashkil qilgan. Bunda, bir-biri bilan «ulab» 
qo‘yilgan fotonlardan foydalanilgan bo‘lib, kvant 
chigalligi tufayli, ushbu fotonlardan istalgan biriga 
qilingan tashqi ta’sir, ikkinchisida ham shu zahotiyoq 
namoyon bo‘lar edi va bunda, ular orasidagi 
masofaning umuman hech qanday ahamiyati 
bo‘lmasdi. Vena universitetining Anton Saylinger 
boshchiligidagi ilmiy guruhi juft fotonlardan birini 
boshqa orolda joylashgan qabul qiluvchiga uzatdi va 
ushbu juftlikdan, boshqa bir kvant obyekti haqidagi 
axborotni uzatish uchun aloqa kanali sifatida 
foydalandi. «Kvant teleportatsiyasi» jumlasining o‘zi 
qandaydir fantastika janriga oid tarzda yangraydi. 
Shu sababli ham, 1993-yilda Charlz Bennet va uning 
hamkasblari ushbu konsepsiyani ommaga oshkor 
qilishganida, mazkur g‘oya darhol ko‘pchilikni 
o‘ziga jalb etdi. Hozirgi davrda esa, kvant 
teleportatsiyasi sohasi – axborot texnologiyalari va 
telekommunikatsiyalar uchun yorqin kelajak va’da 
qilayotgan muhim amaliy tadqiqot obyektidir. 
Hozirgacha olimlar kvant teleportatsiyasini bir necha 
turli usullar bilan eksperimental tarzda uddalay 
olishdi. Xususan, kvant teleportatsiyasi seziy atomi 
bulutida va elektr zanjirlarida amalga oshirilgan.
 
3 soniyalik fakt
 
 
Kvant teleportatsiyasida 
kvant obyekti haqidagi 
axborot chigallashgan 
zarralar orqali uzatiladi 
va o‘qiladi. Bunda 
mazkur zarralar aloqa 
kanalining chetki 
nuqtalari bo‘ladi.
Aloqador mavzular: 
 

Maydonning kvant 
nazariyasi
 
(59-sahifa) 

O‘tmishga qaytib
  
(67-sahifa)

Tranzistorlar
  
(109-sahifa) 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish