Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

 
 


59 
4- BOB. O‘ZBEKISTONDA AXBOROT-KUTUBXONA 
MUASSASALARI TARMOG‘I VA ULARNI RIVOJLANTIRISH
4.1. “Kutubxonalar tipologiyasi” tushunchasi va 
 nazariyasining rivojlanishi 
Kutubxonashunoslikda ko‘pgina vazifalarni hal etishda ikkita bir-
biriga 
yaqin 
bo‘lgan 
metodlardan-klassifikatsiyalash 
va 
tipologiyalashdan foydalaniladi. Klassifikatsiyalash va tipologiyalash 
o‘rtasidagi chegaralar shartlidir. Shunga qaramasdan klassifikatsiyalash 
deganda o‘rganilayotgan obyektni miqdoriy jihatdan guruhlarga ajratish 
tushunilsa, tipologiyalashda esa-sifatiga qarab ajratish tushuniladi. 
Tipologiyalashning zarurati bir xil bo‘lmagan kutubxonalarni bir 
tartibga solish zarurati bilan paydo bo‘ladi, yoki ularni qandaydir 
qonuniyatlar asosida bunday bir xil bo‘lmaganlikni o‘rganish 
zaruratidan kelib chiqadi. Tipologiyalash jarayonida mazmunli tahlil 
qilish asosida o‘rganilayotgan kutubxonalarni o‘xshash va har xillik 
jihatlari aniqlanadi va ularni identifikatsiyalash –ya’ni bir xillikka olib 
keluvchi usullari aniqlanadi. 
Kutubxonalarni tipologiyalashni asosiy sifat o‘lchovi sifatida “tip” 
va “tur” degan tushunchalar qabul qilingan bo‘lib, ular namuna, model, 
turli xil degan ma’nolarni bildiradi va kutubxonalarni tegishli 
guruhlariga mansub bo‘lgan ma’lum bir belgilarga ega bo‘ladi. Shuning 
uchun ma’lum bir yetakchi belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratishni 
tiplarga ajratish deb ataladi, keyingi maydalashtirish jarayonidagi 
ajratish esa tur va kichik tur deb ataladi. 
Tipologiyalash jarayonida bir vaqtning o‘zida ikkita - nazariy va 
amaliy masalalar hal etiladi. Birinchi masala kutubxonalarni faoliyat 
ko‘rsatishi va tipologik jihatdan rivojlanishini obyektiv qonuniyatlarini 
ochish maqsadida ularni faoliyatini xarakterlovchi faktorlarni to‘plash 
va tahlil qilish ishlari ya’ni, nazariy masalalardir.
Kutubxonalarni tipologiyalashning amaliy masalalari esa, ularni 
faoliyatlarni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab 
chiqishdir. U kutubxonalarni tipologik xarakteristikasidan kelib chiqqan 
holda ularni vazifalarini, funksiyalarini, aloqalarini, munosabatlarini, 
tashkiliy darajalarini aniqlash imkonini beradi va ular kutubxonalarni 
samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarurdir. Kutubxonalarni tiplari va 
turlarini hisobga olgan holda maqsadga muvofiq ravishda ularni 
fondining tarkibi va tuzilishini, kitobxonlar so‘rovlarining qondirilishini, 


60 
kutubxonalani sohalarga ajratish va o‘zaro aloqalariga asoslanuvchi 
tizimlarni qurish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, kutubxonachilik 
ishini samarali boshqarish va boshqalar amalga oshiriladi.
Kutubxonalarni ilmiy jihatdan tipologiyalash masalalari nazariy 
jihatdan kutubxonashunoslikda hozircha ishlab chiqilmagan. Lekin 
ko‘pchilik olimlar quyidagi kutubxona turlarini qayd etganlar: milliy, 
ommaviy, o‘quv, akademik, maxsus.
XX asrning 20 - yillarida dastlab kutubxonalar uchta tipga: 
ommaviy, ilmiy, maktab kutubxonalariga bo‘lingan.
30 - yillarga kelib M.A. Potapov kutubxonalarni ommaviy va ilmiy 
kutubxonalarga bo‘linishiga qarshi chiqqan. Va u kutubxonalarni kitob 
fondiga ko‘ra universal va maxsus bo‘lishni taklif etgan. 
40 - yillarda I.M. Frumin kutubxonalarni ommaviy va ilmiy 
kutubxonalarga bo‘lishga qaytadi. Guruhlash asosi sifatida kitobxonlarni 
so‘rovlarini: umumta’lim, ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, o‘quv 
so‘rovlarini olgan.
50-60 yillarda O.S. Chubaryan kutubxonalarni tabaqalashtirishni 
kitobxonlarga mo‘ljallanganlikka qarab ajratgan: ommaviy, ilmiy va 
maxsus. Bunga qo‘shimcha sifatida ikkinchi belgilari bo‘yicha, 
mintaqaviy va idoraga mansublikka qarab ajratishni taklif qilgan.
70-90 
yillarda 
kutubxonalarni 
tipologiyasi 
muammosiga 
bag‘ishlangan maxsus munozaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada kutubxonalar 
ommaviy va ilmiy, umumiy va maxsus, universal va maxsus, ommaviy 
va idoralar, ilmiy va bolalarga bo‘lindi. Tadqiqotchilar kutubxonalarni 
tiplarga ajratishda qanday belgilar asosiy va qanday belgilar ikkinchi 
darajali belgilar bo‘lishi kerak degan yagona bir to‘xtamga kela 
olmadilar. 
YuNESKO kutubxonalarni quyidagi klassifikatsiyasini taklif etadi: 
1. Milliy kutubxonalar 
2. Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalari 
3. Yirik 
universal 
hamma 
foydalanishi 
mumkin 
bo‘lgan 
kutubxonalar 
4. O‘quv kutubxonalari 
5. Maxsus kutubxonalar (Ilmiy-tadqiqot institutlari, jamoat 
tashkilotlari, idoralar, kasaba uyushmasi, muzeylar va boshqalar) 
6. Ommaviy hamma foydalanuvchi (yoki xalq) kutubxonalar.
Ko‘rinib turibdiki, bu erda ham kutubxonalar yagona ilmiy 
asoslangan belgilar bo‘yicha tiplarga ajaratilmagan. 


61 
Shunday qilib kutubxonalarni tiplarga ajratishda turli xil qarashlar 
mavjud. Bir xillari asosiy, eytakchi belgi sifatida kitob fondini tarkibi 
deb hisoblasa, ikkinchisi esa kitobxonlar so‘rovlari yetakchi deb 
hisoblaydi, uchinchisi esa axborotga bo‘lgan talabni, to‘rtinchisi esa 
kitobxonlarni kutubxona murojaat qilishdan maqsadini, motivasiyasini 
asosiy belgi deb hisoblaydi. 
Shunig uchun biz tiplarga bo‘luvchi belgilarga to‘xtalib o‘tamiz 
Ular turlicha bo‘lishi mumkin:
-maqsadiga ko‘ra,
-foydalanuvchilar kontingenti bo‘yicha,
-mavzusi bo‘yicha,
-fondni tarkibi va hajmi bo‘yicha,
-mansubligi bo‘yicha,
-faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha,
-yuridik mustaqilligi bo‘yicha,
-kutubxonalar tizimidagi o‘rni va faoliyati statusi bo‘yicha,
foydalanish darajasi bo‘yicha va h.k.
Yuqoridagi belgilar bo‘yicha turli tiplar, turlar va kichik turlarga 
ajratish mumkin. Shunga ko‘ra har bir kutubxona bir vaqtning o‘zida 
turli klassifikatsiyalashga bo‘linishi mumkin. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish