Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
ma’naviy yuksaklikka ko‘tarilganlar. Shayboniyxon hazratlari hozir ana shu yuksaklikda 
turib, Turonning pok musulmon xalqiga rahnamo bo‘lmoqdalar! 
— Ob-bo, sartting bolasi-ey, endi Turonni o‘rtaga solib, so‘zini o‘tkazmoqchi-da! 
— Tarix shunday bo‘lsa men ne qilay, janob Qambarbiy? Ming yillardan buyon 
Xurosondan naryog‘i Eronu berigi yog‘i Turon deb yuritilur... Xon hazratlari buni yaxshi 
bilurlar. Imomi zamon Buxoro madrasasida tahsil qo‘rganlarida juda ko‘p turkiy 
she’rlarni yod olganlar. O‘zlari ham turkiy tilda g‘azallar yozganlar. Men onhazratning 
g‘azallaridan bir bayt keltiray, eshiting: 
«Firqat otidan yiqildim, yor keldi surg‘ali 
Ey Shayboniy, yor dardingga davo qildi yana». 
 
— Xon hazratlarining bu she’rlari turkiycha emas, o‘zbekcha! — dedi Qambarbiy. 
— Lekin barcha turkigo‘y shoirlar xuddi shu tilda she’r yozganlar-ku! Agar bu o‘zbek 
tilida bo‘lsa, demak, Navoiy ham o‘zbek tilida yozgan. Demak, kamina ham hozir sizlar 
bilan o‘zbek tilida so‘zlashmoqdamen. Demak, Movarounnahrning turkiy tiliyu o‘zbek tili, 
aslida bir til. Janoblar, endi dilimiz ham bir bo‘lmog‘i kerak. Temuriylar turku o‘zbek deb 
ulusni ulusdan ajratib, xalqni parokanda qildilar, mamlakat parchalanib, xarob bo‘ldi. 
Endi imomi zamon, Iskandari soniy* yana shu ulusni birlashtirib, mamlakatga yagona 
jon ato qilmoqchilar! Ilohim hazrat xonimiz shu maqsadlariga yetsinlar! 
Muhammad Solihning bu gapiga endi hech kim e’tiroz qilolmadi. Munozarada ustalik 
bilan g‘olib chiqqan shoir ko‘shkka qarab ketdi. 
Ko‘pakbiy Qambarbiyga qarab: 
— Sartting bolasini ko‘rdingizma? — dedi. — Bularni gap bilan jengib bo‘lmaydi! 
— Gap bilan yengmasak qilich bilan yengamiz! — dedi Qambarbiy. Hammalari xaholab 
kuldilar. 
 
_________________ 
* Ch e ch a — bu yerda kelinoyi, yanga ma’nosida. 
* R u m — Turkiya. 
* O‘ z b e k x o n — Oltin O‘rda xoni, 1312—1342-yillarda hukmronlik qilgan, uning poytaxti Saroy Berke Volga bo‘yida, hozirgi Volgograd 
yaqinida bo‘lgan. 
* I s k a n d a r i  s o n i y — Ikkinchi Iskandar, Shayboniyxonga berilgan yuksak ta’riflardan biri.
 
*  *  * 
 
Ko‘shkdan yasovul chiqib, bog‘da muntazir turgan lashkarboshi va a’yonlarni xon 
hazratlari yuqorigi qavatga kengashga chaqirganini aytdi. 
Bog‘dagi arkoni davlat ko‘shkning to‘rt burchiga minoraga o‘xshatib ishlangan va torgina 
yo‘lak ichidan o‘tgan zinapoyalar bilan yuqoriga ko‘tarila boshladilar. 
Xonning o‘zi hali ham pastdagi xonai xosda yana nimanidir kutmoqda edi. 
Kechki payt Samarqanddan besh-oltita muridini ergashtirib, Xo‘ja Yahyo ham chiqib 
keldi. U Bog‘i Maydonga kirib otdan tushayotganda sarosima bo‘lib, oyog‘i uzangi 
qayishiga o‘ralib qoldi. Muridlari uni suyab tushirdilar. 
Katta oq salla, malla saqarlot delagay kiygan Xo‘ja Yahyo Shayboniyxon o‘tirgan 
taxtning oldigacha ta’zim qilib bordi. Qiroatga o‘rgangan jarangdor tovush bilan:  
— Assalomu alaykum, xon hazratlari, — dedi. — Samarqand darvozalari siz ulug‘ zot 
uchun ochiqdur! 
Shayboniyxon Xo‘ja Yahyo bilan o‘rnidan turmay so‘rashdi-yu, kinoya qilib dedi: 
— Samarqand qopqalarini biz uchun siz ochib keldingizmi? 
— Hazratim, har ish xudoning xohishi bilan bo‘lur. 
— Biroq sizning xohishingiz — Samarqandni Boburga berish edi-ku? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish