Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
 
Kubitlar nafaqat 1 va 0 
qiymatlarga ega bo‘lishi, 
balki, bir vaqtning 
o‘zida har ikkala 
qiymatda bo‘lishi ham 
mumkin.
Aloqador mavzular: 

Shryodinger mushugi
 
(43-sahifa) 

Dekogerensiya
  
(49-sahifa)

Kvant kompyuterlari
  
(99-sahifa) 

MRT
 (113-sahifa) 

Kvant nuqtalari
  
(119-sahifa) 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Kubitlar – kelajak 
kompyuterlari deb 
atalayotgan kvant 
kompyuterlarining 
asosidir. Kubit sifatida, 
ikki yoki undan ortiq 
kvant holatiga ega bo‘la 
oladigan istalgan kvant 
zarrachasi yoki, 
sistemasi qo‘llanishi 
mumkin. Tadqiqotchilar 
turli usullar bilan 
kubitlarni olishmoqda. 
Masalan, kvant 
nuqtalarida elektronlarni 
bloklashi va ularning 
spinini lazer oqimi 
vositasida boshqarish 
orqali kubit hosil qilish 
mumkin. Atom 
yadrolarining spinini esa 
radioto‘lqinlar vositasida 
boshqarilishi mumkin. 
MRT uskunalarida 
aynan shunday usuldan 
foydalaniladi. Kubitlar 
tadqiqotchilaridan biri 
bo‘lgan Serj Arosh 
axborotni mikroto‘lqinli 
rezonator vositasida 
tutib olingan fotonlar 
orqali saqlash usulini 
ishlab chiqqan.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Serj Arosh
Fizika sohasida 2012-
yilgi Nobel mukofotiga 
sazovor bo‘lgan farang 
olimi.
O‘lchash jarayonida 
spin doimo aniq bir 
qiymatni qabul 
qiladi; va bu qiymat 
kubitga xos bo‘lgan 
holatlar 
ehtimoliyligiga 
bog‘liq bo‘ladi.




Kvant kompyuterlari
Zamonaviy kompyuterlar axborotni ikkilik 
bitlar vositasida saqlovchi millionlab tranzistorlardan 
tashkil topgan murakkab elektron mashinalardir. 
Bunday usulda axborot saqlashda, elektr zaryadining 
mavjudligi – 1 ni, zaryad yo‘q hol esa 0 ni ifodalaydi. 
Kompyuter xotirasidagi axborot shu tarzda, ikkilik 
sanoq tizimi orqali kodlangan bo‘ladi. Masalan, 0 dan 
7 gacha bo‘lgan o‘nli sanoq sistemasi sonlari, ikkilik 
kod bilan quyidagicha ifodalanadi: 0000, 0001, 0010, 
0100, 0101, 0111, va 1000. Oddiy kompyuter ushbu 
sonlarni navbat bilan qayta ishlaydi va har bir qayta 
ishlash operatsiyasi uchun bir birlik vaqt sarflanadi. 
Lekin, kubitlar 0 va 1 dan tashqari, bir vaqtning 
o‘zida ham 0 va ham 1 dan iborat superpozitsiya 
holatida bo‘la olishi boisidan, ular orqali ayna bir 
vaqt birligining o‘zida sakkizta sonni kodlash 
mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ushbu sakkiz son bir 
vaqtning o‘zida qayta ishlanadi. Kubitlar soni 
oshgani sari, kvant kompyuterining hisoblash 
potensiali ham favqulodda ortaveradi. O‘nta kubit 
bo‘lgan holatda, bir vaqtning o‘zida 1023 ta sonni 
kodlash mumkin bo‘lsa, yigirmata kubit bilan 
millionta hisoblashni bajarish, 40 ta kubit bilan esa, 
millionta million hisoblash amalini bir vaqt birligida 
uddalash 
mumkin 
bo‘ladi. 
Bunday 
kvant 
kompyuterida kvant chigalligini barqaror saqlab 
turish uchun hozirgi zamon texnologiyalari ojiz. Shu 
sababli, kvant chigalligini saqlab turish imkonini 
beruvchi 
yangi 
mukammal 
texnologiyalarga 
zaruriyat mavjud. Olimlar esa kelajakka optimistik 
ruh ila qarab, yaqin yillarda haqiqiy kvant 
kompyuterlariga ega bo‘lishga harakat qilmoqdalar.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish