Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
so‘rashga tili bormay gapni aylantirdi: 
— Endi... shodiyonasi qachon? 
— Salkam uch oy bor. O‘ylasam, vahmim kelur. 
— Vahmni qo‘ya turing. Hozir faxrdan gap ochdingiz-ku. 
— Ha, agar xudo o‘g‘il bersa, ismini Faxriddin qo‘yurmizmi? 
Oyisha begim Boburning nomi Zahiriddin ekanini o‘ylab, shunga ohangdosh nom topgan 
edi. Bobur mamnun tovush bilan: 
— Xo‘p, o‘g‘il bo‘lsa, Faxriddin, — dedi. — Agar qiz bo‘lsa, Faxrinisomi? 
Oyisha begim qiz bo‘lishini istamas edi, chunki o‘g‘il tug‘ib, taxt vorisiga ona bo‘lishni 
orzu qilardi. Shunday bo‘lsa ham Boburga: 
— Mayli, — dedi. — Lekin men xudodan o‘g‘il tilaganmen. 
— Aytganingiz kelsin! 
Faxriddin... Faxriniso... Shu kunlarda Boburning ko‘nglini to‘ldirib-toshirgan iftixor 
tuyg‘usiga bu nomlar juda mos edi. 
*  *  * 
 
Omad ham bir kelsa, qo‘sha-qo‘sha bo‘lib kelishini Bobur endi bilmoqda edi. Samarqand 
uning qo‘liga o‘tgandan keyin bu yog‘i Urgut, u yog‘i Sug‘d va Dabusiya qal’asi birin-
ketin Shayboniyxonning ixtiyoridan chiqib, Boburning hokimiyatini tan oldi. Mana bugun 
Qarshi va G‘uzordan xushxabar keldi — bu shaharlar Shayboniyxon qo‘ygan dorug‘alarni 
quvibdi. Boburga sovg‘a-salomlar yuborib, uning ixtiyoriga bir necha yuz navkar ham 
yo‘llabdi. Bobur bu navkarlarni boshlab kelgan beklarni devoni xosda qabul qilib, 
hammasiga sarpo kiydirdi va ulufa tayinladi. 
So‘ng kecha tamomlanmay qolgan maktubining davomini yozish uchun ikkinchi qavatga 
ko‘tarilar ekan, keng marmar zinapoyada opasi Xonzoda begimga duch keldi. 
— Amirzodam, Hirotdan kitobat kelgani rostmi? 
Bobur to‘xtab, opasining yuziga sinovchan ko‘z bilan qaradi-yu: 
— Rost, hazrat Alisherbekdan, — dedi. 
— Muborak bo‘lsin! 
— Qulluq. 
Xonzoda begim inisidan yana qandaydir murakkab bir xabar kutib, uning yuziga termilib 
qaradi. Bobur opasining ko‘nglidagi dardni sezib bir lahza taraddudlandi. So‘ng rost 
gapni yashirsa yolg‘on gapirganday bo‘lishini o‘yladi-yu: 
— Yuring: kitobatni ko‘rsatay, — dedi. 
Xonzoda begim xonai xosda Boburning qarshisida o‘tirib, Alisher Navoiyning maktubini 
o‘qir ekan, andijonlik me’mor tilga olingan joyiga yetganda ko‘zida yosh yiltiradi. 
— Nechun ko‘zingiz yoshlandi, begim? Men sizni suyuntirmoqchi edim-ku! 
— Qandoq qilay, toleim past ekan. 
— Iningiz podshoh bo‘la turib, nahotki sizga yordam berolmasa? 
— Siz hali ham meni deb ko‘p jafo chekdingiz. Agar o‘sha yili... O‘shda men rozi bo‘lsam, 
ehtimol keyin Ahmad Tanbal sizga buncha yog‘iylik qilmas edi. 
Opasining bunchalik tantilik bilan aytgan so‘zlari go‘yo Boburni yana tanti bo‘lishga 
undar edi. Ko‘ngli yaxshi tuyg‘ularga to‘lib yurgan shu kunlarda nahotki tug‘ishgan 
egachisiga katta bir yaxshilik qilolmasa? 
Mana, hozir ular Samarqandning muhtasham bir koshonasiga ko‘chib kelishdi. Bu yerda 
qancha asilzodayu shahzodalar yashagan. Ammo ko‘pchiligi iz qoldirmay ketgan. Faqat 
me’morlar yaratgan go‘zalliklar hali ham ko‘rgan ko‘zni quvontirib, yal-yal yonib turibdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish