Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
mulozim bo‘lgan, axiri mirzolardan aynib, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tgan edi. U 
Sulton Ali mirzoning harbiy sirlarini Shayboniyxonga aytib  berib, Buxoro va Dabusiya 
qal’asining olinishiga ko‘maklashgani uchun xon uni yoqtirib qolgan edi. Ammo 
Qambarbiy ichida uni: «Xiyonat yo‘li bilan obro‘ orttirgan beqaror turk!» deb yomon 
ko‘rar edi. 
Muhammad Solih Qambarbiyning bu nafratini o‘ziga olgisi kelmay, gapni hazilga burdi: 
— Janob Qambarbiy, men hozir — o‘zbek turkidanmen! 
— Quvlik qilmang, o‘zbek boshqa, turk boshqa! 
— Lekin o‘zbekda «ota yurtim Turkiston» degan naql borku, bunisiga ne deysiz? 
— Voy-bo‘y, — dedi Ko‘pakbiy, — manav shoiring bizning Turkistonni ham turklarga 
berib jubormoqchi-g‘u! 
Dashti Qipchoqdan chiqqan omi Ko‘pakbiy Turkistonday madaniy shaharni o‘ziniki qilib 
gapirganidan Muhammad Solihning kulgisi keldi: 
— Janob Ko‘pakbiy, siz avval Turkiston degan so‘zning ma’nosini tushuning! Turkiston — 
turklar makoni degani-ku! 
— Ne demoqchisan? Biz Rum* turkidan tarqag‘anmizmi? 
Aksincha, Rum turklari ham Turkistonni «ota yurtim» derlar. Ular bilan bizning 
ildizimiz bir. Samarqand qo‘rg‘onidan berida turgan hu ana u tepalarga bir qarang. Ana 
o‘sha yerda bundan ming yil avval Afrosiyob degan ulkan shahar bo‘lgan. Afrosiyob esa 
Movarounnahr turklarining afsonaviy qahramoni edi. «Uning asli oti Alp Er To‘ng‘a 
bo‘lgan» deb, «Qutadg‘u bilik»da Yusuf Xos Hojib yozmishdir. 
— Bu shoir o‘zbekning nonini yeb, nuqul turkni maqtaydi-ya! 
— Janob Qambarbiy, o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz— barchasi ham turkiy uluslardir. 
Bir otaning bolalaridek yerimiz bir, tariximiz bir. Sizlar o‘zbek urug‘larining tarixini 
O‘zbekxon* boshlaysizlar. Bu to‘g‘ri emas. 
— Nega to‘g‘ri bo‘lmas ekan? — o‘shqirdi Ko‘pakbiy,— O‘zbekxondan tarqalgan 
emasmizma? 
— Janob Ko‘pakbiy, sizning qipchoq urug‘ingiz O‘zbekxondan ming yil oldin mashhur 
bo‘lgan. Qo‘ng‘irot urug‘ining tarixi ham olti-etti asrga boradi. Mang‘it, nayman, 
do‘rmon, qushchi urug‘lari ham qadimdan beri bor. Bu urug‘lar hammasi hozir 
onhazratim Shayboniyxon qo‘l ostiga birlashib «o‘zbek ulusi» degan umumiy nom olgan 
ekan, sizlar bu ulusning tarixini esdan chiqarmanglar. O‘zbek degan ism turkiy xalqlarda 
O‘zbekxondan necha yuz yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Men Xorazmda o‘smishmen. 
Qadimiy kitoblardan o‘qidimkim, Chingizxondan oldin shoh bo‘lgan Xorazmshoh 
Muhammad o‘z o‘g‘illaridan biriga O‘zbek deb nom qo‘ymishdir. Shundan ma’lumki, bu 
nom yurtimizda Chingizxon kelmasidan oldin ham mo‘’tabar bo‘lgan. O‘zbek nomini 
bizning ulusimiz O‘zbekxondan olgan emas. Aksincha, bu qadimiy nomni O‘zbekxon 
bizning turkiy uluslardan olmishdir! 
— Yana turkiy deydi-ya! Xon hazratlarining bobokalonlari ulug‘ Chingizxon turk 
bo‘lmag‘an-ku! 
Qambarbiy qaltis mavzuda gap ochganini sezib, hamma jim bo‘lib qoldi. Chunki 
Chingizxonning g‘ayridin bo‘lganini, Buxoroning jome’ masjidiga ot minib kirganini 
Turonning ko‘pchilik aholisi bilardi. Shayboniyxon bu aholini cho‘chitmaslik uchun 
Chingizxon naslidan ekanini oshkor qilmasdan dil tubida saqlardi. Ammo xonning turkiy 
tilli musulmon ekanligi, islom bayroqdori bo‘lib maydonga chiqqanligi katta bir siyosat 
shaklida ochiqchasiga targ‘ib qilinardi. Muhammad Solih ham ana shu siyosatga mos 
keladigan so‘zlarni izlab topdi: 
— Janob Qambarbiy, Shayboniyxonning bobolari Abulxayrxon, otalari Shohbudoq Sulton 
islom dinidan bahramand bo‘lishib, xoqoni a’zam Chingizxondan ham balandroq 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish