Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Istiqbollashtirish
(oldindan ko‘ra bilish, aytib berish ) - qandaydir 
voqea yoki hodisalarni turli xil maxsus metodlardan foydalangan holda 
miqdoriy baholash yoki ma’lum bir muddatlardagi o‘zgarishlarni 
ko‘rsatib berish (masalan, 2020 yilga bo‘lgan axborot-kutubxona 
faoliyatini rivojlanishi kontseptsiyasi) 
Tarkibiy - funktsional usul
– hodisa va jarayonlarni tizimli tahlil 
qilish orqali butun qismni tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganishdir. Bunda 
tarkibning har bir qismi ma’lum bir vazifaga ega bo‘ladi.
Klassifikatsiya
– ma’lum bir belgilarga ko‘ra predmetlarni o‘zaro 
bir - biriga bog‘liq bo‘lgan sinflarga ajaratish. Bunda har bir sinf o‘zini 
ma’lum bir doimiy joyiga ega bo‘ladi va o‘z navbatida u ham mayda 
sinflarga bo‘linadi.
Klassifikatsiyalash 
usuliga 
kutubxonalarni 
tiplarga 
bo‘lish, 
sistematizatsiyalash, predmetlashtirish va h.k. misol bo‘ladi.
Kutubxonashunoslikda umumilmiy metodlar bilan birga xususiy 
metodlar ham keng qo‘llaniladi. Ularni bir qanchasi umumilmiy 
metodlar sifatida potentsial imkoniyatlarga ega, lekin hozircha keng 
qo‘llanilmayapti. Boshqalari esa faqat ushbu sohadagina qo‘llaniladi. 
Ularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: 
Sotsiologik tadqiqot usullari
. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida 
hozirda keng qo‘llanilmoqda. Unga so‘rovnoma, intervyu kiradi. 
Sotsiologik tadqiqot metodlari yordamida hodisa va jarayonlar bo‘yicha 
ijtimoiy fikr to‘planadi. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida sotsiologik 
tadqiqot o‘tkazish hajmini tasodifiy belgilash metodlari katta 
ahamiyatga egadir. 


49 
Ushbu metodlar tadqiqotni reprezentativligini, ya’ni qamrab 
olinishni ta’minlaydi. Respondentlar sonini ( tadqiqotda ishtirok 
etuvchilar soni) optimal hal etilishi matematik formula orqali, 
nomogrammalar va katta sonlar jadvallari yordamida hal etiladi. 
So‘rovnoma.
Bu so‘rov o‘tkazuvchilar o‘rtasida obyektiv va 
subyektiv 
faktlar 
bo‘yicha 
birlamchi 
axborotlarni 
to‘plashdir. 
So‘rovnoma tadqiqotchi uchun zarur bo‘lgan aniq faktlar, jarayonlar, 
hodisalar, shuningdek sabablar, rejalar, va hokazolar olish imkonini 
beradi. So‘rovnoma – “qayta aloqa” ning muhim kanalidir. So‘rovnoma 
natijalarini analiz qilish va ularni bayon etishda tadqiqotchi obyektiv 
bo‘lishi muhim shartdir. 
Kontent - analiz usuli.
Zamonaviy kontent-analiz usuli (mazmunni 
analiz qilish) xabarlarni (og‘zaki, yozma, elektron), muallif xabari, 
auditoriya 
xabarlarining 
mazmuni 
va 
shakllarini, 
mazmunni 
auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish natijalarini o‘rganadi. (U quyidagi 
savollarga jabob topishi kerak: Kim gapiryapti? Nima gapirayapti? 
Kimga gapirayapti? Qanday natijalar bilan?) Xabarlarda tadqiqotchi 
nuqtai nazaridan mazmunli birliklar (kuzatish birliklari) aniqlanadi va 
keyin ularni ishlatilishi darajasi belgilanadi. Bunday tahlil asosida 
tadqiqot boshlanishida olib chiqilgan faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi. 
Miqdoriy usullar.
Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida miqdoriy 
usullar elementlari qo‘llanilmoqda. Bu esa kutubxonashunoslik faniga 
matematikalashtirish tendentsiyalarini kirib kelayotganligidan darak 
beradi. Shunga ko‘ra kutubxonashunoslik sifat jihatidan sifatli-miqdorli 
fanlarga aylanmoqda, uni bilish potentsialini orttiradi. 
Statistik jadvallar.
Kutubxonashunoslikda statistik jadvallarni 
qo‘llash an’anaga aylangan. Jadvallardagi statistik ma’lumotlar 
birlamchi tadqiqotlar natijalarini aniq va yaqqol ko‘rish imkonini beradi. 
Indeklash usullari.
Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida indeklash 
metodlari (ko‘rsatkichlar, ro‘yxatlar) ham qo‘llanilmoqda. Ular 
yordamida dinamik qatorlar absolyut raqamlarda, nisbiy va o‘rtacha 
miqdorlar shaklida berilib, turli xil hodisalar va obyektlarni (kitob 
o‘qilish, fondni aylanishi, o‘sish darajasi va h.k.) taqqoslanadi. 
Korrelyatsion tahlil usuli.
Kutubxonashunoslar tez-tez korrelyatsion 
tahlil metodiga murojaat qilmoqdalar. Agar jadvallar, grafiklar 
yordamida o‘rganilayotgan omillar o‘rtasidagi aloqalar borligi yoki 
yo‘qligi aniqlansa, korrelyatsion tahlilda korrelyatsion bog‘liqlik, ya’ni 
aloqalarni (aholini bo‘sh vaqti miqdori va ularni kutubxona kitoblaridan 


50 
foydalnishga sarflaydigan vaqt miqdori) shakllari va puxtaligi (zichligi) 
o‘rganiladi. 
Miqdoriy (matematik) usullar.
Kutubxonashunoslik predmetlari va 
hodisalarni bilishning qudratli vositasi hisoblanadi. Lekin uni 
absolyutlashtirish va maqsadga aylantirish kerak emas. 
Ilmiy izlanish-bu avvalombor qat’iy belgilangan chegaralanishlar 
yoki ma’muriyatning nazoratidan xoli bo‘lgan erkin fikrlashdir. Ilmiy-
tadqiqot ishlarini tashkil etish deganda tadqiqotchi ko‘zda tutgan 
natijalarga erishish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishning asosiy 
bosqichlarni ketma-ketligiga rioya qilgan holda amalga oshirishi nazarda 
tutiladi. 
Ilmiy ishlarni tashkil etish bosqichlari oddiy: “muammo va uni hal 
etish”, shuningdek uch bosqichli: “tadqiq etish, ishlab chiqish, joriy 
etish” bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha maydalashtirilgan yondoshuvlar ham 
uchrab turadi: “muammo-faraz-isbotlash-nazariyani yaratish, xulosalar 
va amaliy tavsiyalar”. Amaliyotda kutubxonashunoslik sohasidagi 
tadqiqotlar uchun quyidagi tashkiliy tuzilma eng qulay hisoblanadi. 
1. Ilmiy muammoni aniqlash va uni shakllantirish
2. Texnik vazifani ishlab chiqish va tasdiqlash 
3. Ilmiy tadqiqot dasturini ishlab chiqish
4. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish
5. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tadbiq etish 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish