Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Robiya keyin birovga xotin bo‘lgan, buning dog‘ini qanday yuvish mumkin? 
Robiya yuzini qo‘llari bilan to‘sib yum-yum yig‘lay boshladi. Uning bo‘ynidagi marjonlari, 
sochiga taqilgan chiroyli kumush chochpopuklari, egnidagi atlas ko‘ylagi— hammasi 
o‘sha boy savdogarning puliga kelgan. Tohir shuni o‘yladi-yu, uning nazarida, Robiya 
o‘lgan eriga kuyunib yig‘layotganday ko‘rindi. 
— Robiya, rostini ayt, sen eringga... sodiqmisen?! 
— Meni pulga sotdilar! Zo‘rlab nikohladilar! 
— Bo‘lmasa nechun muncha kuyunib yig‘laysen! 
— Men sizga vafo qilolmaganimga kuyunamen! Sizni unutganim yo‘q edi, Tohirjon og‘a! 
Mana, tepamizda xudo turipti! Bu savdogar sizning tirnog‘ingizga ham arzimas edi! Lekin 
meni unga qul qilib berdilar. 
Tohir tishini-tishiga bosib so‘radi: 
— Bolang bormi? 
Robiya yig‘i aralash bosh chayqadi: 
— Men nomiga xotin edim... Aslida beva... 
Bir vaqtlar gulday qiz bo‘lgan Robiyaning o‘zini «xotin», «beva», deb atashi Tohirning 
borlig‘ini qaqshatib yubordi. Robiyaday qizga olti yildan beri «it tegmay» yurishi mumkin 
emasligini u ilgari ham xayolida ko‘p o‘tkazardi. «Faqat tirik topsam bas!» deb qidirardi. 
Biroq Robiyani topgani bilan yoshlikdagi beg‘ubor, sodda baxti endi abadiy topilmasligini 
u ilgari bilmas edi. Badandagi og‘ir jarohat tuzalganda ham chandig‘i umrbod 
qolganiday, boshlariga tushgan savdoning dahshatli izi ko‘ngillaridan osonlikcha 
ketmasligini Tohir endi sezmoqda edi. Robiya ham abadiy yo‘qolgan beg‘ubor yoshligiga 
kuyunib yig‘lamoqda edi. 
— Robiya, bas! Omon qolganimizga shukr qil, qani, yur! 
Tohir Robiyaning bilagidan olib tashqariga boshladi. Qiz yig‘idan to‘xtab: 
— Qayoqqa? — dedi. 
— Sen hali ham mening qallig‘imsen. Yur, tezroq! 
— Axir men... men narsalarimni olay! 
— Hech narsa olmaysen. Hammasini unut. Ikkinchi yodimga solma! 
Tashqi hovliga chiqqanlarida Robiya yuk tashiyotgan navkarlarni ko‘rdi-yu: 
— Ko‘chada... uyalamen! — dedi. — Yopinchig‘im yo‘q. 
Tohir chakmonini yechib berdi. Robiya tovoniga tushadigan uzun simobi chakmonni 
boshiga yopindi-yu, Tohirning otiga mingashib chiqib ketdi. 
Keyin Tohir Qosimbekka arz qilib, Faqih Abullays mahallasidan Shayboniyxonning 
odamlari tashlab ketgan durustgina bir hovlini oldi. Robiyaning iddasi o‘tgach, mahalla 
imomi uni Tohirga nikohlab berdi. 
6 
 
Kechasi yoqqan qalin qor har bir tomni, devorni, har bir daraxt va gumbazni mayin oq 
hoshiya bilan bezab chiqqan. 
Bobur Bo‘stonsaroyning yuqorigi qavatidan shaharga qarab turibdi. Toza qor orasidan 
jimjima bo‘lib ko‘rinayotgan daraxt shoxlari hozir uning nazarida xuddi oq qog‘ozga 
bitilgan nasta’liq* xatiga o‘xshab ketadi. Bugun Hirotdan, Alisher Navoiydan kelgan xat 
ham nasta’liq bilan yozilgani esiga tushdi-yu, qalbidagi quvonch va faxr tuyg‘usi yangi 
bir kuch bilan mavjlana boshladi. 
Bobur Samarqandni Shayboniyxondan tortib olgandan beri uning jasoratiga tan berib 
she’r yozganlar, satrlardan abjad hisobi bilan g‘alabaning aniq sanasini chiqargan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish