Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Aniqlik usuli
- tadqiqot obyektining xossalari, aloqalari, 
munosabatlarining ko‘p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish 
vositasi hisoblanadi. Bu usul aniq hodisalar haqidagi barcha aloqa va 
munosabatlarni o‘z ichiga olgan voqelik haqidagi bilimni yuzaga 
chiqaradi. 
Mavhumlik usuli
- aniq vokelikning mohiyati haqidagi bilish 
vositasi hisoblanadi. Tafakkurning o‘zini tasavvur vositasi bilan 
voqelikni bilish usuli deb qarash mumkin. 
Tasavvur usuli
- predmetni bilib olishning eng muhim usulidir. 
Tasavvur vositasi bilan muayyan munosabatdagi muhim xossa va 
munosabatlar mohiyati ochiladi. Tasavvur usuli voqelik hodisalarini 
chuqurroq, to‘g‘riroq aks ettiradi. Bu usul asosida tadqiq qilinayotgan 
obyekt fikran tahlil qilinadi, mavhum ta’riflarga bo‘linadi. Bu 
ta’riflarning tuzilishi yangi aniq bilimga erishish vositasidir. Fikrning bu 
harakati mavhumlikdan aniqlikka tomon yuqorilab borish usuli 
hisoblanadi. 


47 
Aksiomatik usul
- taqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy 
xulosalar chiqarish usulidir. Asos qilib olingan aksiomalar esa muayyan 
nazariy tizimda isbotlanmay haqiqiy deb qabul qilinadi. Nazariy bilimlar 
to‘la ravishda aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan chiqariladi. Aksiomatik 
usulga muvofiq natijalar sifatida ulardan xulosa chiqariladi. 
Gipotetik-deduktiv usul
- bu usulning asosi aksioma emas, balki 
tajriba ma’lumotlari majmuidir. Gipoteza usuli tajriba orqali ilmiy 
tadqiqotlarda tasdiqlanishi yoki noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin. 
Gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonini ma’lum yo‘nalishda yo‘naltiradi, 
yangi-yangi dalillarni va ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi. 
Tarixiylik va mantiqiylik usuli
- obyektiv dunyo taraqqiyot 
jarayonini muhim xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik - narsa va 
hodisaning ro‘y berish vaqti, davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini 
bilish usulidir. Har bir hodisa tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajriba 
asosiga bog‘lab o‘rganmoq zarur. Tarixiylik usulining o‘ziga xos 
xususiyati tarixiy harakatni uning butun boyligi bilan payqab olishga 
intilishidir. Har bir narsaning tarixini ochib berishning taraqqiyotidagi 
asosiy tarixiy bosqichlar, ularning yutuqlarini ajratib ko‘rsatishni talab 
qiladi. Buning uchun esa uning mohiyati haqida nazariy bilim bo‘lishi 
kerak. 
Mantiqiy usul
- predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq 
qilish usuli hisoblanadi. Bu usul tadqiqot obyektining eng muhim 
aloqalarini bilib olishga imkon beradi. Mantiqiy bilish usuli obyektiv 
reallikni, uning aloqalarining butun rang-barangligini aks ettirish 
vazifasini bajaradi. Mantiqiy tafakkur uslubi orqali vujudga kelgan 
nazariy bilimlar nisbatan tugallangan bilimlar tizimi bo‘lib, bu tizim o‘z 
taraqqiyoti jarayonida o‘zgarib boradi. Mantiqiy tafakkur uslubida ko‘r-
ko‘rona harakat bo‘lmaydi, balki u bilimlarni umumlashtiradi, ayniqsa 
tarixiylikni tasodifiy chetlashishlardan saqlaydi. 
Tadqiqotning tarixiylik va mantiqiylik usullari o‘zaro dialektik 
bog‘lanishda. Tarixiylik va mantiqiylik dialektik birlikda aniq tarixiy 
bilimlar asosida har bir voqelik tarixining asosiy yo‘nalishlari va 
rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi. 
Bilish jarayonida hosil bo‘lgan bilimlarimiz aniq mazmunining 
ifodalanishida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bir-biriga nisbatan sifat 
jihatidan farq qiluvchi hamda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan bilim 
darajalariga e’tibor berishimiz kerak. Ular empirik va nazariy bilim 
darajalaridir.


48 
Bilimning empirik darajasi asosan tajriba bilan bog‘langan bilim 
bo‘lib, u asosan asbob orqali kuzatish, eksperiment asosida olingan 
ma’lumotlar natijasida vujudga keladi. 
Bilishning nazariy darajasi esa empirik darajadan farq qilib asosan 
nazariy tafakkur orqali rivojlanadi. Nazariy daraja empirik daraja bilan 
bevosita yoki bilvosita bog‘langan.
Nazariya muayyan shaklda rivojlangan obyektiv borliqning asosiy 
tomonlari munosabatlarini bilish jarayonida kelib chiqqan, boy, chuqur 
ma’nodagi bilimlar yig‘indisidir.
Nazariya fanlarning taraqqiyoti natijasida qo‘lga kiritilgan 
bilimlarni umumlashtirish orqali yangi ilmiy tadqiqotlarga yo‘l ochib 
beradi. Bu tadqiqotlar o‘z navbatida yangi qonunlar va nazariyalarning 
shakllanishiga olib keladi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish