Kutubxonashunoslik


 Mustaqillik yillarida kutubxonashunoslik fanining



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

2.4. Mustaqillik yillarida kutubxonashunoslik fanining 
rivojlantirishi
(1991 yildan keyingi davr) 
O‘zbekistonda kutubxonashunoslik fani rivojlanishining 4-bosqichi 
1991 yil va undan keyingi yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichning 
xususiyati 
shundan 
iboratki, 
bu 
davrga 
kelib, 
respublikada 
kutubxonashunoslik fani nazariyasi va kutubxonachilik ishi amaliyotini 
tashkil qilish borasida eskicha ma’muriy buyruqbozlik tizimi davrida 
tarkib topgan qarashlardan xalos bo‘lishi, istiqlol tafakkurini 
shakllantirish birinchi o‘ringa chiqadi.
Shu sababli fanning ayrim muammolarin ishlab chiqish va 
o‘rganishda milliy xususiyatlarni hisobga olish va aks ettirish, 
kutubxonachilik ishining iqtisodiy va huquqiy asoslarini ishlab chiqish 
va mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kutubxonalar 
ishini tashkil qilish muammolarini aniqlash va ishlab chiqish, 
kutubxonachilik ishini boshqarish va rahbarlik qilishda davlat- 
jamoatchilik 
tizimini 
vujudga 
keltirish, 
demokratik 
jamiyatda 
kutubxonalarning ijtimoiy roli va uni takomillashtirish masalalari kun 
tartibida turadi. 
Jamiyatda iqtisodiy munosbatlar asosida o‘zgartirishga qaratilgan 
yo‘lni amalga oshirishni ijtimoiy va ishlab – chiqarish munosabatlarini 


35 
takomillashtirish borasidagi nazariy tadqiqotlarni faollashtirmay turib, 
tasavvur qilish mumkin emas. Kutubxonachilik ishi ham ana shu nazariy 
tadqiqotlar 
sohasining 
ajralmas 
qismi 
hisoblanadi. 
Demak, 
kutubxonashunoslik fani ijtimoiy jihatdan ahamiyatli, kompleks 
muammolarni tahlil qilib berishi, ularning ishlab chiqilishi esa 
kutubxonachilik ishining yanada yuksalishini ta’minlashi darkor. 
O‘zbekistonda kutubxonashunoslik fanining tadqiqot obyekti turli 
tarmoqlar va idoralarga qarashli 11 mingdan ortiq axborot-kutubxona 
muassasalaridir. Ular 6,3 mln. foydalanuvchiga axborot-kutubxona 
xizmati ko‘rsatmoqda. Ushbu muassasalarda 83, 6 mln. nusxadagi 
adabiyotlar saqlanmoqda. Shulardan 3,5 mln. nusxasi elektron shaklda.
Umuman bu muammolarni asosiy ikki muhim guruhga bo‘lish 
mumkin: 
birinchi – respublika kutubxonalari ilmiy – tadqiqot faoliyatining 
istiqbolli yo‘nalishlaridan bo‘lgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
o‘tish davrida kitob va kitob o‘kishning rolini o‘rganish bulsa;
ikkinchisi – kutubxonalarning yangi sharoitda ishlab turishini, 
kutubxonalarning o‘zaro aloqalari, ularning boshqa madaniy – ma’rifiy 
muassasalar, axborot organlari bilan aloqasini yaxshilash, hamkorlik 
qilish, muvofiqlashtirish masalalari bilan bog‘liqdir. Bu muammolar 
respublika 
ilmiy 
markazlarning 
kutubxona 
turlarini 
samarali 
joylashtirish va ulardan unumli foydalanish yo‘llarini qidirib topishga 
bag‘ishlangan tadqiqotlarida o‘z aksini topadi. 
Ilmiy- 
tadqiqot 
ishlari 
natijalari 
keng 
kutubxonachilik 
jamoatchiligiga turli xil nashrlar yordamida: monografiyalar, maqolalar 
to‘plami, vaqtli matbuotdagi maqolalar, ilmiy hisobotlar, ilmiy-amaliy 
konferentsiyalar 
tavsiyalari, 
metodik, 
o‘quv 
qo‘llanmalari, 
dissertatsiyalar avtoreferatlari va boshqalar orqali etkaziladi. 
XX asrning ikkinchi yarmi kutubxonashunoslik tadqiqotlarining 
umumnazariy masalalarining o‘rganilishi va ularni kengligi bilan 
xarakterlanadi. 
Tarixiy-kutubxonashunoslik 
muammolariga, 
kutubxonalarni ijtimoiy roliga, kutubxonashunoslikning xususiy 
qismlarini 
o‘rganishga 
alohida 
e’tibor 
berila 
boshlandi. 
Kutubxonashunoslik fani ijtimoiy institut sifatida sifat jihatidan uni 
infrastrukturasi o‘zgara boshladi; yirik ilmiy universal va maxsus 
kutubxonalarda ilmiy-tadqiqot bo‘limlari tashkil etila boshlandi. 
“Советское библиотековедение” ilmiy-nazariy to‘plami chop etila 
boshlandi. O‘zbekistonda “O‘zbekiston kutubxonashunosligi” va 


36 
“Betgerxonlik o‘qishlari” to‘plamlari tashkil etildi. Ilmiy-pedagogik 
kadrlar tayyorlashni aspirantura va doktorantura tizimlari joriy etildi. 
Zamonaviy kutubxonashunoslikning asosiy o‘ziga xosligi - uning 
yangi va yagona umuminsoniy qadriyatlar metodologiyasi asosida 
rivojlanishidir. 
Ushbu 
vazifalarni 
muvaffiqiyatli 
hal 
etilishi 
kutubxonachilik fanini hozirgi axborot-kutubxona faoliyatini ulkan 
axborot industriyasining bir qismi sifatida qarash orqali, o‘zini asosiy 
nazariy masalalarini yangi sifat ko‘rsatkichlarida hal etishga bog‘liqdir. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish