Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
narigi ikki otliq ham olomon orasiga yorib kirdi. Uchovlashib, toshbo‘ronni to‘xtatdilar. 
Tohir bu yerga nega kelganini ham unutdi. Chala tirik yigitlardan uchtasining qo‘lini 
orqasiga bog‘latib, asir qilib olib ketmoqchi bo‘ldi. 
Shunda olomon orasida turgan sarg‘ish mo‘ylovli, baland bo‘yli bir kishi: 
— To‘xta, yigit, sen... Tohir emasmiding? — deb qoldi. 
Tohir yo‘g‘on so‘yil ko‘tarib olgan bu odamga tikilib qaradi-yu, bundan uch yil oldin mana 
shu ko‘chada ochlarga non ulashgan paytini esladi. 
— Mamat og‘a! Siz nega so‘yil ko‘tarib yuribsiz? O‘zingiz ham o‘zbek urug‘idan emasmi-
siz? 
— E, uka, bular o‘zbekka ko‘p jamanliq qildi. Mening  bechora  xotinim  shularning 
dastidan  o‘lib ketdi! 
Mamatning ko‘zlarida yosh yiltiradi. Tohir bu odam bilan Robiya haqida gaplashganini 
esladi-yu, unutilgan alamlari birdan yangilandi. U asirlarni narigi ikki sherigiga haydatib 
yuborgach, o‘zi otini yetaklab, Mamatni chetga boshlab chiqdi. 
— Mamat og‘a, men tayinlab ketgan gap esingizdami? 
— Qaysi?.. Ha, ha... Aytmoqchi, bechora xotinim tirikligida bir gap eshitib kelgan ekan... 
Siz aytgan qiz andijonlikmidi? 
— Quvalik. 
— Bilmadim, ishqilib, o‘sha tomondan obqochib kelishgan ekan. Keyin turkistonlik bir 
savdogar tarxon sotib olib ketgan ekan. 
— Turkistongami? 
— Ha, keyin shu tarxon Shayboniyxon bilan birga Samarqandga ko‘chib kelipti. 
— Qiz bilanmi? Qiz tirikmi, yo‘qmi? 
— Tirik! 
Tohir Mamatning so‘yil tutgan qo‘llaridan mahkam ushladi-yu, shoshilib so‘radi. 
— Oti Robiyami, a, Robiyami? 
— Rahmatlik xotinim otini bilmas edi. 
— O‘zini ko‘riptimi? Qayerda ko‘ripti? 
— Fozil tarxonning uyida. 
— Qaysi Fozil tarxon? 
— Bugun kechasi uni o‘zlaring o‘ldiribsizlar-ku? 
— Uyi qayerda, uyi? 
— Juring, men ko‘rsatib qo‘yayin! 
Tohir bir sakrab otiga mindi-yu, Mamatni orqasiga mingashtirdi. Mamat so‘yilini tashladi, 
Tohirning qo‘ltig‘i tagidan ushlab, uni qing‘ir-qiyshiq ko‘chalardan boshlab bora boshladi. 
Otini yo‘rttirib borayotgan Tohir: «Ilohim noumid qilmagin-da parvardigor! — derdi 
ichida. — Ilohim Robiya bo‘lsin-da!» U olti yildan beri Robiyani qidira-qidira, axiri, endi 
topilmaydi, degan fikrga kelgan va bu fikrga ko‘nika boshlagan edi. Hozir chaqmoqday 
chaqnagan umid uning vajohatiga momaqaldiroq larzasini solyapti. Bu umidning 
chaqinday tez so‘nishi mumkinligi yuragini taka-puka qilardi, a’zoyi badanini zir 
titratardi. 
— Ana o‘sha uy! — deb Mamat orqasida katta bog‘i bor ikki qavatlik g‘ishtin imoratni 
ko‘rsatdi. 
Darvoza lang ochiq, qurolli yigitlar ichkaridan jimjimali sandiqlar va cho‘g‘day gilamlar 
ko‘tarib chiqmoqda edilar. Yaqinroq borib, Tohir Qosimbekning navkarlarini tanidi. 
Ularga katta savdogar boy va Shayboniyxonning yaqin kishisi Fozil tarxonning mol-
mulkini musodara qilish topshirilgan edi. 
Tohir darvoza oldida otdan tushdi-yu, tanish nav-karlarning hayhaylashlariga e’tibor 
bermay, to‘g‘ri ichkari hovliga yo‘naldi. Ravonda Fozil tarxonning qonga belangan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish