Mavzu:Talaffuzdoshso’zlar uslubiyati Talaffuzdosh so’zlar-paronimlar Paronimlar grekcha yonidagi nom, qo'shaloq nom demakdir. Leksik ma'noga ko'ra o'zaro aloqador bo'lmagan ikki so'zning talaffuzda o'xshashligiga asoslangan ohangdosh so'zlarga paronimlar deyiladi. Paronimlar tarkibidagi tovushlar miqdori, talaffuzidagi yaqinlik bilan farqlanuvchi, alohida- alohida leksik m a ’no ifodalovchi so‘zlardir. Masalan: arqon — arkon, asr — asir, diplomat — diplomant. Shoh-shox,amir-amr, afzal-abzal: yoriq – yoruq, qurt – qurut, burch – burj kabi. TALAFFUZDOSH SO’ZLAR - Talaffuzdosh so’zlar faqat bir tovush yoki tutuq belgisi bilan farqlanuvchi,lekin bir xil talaffuz qilinadigan so’zlardir.
- Paronimlar orfografiya(to’g’ri yozish )va orfoepiya(to’g’ri talaffuz)) bilan bog’liq.
- So’zlarning imlosini yaxshi bilmaslik natijasida paronimlar bilan bog’liq xatolar yuzaga keladi..Masalan:Tushda ko’rsang ganch deydilar ilonni…
Bu yerda ganch emas ganj bo’lishi kerak edi.Ganch-qurilish materiali. Ganj-boylik,xazina Talaffuzdosh so’zlar - Paronimlarni omonimlardan farqlash kerak.Omonimlar shakli bir xil,ma’nosi har xil so’zlar bo’lsa,paronimlar bir tovush yoki tutuq belgisi bilan farqlanadi.
- Shakldosh so‘zlar va unga yondosh paronimlarning ma’nolarini yetar li darajada farqlash, har bir so‘zning o‘z ma’nosiga muvofiq qo‘llay bilish barcha uslublar uchun zarur. Ayni paytda bunday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi.
So'zlarda paronimiyaning yuzaga kelishi uchun ularning fonetik tarkibidagi shunchaki o'xshashlik yetarli emas. Masalan, tuz va tut so'zlari tarkibidagi bir tovush (z va t) hisobiga farqli bo'lsa ham, paronim bo'la olmaydi, chunki bu tovushlar artikulyatsion-akustik jihatdan bir-biridan uzoq: t – jarangsiz, til oldi, portlovchi undosh, - So'zlarda paronimiyaning yuzaga kelishi uchun ularning fonetik tarkibidagi shunchaki o'xshashlik yetarli emas. Masalan, tuz va tut so'zlari tarkibidagi bir tovush (z va t) hisobiga farqli bo'lsa ham, paronim bo'la olmaydi, chunki bu tovushlar artikulyatsion-akustik jihatdan bir-biridan uzoq: t – jarangsiz, til oldi, portlovchi undosh,
- z – jarangli, til oldi, sirg'aluvchi undosh. Ko'rinadiki, bu tovushlar faqat artikulyasiya o'rniga ko'ra bir-biriga yaqin bo'lsa ham, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra, artikulyasiya usuli va akustikasiga ko'ra boshqa-boshqa tovushlardir.
Paronim bo'lish uchun yondosh so'zlar faqat bir xususiyatiga ko'ra farqlanib, boshqa xususiyatlari bilan o'xshash bo'lishi shart. Masalan, hol va xol so'z-larida h va x paydo bo'lish o'rniga ko'ra, abzal va afzal so'zlarida b va f tovushlari artikulyasiya usuliga ko'ra farqlanadi va paronimiyani hosil qiladi. - Paronim bo'lish uchun yondosh so'zlar faqat bir xususiyatiga ko'ra farqlanib, boshqa xususiyatlari bilan o'xshash bo'lishi shart. Masalan, hol va xol so'z-larida h va x paydo bo'lish o'rniga ko'ra, abzal va afzal so'zlarida b va f tovushlari artikulyasiya usuliga ko'ra farqlanadi va paronimiyani hosil qiladi.
Paronimlar turli yo'llar bilan hosil bo'ladi: - b) turli o'zakdan bir xil qo'shimcha vositasida so'z yasash natijasida: yonilg'I – yoqilg'i, yolqin – yorqin, toblan – tovlan kabi;
- c) so'z o'zlashtirish vositasida: o'zbekcha – ora>aro, fors-tojik – oro, o'zbekcha – burch, arabcha – burj va boshqalar.
- a) tovush ohangdoshligiga ko'ra: bot – bod;
- Paronimlardan poeziyada she'riy qofiyalar yaratishda, shuningdek, askiya, hazil-mutoyibada ham keng foydalaniladi.
. Shabada –shabboda so’zlarini paronim deya olmaymiz,chunki ikkalovi bitta ma’noni beryapti.Paronim bo’lishi uchun boshqa-boshqa ma’nolarni berishi kerak. - . Shabada –shabboda so’zlarini paronim deya olmaymiz,chunki ikkalovi bitta ma’noni beryapti.Paronim bo’lishi uchun boshqa-boshqa ma’nolarni berishi kerak.
- Sava-sa’va, uzuk-uzik,urish-urush
- Paronimlik hodisasi bir nech turkum doirasida bo’lishi mumkin.
- Masalan: sava-fe’l,sa’va-ot
- Uzuk-ot,uzik-sifat
- Irish-fe’l-urush-ot
O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash - 1. Qaysi qatordagi so‘zlarda omonimlik faqat bir so‘z turkumi doirasida yuz beradi?
- A) tush, tuz B) to‘y, tur C) to‘y, tut D) berilgan barcha so‘zlarda omonimlik ikki so‘z turkumi doirasida yuz beradi
- 2. Qaysi qatorda paronimlar berilgan? A) taqir – tahir B) battar – badtar C) qism-qisim D) ya’ni-yani
- 3. Qaysi qatorda berilgan so‘zlardagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
- A) uchrashmoq – o‘rganish B) gulzorlarda – paxtazorda C) o‘qildi – yozildi D) chayqamoq – boqqa.
- 4. Qaysi qatordagi juftliklar paronim hisoblanmaydi? A) ganj – ganch B) matal – ma’tal C) talat – tal’at D) bahzur - bazo‘r
- 5. Birgalikda qo‘llanib yangi so‘z hosil qiladigan zid ma’noli so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) yosh-u qari B) aka-uka C) o‘g‘il-qiz D) xotin-xalaj
- 6. Qaysi so‘zdagi omonimlik har xil so‘z turkumlari doirasida vujudga keladi?
- A) tortmoq B) quymoq C) chopmoq D) yozmoq
- 7. Qaysi qatorda paronimlar berilgan? A) ya’ni-yani B) adl-adil C) battar-badtar D) taqir-taxir
Savol va topshiriqlar - 1.Mavzuni qisqacha konspektlashtiring.
- 2. Paronimlar lug’atini tuzing
- 3.Omonim,sinonim,paronimlar ishtirokida test savollari tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |