Kutubxonashunoslik


 Kutubxonashunoslik fanining metodlari (ilmiy usullari)



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

3.2. Kutubxonashunoslik fanining metodlari (ilmiy usullari) 
Kutubxonashunoslikning ilmiy metodikasi - ushbu fan oldida turgan 
muammolarni o‘rganish uchun foydalaniladigan usullar majmuasidir.
Usul
- ilmiy bilishning tarkibii qismi bo‘lib, uning obyekti, tahlil 
mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan 
vositalarni ifodalaydi.


43 
Ilmiy usul ilmiy bilish jarayonida qo‘llaniladigan mavhum bilish 
yo‘llari hamda vositalarini ifodalaydi. Ilmiy bilish usuli inson amaliy 
faoliyati negizida yuzaga keladi.
Kutubxonashunoslik usullari foydalanilishiga ko‘ra umumiy ilmiy 
va xususiy ilmiy usullarga bo‘linadi. O‘rganiladigan aspektlarga ko‘ra 
barcha usullar sifat va miqdoriy usullarga bo‘linadi.Shuningdek sifat-
miqdor metodlariga ham bo‘linadi. Bilishning umumilmiy usullari 
deyarli barcha fanlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi, lekin ular 
kutubxonashunoslik tadqiqotlarida ba’zi bir o‘zgarishlar orqali 
qo‘llaniladi. Hozirgi zamon ilmiy bilish jarayonida, shu bilan birga 
kutubxonashunoslikda quyidagi umumilmiy usullar keng qo‘llaniladi:
Kuzatish
- voqelikdagi narsa va hodisalarni muayyan maqsadga 
muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatishning qay darajada 
bo‘lishi qo‘yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va 
hodisalar haqida oldindan bilishga ega bo‘lishga bog‘liqdir. Kuzatish 
usulida narsa va hodisalar ularni tabiiy sharoitda qanday bo‘lsa shunday 
holda kuzatiladi. Bevosita yoki bilvosita kuzatish, doimiy yoki vaqti-
vaqtida kuzatish, zaruriyat yuzasidan to‘liq yoki ba’zi qismlar kuzatilishi 
mumkin. Kuzatish uchta asosiy vazifani bajaradi: 1) empirik axborot 
bilan ta’minlaydi 2) faraz va nazariyani tekshiradi 3) olingan 
natijalarning haqqoniyligi va mosligini tekshiradi.
O‘lchash
- bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini 
aniqlash usulidir. O‘lchov odatda o‘rganilayotgan predmetni qayd 
etilgan xossa va belgilarga ega bo‘lgan boshqa - bir predmet bilan 
nisbatlash yo‘li orqali amalga oshiladi. O‘lchash usuli orqali 
predmetlarning xossalarini, masalan, mustahkamligini, murakkabligini 
va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin. 
Taqqoslash
- bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki 
hodisadan 
farqli 
va 
o‘xshash tomonlarini hamda ularning 
munosabatlarini o‘rganish usuli hisoblanadi. Taqqoslash bilish 
faoliyatida tatbiq qilinadigan usul bo‘lib, bilimlarning shakllanishi, 
rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Obyektiv reallikdagi narsa va 
hodisalarni “qayta o‘rganish” jarayonida ma’lum bo‘lgan bilimlar, 
amaliy bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. 
Izlanuvchi avvalgi ma’lum bilimlarga tayangan holda izlanayotgan 
obyektga xos bo‘lgan o‘xshash va farqli tomonlarni taqqoslash orqali 
aniqlaydi (masalan, elektron katalogda axborotni qidirishda EHM 
belgilarini taqqoslash).


44 
Eksperiment
- tajribada sinab ko‘rish orqali fanda hodisalarni bilish 
faoliyatida tadqiq qilish, o‘rganish usuli hisoblanadi. Eksperiment 
kuzatishga qaraganda yuqoriroq darajadagi bilish usulidir. Eksperiment 
obyektini tegishli tajriba moslamalarini tatbiq qilish orqali obyektga 
ta’sir ko‘rsatish, izlanuvchi eksperiment usulni qo‘llash orqali o‘zini 
qiziqtirgan obyektning tomonlarini o‘rganishi uchun unga faol ta’sir 
ko‘rsatadi, buning uchun sun’iy sharoitlar yaratadi, shu sharoitda 
tekshirish olib boradi, ma’lumotlar to‘playdi.
Eksperiment usuli hodisalarning muhim belgilari va xususiyatlarini, 
ularning boshqa narsa va hodisalar bilan munosabati, aloqa va 
bog‘lanishlarini chuqurroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Bu usul 
izlanuvchiga tabiiy sharoitda kuzatish orqali hosil qilish mumkin 
bo‘lmagan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Kuzatish eksperiment 
bilan uzviy bog‘langan. Ilmiy tadqiqotning sohalariga qarab, tadqiq 
qilinuvchi predmetlarning tabiatiga qarab eksperimentlar turlicha 
bo‘lishi mumkin: fikriy eksperiment (nazariy), qidiruv, sifatli, miqdoriy, 
yirik mashtabli, lokal va h.k. ham bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda 
ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda eksperiment usulining zarurligi o‘rganib 
chiqqanligi va qo‘llanilayotganligi ta’kidlanmoqda . 
Biz ko‘rib chiqqan bilish usullari deyarli bilimning empirik 
dalillarga xos bo‘lgan usullardir. Obyektni faqat tajribada emas, balki 
bevosita mavhum tafakkur yo‘li bilan ham hosil qilish mumkin: 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish