Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan


Magnit-rezonans tomografi (MRT)



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

Magnit-rezonans tomografi (MRT)
1970-yillarda turli tadqiqotchilar orasida 
AQSHlik olimlar - fizik Reymond Damadian, kimyogar 
Pol Loterbur, hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild 
ham magnit rezonansi vositasida jism tasvirini olish 
ustida ilmiy tajribalar olib borishgan. Magnit rezonansi 
orqali tasvir hosil qilishning zamonaviy usulini aynan 
ushbu olimlar ixtiro qilishgan va keyinchalik yanada 
takomillashtirishgan edi. Hozirda aholi orasida MRT 
nomi bilan tanilgan mazkur usul vositasida, vrachlar 
inson tanasida uchraydigan turli-tuman kasalliklarga 
tashxis qo‘yishda, tig‘ tekkizmasdan va to‘qimga zarar 
yetkazmasdan xulosa qilish imkoniga ega bo‘lishgan. 
MRT orqali tashxis qo‘yish mumkin bo‘lgan kasalliklar 
ro‘yxati juda katta. U saraton kasalliklaridan boshlab, 
pay va bo‘g‘imlardagi nuqsonlargacha bo‘lgan turli 
sohalarni o‘z ichiga oladi. Bunda, MRT vositasida 
tashxis qo‘yilayotgan bemorni maxsus kameraga 
kiritiladi. MRT kamerasi ichidagi magnit maydoni 
kuchlanganligi 
sayyoramiz 
magnit 
maydoni 
kuchlanganligidan 30000 martadan 60000 martagacha 
kuchliroq bo‘ladi. Bunday katta quvvatli magnit 
maydoni hosil qilish uchun MRT uskunasi uchun o‘ta 
o‘tkazgich elektromagnit qo‘llaniladi. Odam organizmi 
taxminan 65% ulushda suvdan tashkil qopgan bo‘ladi. 
Suvning hammaga yaxshi tanish bo‘lgan formulasi H
2

ekanidan bilasizki, suv tarkibida, demakki, odam tanasi 
tarkibida ham albatta vodorod atomlari mavjud bo‘ladi. 
Har vodorod atomida esa proton mavjud bo‘lib, u o‘z 
spini tufayli, xuddi mikroskopik magnit singari, aylana 
oladi. Kuchli magnit maydoni ta’sirida protonlar 
muayyan spinga ega bo‘lib qoladi. Keyin esa, MRT 
kamerasi ichida turgan bemor tanasiga radioto‘lqinlar 
yuboriladi 
va 
ushbu 
radioto‘lqinlar 
boyagi 
protonlarning spinini o‘zgartirishga majbur qiladi. 
Aynan shu orqali, ularning magnit momenti ham 
teskarisiga 
o‘zgaradi. 
Radioto‘lqinlar 
uzatilishi 
to‘xtatilishi hamonoq, protonlar yana o‘z boshlang‘ich 
vaziyatiga qaytadi va aynan shu jarayonda, ular o‘zidan 
muayyan radioto‘lqin diapazonidagi signallar chiqaradi. 
Ushbu signallarni MRT uskunasining o‘ta sezgir 
maxsus datchiklari qayd qilib oladi. Olingan axborotni 
maxsus kompyuter dasturlari qayta ishlaydi va MRT 
qilingan ichki organlarning tasvirini namoyish qilib 
beradi. Vrachlar ushbu tasvirni o‘rganish orqali, 
tekshirilayotgan organlarda patalogik o‘zgarishlar bor-
yo‘qligi haqida xulosa qilishlari mumkin bo‘ladi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish